1.Koʻp ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda yagona siyosatni amalga oshirish.
Ko’p ukladli iqtisodiyot -turli mulk shakllari va har xil xoʻjalik turlarining yaxlitligidan tashkil topgan iqtisodiy tizim. Xoʻjalik yuritish tarzi va uklad subʼyektlari faoliyatini tashkil etishning oʻziga xos tizimiga ega boʻlgan turli ishlab chiqarish munosabatlarining birgalikda mavjud boʻlishi bilan yakka ukladli iqtisodiyotdan farq qiladi. Har qanday iqtisodiyot koʻp ukladli harakterga ega.
Iqtisodiyot tuzilmalarning oʻzgaruvchanligi ukladlar xususiyatlariga katta taʼsir koʻrsatadi, natijada yangi ukladlar paydo boʻlgach, eskilari sifat jihatidan yangi ukladlarga aylanadi yoki yoʻqolib ketadi. Bu jarayonlar, ayniqsa, bir iqtisodiy tizimdan ikkinchisiga oʻtishda yoki uning oʻzgarishida yaqqol koʻrivadi. Shunga muvofiq holda ukladlar 2 guruhga boʻlinadi: oʻtmishda ustun boʻlgan ijtimoiy tizimlarning qoldigʻi tarzida mavjud boʻladigan ukladlar; ishlab chiqarish usullari va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagi oʻzgarishlar natijasida paydo boʻladigan ukladlar. Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida turli davrlarda biron-bir uklad hukmron mavqeida turgan. Kapitalizmda, garchi davlat, mayda tovar ishlab chiqarish ukladlari mavjud boʻlsada, kapitalistik uklad hukmron boʻlgan.
SSSR da davlat ukladi hukmron boʻlishiga qaramay (mulkning 90% davlat qoʻlida toʻplangan) mayda tovar, oilaviy va xufiya ukladlar ham mavjud boʻlgan. Hozir jahonda iqtisodiyotga koʻp ukladlilik yangi sifat kasb etmoqda. Koʻp ukladli iqtisodiyot munosabatlaridagi turli "boʻgʻinlar"ning notekis oʻzgarishlari har xil ukladlarni paydo etmoqda. Bunda ukladlarning oʻzaro kurashi, birining ikkinchisi ustidan hukmronligi va zoʻravonligi jarayoni emas, balki ishlab chiqarish jihatidan ham, ijtimoiy-iqtisodiy jihatidan ham ularning birgalikda mavjudligi va oʻzaro hamkorligi vujudga kelmokda (qarang Aralash iqtisodiyot). Ayni paytda samaradorlikdagi oʻzgarishlar nuqtai nazaridan ukladlar oʻrtasida raqobatchilik harakteri kuchayib bormoqda. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida amalda hukmron mavqeni egallagan uklad yoʻq. Ukladlar faoliyati va ularning oʻzaro munosabatlarini tartibga solishni davlat oʻz zimmasiga oladi. Davlat qonunlar tizimi orqali mulkchilik shakli, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqa qanday boʻlishidan qatʼi nazar, har bir uklad manfaatlarini himoya qiladi. Hozirgi aralash iqtisodiyot kapitalistik, nokapitalistik va bozor koʻrinishlaridagi xilma-xil ukladlardan iborat. Koʻpgina ukladlar faoliyatini harakatlantiruvchi kuch tadbirkorlik boʻlib, uning turli shakllari aralash iqtisodiyotning koʻp ukladli tarzda rivojlanishi shartsharoiti va asosini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyoti xilma-xil, birbiri bilan erkin raqobatlashadigan xoʻjalik ukladlarini taqozo etadi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotida mayda tovar, jamoa, xususiy, monopollashmagan kapitalistik, monopolistik, davlat monopolistik, transmilliy ukladlar mavjud. Shuningdek, aralash va oʻtkinchi ukladlar ham bor. Turli mamlakatlarda ukladlar nisbati har xil. Ukladlarning yaxlitligini bozor munosabatlari taʼminlaydi. Ukladlar bir-biriga tovarlar, axborot, tajriba, ish kuchi yetkazib beradi. Ular oʻzaro iqtisodiy aloqalarsiz rivojlana olmaydi, ayni vaqtda ular raqobatda boʻladi.
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida Oʻzbekiston iqtisodiyoti ham turli mulkchilik (davlat, jamoa, fuqarolar mulki va xususiy mulk)ka va xoʻjalik shakllariga tayanadi. Oʻzbekistondagi koʻp ukladli iqtisodiyot tarkibida davlat sektori, jamoa-kooperativ sektor, individual sektor, xususiy sektor, aralash sektor va xorijiy sektorlar bor. Davlat sektoriga davlat korxonalari, jamoa sektoriga har xil kooperativlar va shirkat xoʻjaliklari, individual sektorga tomorqa xoʻjaligi, yakka tartibda ishlovchilar, yakka dehqon xoʻjaliklari kiradi. Xususiy sektorga ayrim tadbirkorlarga qarashli, yollanma mehnatga asoslangan va oʻz egasiga fonda beruvchi korxonalar karaydi. Aralash sektor davlat-aksiyadorlik, qoʻshma korxonalar, xorijiy sektor chet mamlakatlarga qarashli boʻlib, Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan korxonalarni oʻz ichiga oladi.
Alisher Vahobov.[1]
Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga va xo‘jalik yuritishning yangi shakllariga o‘tishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.
Xususiylashtirish iqtisodiyotni barqarorlashtirish va xo‘jalik hayotini erkinlashtirish bilan bir qatorda xo‘jalikni samarali yuritish uchun amaliy shart-sharoitlar yaratish va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlash imkonini beradi, Ammo qanchalik muhimligiga qaramay, bu jarayonni qisqa muddatlarda amalga oshirish mumkin emas va u bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi.
Xususiylashtirishning 1992-1993-yillarda o‘tkazilgan birinchi bosqichida respublikada mahalliy sanoat, savdo, transport, maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish, matlubot kooperatsiyasi, dehqonchilik sanoati majmuining qayta ishlovchi tarmog‘i korxonalari mulkchilikning turli shakllariga aylantirildi, shuningdek, davlat va idoralarga qarashli uy-joy fondi xususiylashtirildi.
Respublikada o‘tgan yillarda 49 mingdan ortiq obyekt o‘zining mulkchilik shaklini o‘zgartirdi, ularning 44,1 foizi aksionerlik, 17,6 foizi jamoa, 37,0 foizi xususiy mulkka aylantirildi, 1,3 foizi ijaraga berildi. Mahalliy sanoat, savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tizimida xususiylashtirish jarayoni asosan tugallandi.
Tayyorlov va qayta ishlovchi tarmoqlarda davlat tasarrufidan chiqarish tugallanmoqda, ularda hozirgi kunga kelib korxonalar umumiy sonining qariyb 96,7 foizi xususiylashtirilgan.
Shunday qilib, respublikada kichik xususiylashtirishining birinchi bosqichi tugallandi va xalq xo‘jaligi turli tarmoqlarining o‘rtacha hamda yirik korxonalarini qayta o‘zgartirishni nazarda tutuvchi davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish vatarmoqlarining o‘rtacha hamda yirik korxonalarini qayta o‘zgartirishni nazarda tutuvchi davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ikkinchi bosqichiga o‘tish uchun zamin yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish davlat dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoniga, oldingi yillarda o‘tkazilgan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tajribasi hamda natijalarini nazarda tutib, ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo etish va rivojlantirishga oid qonunchilik hamda normativ hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida davlat mulkini davlat tasarrufida bo‘lmagan turli mulkchilik shakllariga aylantirishning ikkinchi bosqichi maqsadlari, ustuvorliklari, izchilligini belgilab beradi.
Ikkinchi bosqich (1994-1995-yillarning asosiy maqsadlari quyidagilardan iboratdir:
xalq xo‘jaligi tarmoqlarida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish ko‘lamlarini kengaytirish;
monopol ishlab chiqarish xo‘jalik tuzilmalarini maydalashtirish va raqobatli bozor muhitini yaratish;
davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida respublika aholisi keng qatlamlarining, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarning ishtirok etishini ta’minlash;
ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish;
oziq-ovqat va xalq iste’mol tovarlari taqchilligini kamaytirish orqali respublika aholisining ehtiyojlarini qondirish.
Ustuvor yo‘nalishlar quyidagilardan iboratdir:
qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirgan va ayni vaqtda davlatga tegishli aksiyalar ulushini qisqartirgan holda ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini tashkil etish orqali iqtisodiy islohotlar jarayoniga aholini keng jalb qilish;
ko‘chmas mulk bozorini shakllantirish, shu jumladan, birinchi navbatda savdo, maishiy, kommunal xizmat ko‘rsatish, shuningdek, qurilish obyektlarini tanlov asosida sotish yo‘li bilan bunday bozorni shakllantirish;
xususiylashtirish jarayoniga ulgurji savdo korxonalarini jalb etish orqali ishlab chiqarish vositalari bozorini tashkil qilish, shuningdek, tovar-xomashyo birjalari tizimini rivojlantirish;
shakllangan ishlab chiqarish va boshqaruv tuzilmalarini monopoliyadan chiqarish, xususiylashtirishni cheklash tatbiq etiladigan korxonalar sonini qisqartirish;
tenderlar va kim oshdi savdolari, investitsiya savdolari o‘tkazish, shuningdek, mol-mulkni to‘g‘ridan to‘g‘risotish orqali xorijiy investitsiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb etish;
korxonalarning xususiylashtirishdan keyingi faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash.
Barcha davlat mulki obyektlari ikki guruhga bo‘linadi:
davlat tasarrufidan chiqariladigan, xususiylashtiriladigan obyektlar;
xususiylashtirish taqiqlangan obyektlar.
Obyektni ushbu guruhlardan biriga kiritish uchun quyidagilar asos bo‘lib hisoblanadi:
obyektlarning tarmoq mansubligi;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning, bajarilayotgan ishlar va xizmatlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati;
davlat mulkini saqlab qolishning maqsadga muvofiqligi.
O‘zbekiston Respublikasining mutlaq mulki bo‘lgan obyektlar yer (qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno), uning qazilma boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tarix va madaniyat yodgorliklari, respublikaning suverenitetini, uning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi davlat budjeti mablag‘lari, respublika sug‘urta jamg‘armalari, korxonalar va mulkiy fondlar, shuningdek, davlat budjetidan mablag‘ bilan to‘liq ta’minlanadigan muassasalar xususiylashtirilmaydi.
Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlar reyestri har yili O‘zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlanadi va aholiga ma’lum qilinadi.
Mazkur Dastur vazifalarining og‘ishmay bajarilishi 1994-1995-yillardagi iqtisodiy islohotning hal qiluvchi omili hisoblanadi, respublikada ko‘p ukladli iqtisodiyotni va haqiqiy bozorni shakllantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |