Zargarlik mahsulotlaridagi bezaklarning turlari va ulardagi ramziy ma’nolar Zargarlik — badiiy hunarmandlik soxasi; oltin, kumush, mis, qalay kabi rangli metallardan zebziynat buyumlari (taqinchoqlar), bezak buyumlari yasash kasbi. Zargarlar bezak buyumlari tayyorlashda quyish, bolgʻalab (zarb berib) yasash, hallash (oltin va kumush suvi yuritish), oʻyib yoki boʻrttirib naqsh yasash, bosma, zigʻirak, sovotkori, qolipaki, shabaka kabi usullardan keng foydalanadi. Qimmatbaho toshlar (gavhar, feruza, dur, hatsik va b.)ga ishlov berib, Z. buyumlari (bargak, bibishak, bilaguzuk, bozuband, bozgardon, boldok, buloqi, boʻyintumor, gajak, duotuzi, jevak, jigʻa, zarkokil, zebigar Alisher Navoiyning "Hamsa" asariga ishlangan zarvaraq (Hirot, 1492—93 yillar; xattot Sultonali Mashhadiy, muzahhib Mavlono Yoriy. Sankt-Peterburg Davlat xalq kutubxonasi qoʻlyozmalar fondida saqlanadi). Zargarlik: tillaqosh (Toshkent, 1880-yil); Dalvarzintepadan topilgan boʻyin taqinchogʻi (pektoral, mil. av. 1-asr) don, zulf, isirgʻa, kokil, oyboldoq, osmatuzi, sanchok, tavq, tilla bargak, tilla tuzi, tillaqosh, turunj, uzuk, shokila, qashqarboldoq, halqa kabi) yaratilgan. Arxeologik topilmalar 3. qadimdan mavjudligini koʻrsatadi. Qad. Misr, Yunoniston, Eron, Xitoy zargarlari Z. buyumlari tayyorlashda marjon, nefrit, kahrabo va b.dan keng foydalangan. Yevropada, ayniqsa, roman va gotika davrida (12—15 asrlar) 3. sanʼati yuksak pogʻonaga koʻtarilgan, Z.ning yangi usul va uslublari vujudga kelgan. OʻzRning koʻpgina muzeylarida saklanayotgan topilmalar respublika hududida (YunonBaqtriya podsholigi, mil. av. 3—2-asr; Qad. Xorazm, asosan, mil. av. 1ming yillik oʻrtalaridan mil. 8-asr gacha) Z. rivoj topganini koʻrsatadi. Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xiva, Qoʻqon, Shahrisabz va b. shaharlarda Z. rivojlangan. 19-asr oxiri 20-asr boshida oʻziga xos ishlanishi, shakli, bezaklari, xususiyatlari bilan birbiridan farq qilgan xilmaxil Z. buyumlari keng tarqalgan, ziynat buyumlari toʻplamlari vujudga kelgan. Asrlar osha avloddan avlodga oʻtib kelayotgan 3. sanʼati 20 -asr boshlarida inkirozga yuz tutdi, xalq ustalarining soni qisqara boshladi. Ustalarga qimmatbaho xom ashyolardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmadi. Z. fkalarida ijod qilgan ustazargarlar ish jarayonida astasekinlik bilan mavjud anʼanalardan yiroqlasha bordilar. Natijada ular tomonidan ishlab chiqarilgan buyumlarning shaklishamoyili oʻzgarib "eklektik" manzarani yuzaga keltirdi va baʼzi anʼanalarni butkul yoʻqolishiga olib keddi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng Z. sanʼati jonlandi. Qimmatbaho metall materiallardan foydalanishga imkon yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |