Mavzu: O’zbekistonda logistika va transport imkoniyatlari



Download 21,09 Kb.
bet1/8
Sana31.12.2021
Hajmi21,09 Kb.
#200156
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O'ZBEKISTONDA LOGISTIKA


MAVZU: O’zbekistonda logistika va transport imkoniyatlari

Toshkentdagi “Poytaxt” biznes-markazida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida O‘zbekistonda transport-logistika xizmatlarining bugungi holati va uni istiqbolda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturining “O‘zbekiston biznes-forumi (2 bosqich)” loyihasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Bugun Markaziy Osiyo mintaqasi dunyo transport-kommunikatsiya tizimining jadal rivojlanayotgan qismi hisoblanadi. So‘nggi yillarda bu hududda transport majmuasini modernizatsiya qilish va yangi xalqaro yo‘nalishlarni ochish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar bajarildi. Bu borada O‘zbekiston tomonidan mintaqa transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan sa’y-harakatlar alohida ahamiyatga egadir. Xususan, Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda avtotransport sanoatini yanada taraqqiy ettirish, tranzit salohiyatini oshirish, eksport-import xizmatlari ko‘rsatishga qaratilgan ko‘plab loyihalar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Alisher Shayxovning aytishicha, 2011-2015-yillarda transport va kommunikatsiya infratuzilmasi, qurilishini jadal rivojlantirish dasturining qabul qilinishi ishlab chiqarish, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmog‘ini mamlakatimiz va hududlar iqtisodiyotini istiqbolli taraqqiy ettirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlar bilan uzviy bog‘liq holda yanada rivojlantirish imkonini bermoqda.

Davra suhbati ishtirokchilari mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan “Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazi va “Angren” logistika markazining imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashdilar. Ta’kidlash joizki, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hududida yagona bo‘lgan “Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazida turli-tuman tovarlarni yuklash va tushirish, ularni tarqatish va omborlarga joylash ishlari tezkorlik bilan amalga oshiriladi.

Unda Savdo-sanoat palatasi raisi Alisher Shayxov 2011-2015 yillarda transport va kommunikatsiya infratuzilmasini, qurilishini jadal rivojlantirish dasturining qabul qilinishi ishlab chiqarish, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmog‘ini mamlakatimiz va hududlar iqtisodiyotini istiqbolli taraqqiy ettirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlar bilan uzviy bog‘liq holda yanada rivojlantirish imkonini berayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Soha mutaxassislarining fikriga ko‘ra, 2015-2020 yillarda respublikamiz hududida yuk tashish hajmining o‘sishi yiliga 1 million tonnagacha yetishi mumkin. Shu bois transport va logistika sohasini taraqqiy ettirishga ustuvor vazifalardan biri sifatida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, 2015 yilga qadar umumiy qiymati 85 milliard AQSh dollari miqdorida investitsiya o‘zlashtirilib, yana ko‘plab loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Natijada mamlakatimizning barcha hududlarini bog‘laydigan, mintaqa va jahon bozorlariga chiqish imkonini beradigan yangi yo‘llar bosqichma-bosqich qurilib, mavjudlari qayta rekonstruksiya qilinadi. Bu, 150 kilometr yangi temir yo‘l uchastkalarini qurish, 1030 kilometr bo‘lgan mavjud magistrallarni modernizatsiya va reabilitatsiya qilish, 715 kilometr temir yo‘l elektr uzatkichlarini elektrifikatsiyalash hamda transport parkini yangilash kabilardir.

Tadbirda «Navoiy» transport va logistika intermodal markazi hamda «Angren» transport va logistika markazining imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga kunlik yuk tashishga oid takliflar e’lon qilinadigan yagona elektron ma’lumotlar bazasining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.




Download 21,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish