Xulosa
Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotini turizm sohasi tarmoq sifatida salmoqli o’rinni egallab bormoqda. Bu hol ushbu sohani ilmiy va amaliy jihatdan tadqiq qilishni zaruratini keltirib chiqaradi. Mazkur kurs ishida O’zbekiston milliy iqtisodiyotida turizm industriyasini shakllanishi, uning tarixi hamda hozirgi davrda rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari va jihatlarini ochib berishga harakat qilindi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi muhim xulosalarni e’tirof etish mumkin:
1. Turizm industiriyasi iqtisodiyotning o’ziga hos sohalaridan biri hisoblanadi. Turizm bilan odamlar uzoq davrdan boshlab shug’ullanib kelmoqdalar. Kishilik jamiyati taraqqiy etishi bilan chuqur iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va fan texnika taraqqiyoti sababli sayohatchilik ham o’zgarib borgan. Insoniyat hayot yo’lida fan texnika taraqqiyoti tufayli sayohatchilik shakllari bir turdan, ikkinchi turiga o’tib turgan. Masalan: agarda qadim zamonlardan sayohatchilikning asosiy harakat vositasi ot, eshak, tuya va boshqa hayvonlar bo’lgan bo’lsa keyinchalik kema, mashina, samolyot va shu kabi zamonaviy texnika vositalaariga almashinib boravergan. Vaqt o’tishi bilan turizm sohasi sayohatchilikdan turizm ko’rinishiga o’ta boshlagani ham muhim ahamiyatga egadir.
2. O’zbekistonda turizm industriyasi o’tgan XX asrning 20-yillaridan boshlab sekin-asta rivojlana boshlagan. Turizmning ayrim turlari, shu jumladan odamlar yashab turgan manzillardan o’zga joylarga, yurtlarga, viloyatlarga borish, piyoda sayr etish, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlarga borish, Burch-mullo, Ohangaron, Chimyon, Omonqo’ton, Urgut, Ohalik tog’ va tabiat manzillariga har xil ―yurishlar‖ uyushtirish kabi turlari rivojlana boshlagan. Uning oqibatida O’zbekiston va uning viloyatlarida turistik-ekskursiyali harakatlarni tashkil etish va turizm infratuzilmalarini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Narkomprosi‖da va uning viloyatlar bo’limlari qoshida ―Turistik ekskursiya byurolari va uyushmasi‖ tashkil etildi va bu ―byurolar‖ asosan o’lkashunoslik va tarixiy arxitektura yodgorliklarini o’rganish, yaqin va o’zoqroq joylarda bo’lgan qadimiy shaharlarga turistik ekskursiyalar tashkil etish bilan shug’ullandilar.
3. Hozirgi davrda turizm rivojlangan ko’pgina mamlakatlar yalpi ichki mahsulotining 10 foizidan 25 foizigacha turizm bilan bog’liq. Shuning uchun turistik mahsulotga va uning xilma-xilligiga, uning sifatiga katta e’tibor beriladi.
Turizm industriyasida bo’lgan ehtiyojlarning xilma-xilligi, ularga berilgan ahamiyat darajasi turistlarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy tomonlaridan kelib chiqadi. Bunday hodisalar turistik bozorda sodir bo’ladi. Turistik bozorning serdaromadli faoliyatini boshqarish turistik mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste’mol qiluvchilargacha bo’lgan tarqoqlik tufayli mehmonxonalar, restoranlar,tur mahsulotni yetkazib beruvchi transport vositalari, joyni band qilish, zahiralar yaratish bo’yicha jahon kompyuter tarmog’iga ulanish, tur operatorlar va agentliklar faoliyati (vositachilik faoliyatlari) va turistik mahsulot iste’molchilari (turistlar) bozor harakatiga ta’sir etuvchi omillar hisoblanadi.
4. Turizm industriyasini amal qilishning muhim vositalaridan biri bu transport xizmatini yo’lga qo’yish va tashkil etishdir. Turistlarni tashish xizmati tur mahsulot tarkibiga kiradi, uning bog’liqligi shundaki, barcha turistik marshrutlar sayohatchilarni yashash joylaridan dam olish joylarigacha faqatgina transport vositasi orqali amalga oshirish mumkin. Quruqlikdagi transport xillaridan turistlar uchun eng muhumi – bu avtomobil va temir yo’l transportidir avtomobil transporti turizmda juda keng qo’llaniladi shu maqsad uchun doimiy turistlarni tashuvchi reysli avtobuslar va doimiy bo’lmagan (shaxsiy, arenda va boshqa transport vositalari) transportdan foydalaniladi.
5. Turizm industriyasini tashkil etishning eng muhim elementlaridan biri turistlarning hayoti va sog’ligi xavfsizligini ta’minlashdir. Ko’rsatilgan yo’nalishlar bo’yicha xavfsizlikni taminlash turistik faoliyatga qatnashuvchi barcha tuzulmalar vazifalaridan iborat, shu bilan birgalikda shuni aytish kerakki, turistlarning xavfsizligini taminlash xar xil darajada: turistik korxona, turistik markaz ma’muriyati, mahalliy hokimiyat, turizm bo’yicha milliy organlar va mamlakatning markaziy davlat organlari darajasida xal etiladi. Turistik firma va korxonalar turizm tizimining asosiy unsuri sifatida o’zining mijozlari xavfsizligini taminlash uchun eng birinchi javobgar xisoblanadi. Turistik firma va korxona xamkorlar tanlashda, marshrutlar ishlab chiqishda, transport vositalarini tanlagan vaqtda turistlar xavfsizligini esdan chiqormasliklari shart. Bulardan tashqari ular vabo, o’lat, xolera, sariq bezgak, isitma to’g’risida yetarli ma’lumotlarga ega bo’lishlari va ular to’g’risida turistlarni o’z vaqtida ogohlantirishlari zarur bo’ladi.
6. Har bir turistik firma va koronaning faoliyati albatta biror vaqtda boshqa korxonalar bilan biznes bo’yicha hamkorlik shartnomalariga (kontrakt) ega bo’lishlari shart. Bu ular o’rinidagi o’zaro aloqalarni tartibga solib turadi va turizm indisturyasi sohasida amalga oshiriladigan tadbirkorlikka asos bo’ladi. Tur xizmatlarga bo’lgan mijozlar talabini o’sib borishi va raqobatlar shartlarini kuchayishi sharoitida turistik korxonalar faolyatida bo’ladigan ishonchli shartnoma muxim axamiyatga ega. Tur o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgani uchun ya’ni ko’rsatiladigan xizmatlar xarakteri, sotish shartlari maqsad xarakteri, o’ziga xos bo’lganligi uchun shartnomaviy munosabatlar xam aloxida xususiyatlarga ega bo’ladi.
7. Turizm industriyasining tizimini samarali boshqarish uchun uni rejalashtirish, muvofiqlashtirish va davlat tomonidan nazorat qilishlikni taqozo etadi. Bu esa o’z o’rnida davlatning turistik yagona siyosatini ishlab chiqishni talab etadi. Turistik yagona davlat siyosati shundan iboratki, bu ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashqi-siyosiy, madaniy va boshqa xarakterga ega bo’lgan tadbir-choralar va uslublar tizimi bo’lib parlament, hukumat, davlat organlari, xususiy, hissadorlik va boshqa korxonalarni turistik zahiralardan to’g’ri foydalanish, turistik industriyani rivojlantirish uchun va turizm industriyasi tizimining samarali faoliyatini yanada oshirish uchun bo’lgan harakatidan iboratdir. Sayohatning yetarlicha oliy darajada qulayligi, yuqori tezligi, turistik guruhlarni qulay joylashtirilishi, uncha yuqori bo’lmagan baholar bo’lishi bilan farqlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. O’zbekiston Respublikasi qonunlari
1.1. O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi. – T.: ―O’zbekiston‖, 2008 yil.
1.2. ―Turizm to’g’risida‖gi O’zbekiston Respublikasi qonuni 1998-yil.
1.3. O’zbekiston Respublikasining ―Turizm to’g’risida‖gi Qonuni. ―Xalq so’zi‖
gazetasi, 2003-yil 12-noyabr.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari
2.1. ―O’zbekturizm‖ Milliy kompaniyasining tashkil etish to’g’risida‖
O’zbekiston Respuslikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1992 yil 27 iyuldagi
farmoni.
2.2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Buyuk Ipak yo’lini qayta tiklashda
O’zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro
turizimni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to’g’risida‖gi Farmoni. // ―Xalq
so’zi‖ gazetasi, 1995-yil 3-iyul.
2.3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O’zbekistonda turizm sohasi uchun
malakali kadrlar tayyorlash to’g’risida‖gi Farmoni. // ,,Xalq so’zi‖ gazetasi, 1999-
yil 1-avgust.
2.4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O’zbekiston Respublikasida 2006-
2010-yillarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish
chora-tadbirlar to’g’risida‖gi Qarori. ―Xalq so’zi‖ gazetasi, 2006-yil 18-aprel.
2.5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O’zbekiston Respublikasida 2010-
yilgacha bo’lgan davrida xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishni
jadallashtirishiga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida‖gi Qarori. ,,Xalq
so’zi‖ gazetasi, 2007-yil 22-may.
Internet saytlar:
1. www.world-tourism.org- Vsemirnaya turistskaya organizatsiya
2. www.wttc.org- Vsemirniy Sovet po puteshestviyam i turizmu
3. www.tag-group.com- Konsultativnaya gruppa po voprosam Turizma
4. www.ekonomtour.ru- Ekonomicheskiye turi.
5. www.kun.uz – yangilik axborot sayti
Do'stlaringiz bilan baham: |