Mavzu: O’zbekistonda moliya bozorining shakllanishi va rivojlanishi


-jadval Moliya bozori globallashuvi effektlari.10



Download 227,87 Kb.
bet6/10
Sana10.04.2023
Hajmi227,87 Kb.
#926626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O’zbekistonda moliya bozorining shakllanishi va rivojlani

1-jadval
Moliya bozori globallashuvi effektlari.10

Salbiy effektlar

Ijobiy effektlar

  1. Moliya bozorini tartiblashtirishga oid qonunlami moslashtirish bilan bog’liq qisqa muddatli xarajatlar.

  2. Mahalliy investorlaming ishonchini qozonish bilan bog’liq qiyinchiliklar.

  3. Moliya bozori qatnashchilarini moslashuvi bilan bog’liq qiyinchiliklar.

  4. Emitentlaming o’z aksiyalari kursi va likvidliligini fond bozorida ta’minlash bo’yicha qo’shimcha harakatlar va xarajatlar.

  5. Mahalliy professional institutlaming raqobatbardoshlilikni ushlab turishlari bo’yicha qo’shimcha harakat va xarajatlar.

  6. Tartiblashtimvchi institutlaming bozomi barqarorlashtirish bo’yicha qo’shimcha nazorat harakatlari va xarajatlari.




  1. Moliya bozori bo’yicha takomillashgan globallashuv talablariga javob beruvchi qonunlar.

  2. Investorlaming umumjahon moliya bozori miqyosida himoyalanganligi.

  3. Xorijiy investorlarga nisbatan regulativ to’siqlaming kamayishi.

  4. Kompaniyalarda menejmentning, moliyaviy holatning va korporativ boshqamvning yaxshilanishi.

  5. Moliya institutlari malakasi darajasining oshishi.

  6. Moliya bozorining barqarorlashuvi.








  • Qisqa muddatli effektlar - masalan, Ispaniya va Gonkongda (1993-yil), Turkiyada (1999-yil) kapitalizatsiya hajmining o’ta tez o’sishi, Malayziyada (1993-1997-yillar) bozoming tebranishlari, AQSHda (1996-1999-yillar, 2002 - 2006-yillar), Tayvanda va Koreyada (1990-yillar boshida va 2000-yillarda) bozor hajmining tez ortishi;

  • unchalik katta bo’lmagan bozorlaming tez rivojlanishi (masalan, Xitoy, Indoneziya), agarda bunday rivojlanish milliy iqtisodiyotning o’sishi bilan ta’minlangan bo’lsa;

  • bozorlar va ularning guruhlari bir-birlari bilan raqobatlashib qarama- qarshi dinamikaga ega bo’lishi mumkin (investorlami 1997-1998-yillar oxirida rivojlanayotgan bozorlardan borgan sari rivojlangan bozorlarga ketishi). Bunda raqobatning mahalliy qamrovi ham muhim ahamiyatga ega, masalan, 1997- 1998-yillarda Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bozorlariga Osiyo va Lotin Amerika bozorlariga qaraganda inqiroz kamroq ta’sir ko’rsatgan. Rivojlangan bozorlaming risklari rivojlanayotgan bozorlarnikiga qaraganda ancha kamligini kuzatish mumkin.

Yuqorida keltirilgan tendensiyalar negizida bir qator muammolar mavjudligini ko’rish mumkin. Masalan, moliya bozorlari modellarining keskin farqlanishi, moliyaviy globallashuv jarayonlarining turli mamlakatlar da har xil kechishi, tashqi va ichki fundamental omillarning har xil mamlakatlarga turlicha ta’siri, mamlakatlar o’rtasida bozor risklarining turlicha taqsimlanishi, jahon miqyosida iqtisodiy o’sishning pasayishi va shu kabilar.
Jahon amaliyotida moliya bozorining anglo-sakson, kontinental, islom va gibrid modellarini ajratish mumkin. Bu modellaming barchasi moliya bozorining nazariy-konseptual modellariga asoslanadi. Ma’lumki, ular qaysi mamlakatga oid ekanligi, uning rivojlanganligi darajasi, undagi jamiyat tomonidan tanlangan ijtimoiy-iqtisodiy model va mavjud mentalitetga (traditsiyalarga) hamda ulardagi ichki va tashqi omillaming ta’siri qonuniyatlari va darajasi hamda boshqa belgilarga qarab farqlanadi. Lekin modellaming barchasi qaysi mamlakatda bo’lishidan qat’iy nazar o’zlarining iqtisodiyotdagi va globallashuv sharoitlaridagi roli va funksiyalarini ma’lum darajada bajaradi. Masalan, industrial mamlakatlarda moliya bozorining asosan anglo-sakson yoki kontinental modellari bo’yicha tuzilganini, ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda esa gibrid yoki anglo-sakson yoki kontinental (germancha) modelni, musulmon davlatlarida islom modelini ko’rish mumkin. Jumladan o’tish iqtisodiyotiga mansub davlatlarda ko’proq gibrid modelini kuzatish mumkin, ammo ulaming infratuzilmasi samaradorligi bo’yicha industrial mamlakatlar modellariga hozircha tenglasha olmaydi. Bunda aytish joizki, bu mamlakatlarda moliya bozorlarining shakllanishi xususiyatlari ko’p jihatdan ulardagi ta’sir etuvchi omillarga va mavjud rivojlanish sharoitlariga bog’liqligini kuzatish mumkin.
Umuman olganda, har qanday mamlakatning moliya bozori modeli unda tashkil topgan mulkchilik tizimi tuzilmasi va ta’sir etuvchi fundamental omillar asosida shakllanib va rivojlanib boradi.
Hozirda mavjud modellarning ichida eng rivojlangan, hajmli va mukammali anglo-sakson modeli hisoblanadi.
Moliya bozori modellarini ikki guruhga ajratish mumkin:

  1. moliyalashtirishning qarz usulini ulush kiritish usulidan ustunligi bilan tavsiflanuvchi yirik institutsional investorlar salmog’ining ko’pligiga asoslangan model;

  2. moliyalashtirishning ulush kiritish usulini qarz usulidan ustunligi bilan tavsiflanuvchi chakana mayda investorlar salmog’ining ko’pligiga asoslangan model.

Moliya bozori modellarini nazariy jihatdan quyidagi belgilar negizida ajratish mumkin: mamlakat iqtisodiyoti modelining tuzilishi va mamlakat aholisining traditsion ma’naviy boyliklari.11
AQSH va Buyuk Britaniya moliya bozorlarining qatnashchilari Germaniya va Yaponiyadagilardan farqli konservativlik darajasi kamroq va risklarga ko’proq moyil. Bulaming barchasi anglo-sakson modeli asosidagi moliya bozorlarini liberalligini, ochiqligini, faolligini, ammo inqirozlarga ta’sirchanligini belgilaydi.
Islom traditsiyasiga asoslangan moliya bozori modeli. Bu traditsiya islom moliyasi shaklida namoyon bo’ladi. Unda moliya bozori qatnashchilari tomonidan Islom dini ko’rsatmalariga va “harom” tushunchasiga rioya qilinadi. Islomiy moliya institutlari oldindan belgilangan foiz daromad olishlari va spekulativ operatsiyalar bajarishlari mumkin emas, ular faqat ulushlar va ijara asosida ishtirok etishlari, mulkni nasiyaga sotib olish va sotishi mumkin. Pul resurslarini jalb qilish uchun depozitlar o’miga aksiyalar, investitsiya fondlari, foiz to’lovlari oldindan belgilanmagan jamg’arma va investitsiya hisobvaraqlari (banklar bilan sheriklik asosida), foizli obligatsiyalar o’rniga diskontli obligatsiyalar qo’llaniladi (diskontani ustama haq sifatida belgilab). Natijada Pokiston, Bahrayn, Quvayt, Indoneziya, Eron, Malayziya moliya bozorlarida obligatsiyalar “ribo”, ya’ni “harom” hisoblangani, derivativlar esa qimorga o’xshaganligi uchun bunday segmentlar mavjud emas. Pokistonda ustamali davlat obligatsiyalari maxsus investitsiya fondlari ulushlariga konvertatsiyalantiriladi va ushbu fondlar orqali loyihaviy moliyalashtirishga asoslanib hukumat moliyalashtiriladi. Xalqaro statistikada qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi qog’ozlar bo’yicha islom mamlakatlari keltirilmaydi.
Ko’pincha bozor instrumenti bo’lmagan “ulushli ishtirok qog’ozlari” (participation paper) va “sheriklik qog’ozlari” (partnership paper) chiqarilib, ular bo’yicha investorlar mablag’larini aniq loyihalarga (uy-joy, yo’llar, kasalxonalar va shu kabilarga asoslangan) markaziy va mahalliy hokimiyatlar bilan birgalikda “birgalikda moliyalashtirish” asosida yo’naltiradilar. Bu esa Islom dini tomonidan ma’qullanadi va moliyalashtirishning “Islom” shakli deyiladi.
Moliya bozorini islomiylashtirish uning soddalashuviga, banklar rolining oshishiga, yirik investorlaming ko’payishiga, depressiv holatga tushishiga, ko’p sonli chakana va yirik xorijiy investorlaming, derivativlar va foizli obligatsiyalar segmentlarining yo’qligiga olib keladi.
Yapon traditsiyalariga asoslangan moliya bozori modeli. Ushbu traditsiya quyidagilarda namoyon bo’ladi:
-Davlat tuzilmasi yoki biznesda insonlaming pog’onalilikka (ierarxiya) intilishi, o’zidan yuqori pog’onada turgan shaxsga sodiqlik;

  • bir kompaniyaga butun hayot mobayniga yollanish tizimi;

  • vasiylikka muhtojlik;

  • shaxsiy manfaatlarini aksiyadorlamikidan yuqori qo’yish («korporatsiya- oila», sezilarli oshib bomvchi mehnat haqi va ijtimoiy to’lovlar tamoyili asosida);

-yaqqol kollektivizm, jamiyatga o’ta tobelik, o’zini moddiy cheklash («halol kambag’allik», ishga fidoiylik etikasi), Yaponiyani dunyodagi alohida missiyasini oshirish;

  • anglo-sakson traditsiyasidan farqli, aholining yuqori darajadagi j am g’arm a normasi.

Moliya bozorining Yapon modelini AQSH modelidan keyingi o’ringa qo’yish mumkin. Ularning ikkalasi islomiy moliya bozorlaridan ustun.
Germaniya traditsiyalariga asoslangan moliya bozori modeli. Diniy e’tiqodlarning farqliligiga qaramasdan, Germaniya va Yaponiya modellarining o’xshash taraflari mavjud. Sabab, bu mamlakatlarda aholining iqtisodiy qarashlari ko’p jihatdan mos kelishidir. Germaniya xalqi boshqalardan farqli bir muncha xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • praktitsizm, ierarxizm, o’ta mehnatkashlik, ijtimoiy himoyaga, risksizlilikka va jamg’armaga moyillik. Anglo-sakson modelida esa mobillikka, ixtirochilikka, risklilikka, opportunizmga, agressivlikka, o’zgarishlarga moyillik ko’proq seziladi;

  • kompaniya rahbariyati tomonidan shaxsiy manfaatlarini aksiyadorlamikidan yuqori qo’yilishi, kompaniya menejmentini aksiyalar kursini va ular bo’yicha yuqori dividendlar to’lovlarini oshirishga yo’nalganligi. Bunda korporativ boshqaruvning germancha modelida ko’proq kompaniyaning manfaatlari aksiyadorlarga xizmat ko’rsatishdan ustun qo’yilgan.




Download 227,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish