Mavzu: O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi


O’zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish oqibatida; 2



Download 83,82 Kb.
bet4/5
Sana29.05.2022
Hajmi83,82 Kb.
#617247
1   2   3   4   5
Bog'liq
Feruza 6.1

1. O’zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish oqibatida;
2. O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo’qotish oqibatida;
3. O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan
asoslarga binoan;
4. Ushbu qonunda ko’zda tutilgan boshqa asoslarga binoan.
O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini to’xtatilishi Qoraqalpog’iston Respublikasi
fuqaroligining to’xtatilishi sabab bo’ladi.
Fuqarolik masalalariga oid arizalar O’zbekiston Respublikasi Prizidenti nomiga
ariza beruvchilarning doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar idoralari orqali, chet elda
doimiy yashovchi shaxslar tomonidan esa O’zbekiston Respublikasining tegishli
diplomatic vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari orqali topshiriladi.
Chet davlat fuqarosi bo’lgan shaxs o’z fuqaroligini o’zgartirish niyatida mazkur
davlatning munosabatini ko’rsatuvchi hujjatni taqdim etishi shart.
Shaxsning O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi to’g’risidagi ariza
uning doimiy istiqomat joyida ichki ishlar idorasiga, chet elda doimiy yashaydigan shaxs
tomonidan esa O’zbekiston Respublikasining tegishli diplomatik vakolatxonasi yoki
konsullik muassasasiga beriladi.
O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid arizalar ariza beruvchi
shaxsan murojaat etgan taqdirda uning doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar idoralari,
chet elda doimiy yashovchi shaxslarga nisbatan esa O’zbekiston Respublikasining tegishli
diplomatiya vakolatlari yoki konsullik muassasalari tomonidan rasmiylashtiriladi.
O’zbekiston Respublikasida yashab turgan, lekin O’zbekiston Respublikasining
fuqaroligi to’xtatilgan, boshqa davlat fuqarosi bo’lmagan shaxslar ichki ishlar idorasi
tomonidan fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga mo’ljallangan istiqomat guvohnomasi
beriladi.
O’zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi
bo’lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq
ta’minlanadi. Ular O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro
shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado etadilar.
3. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi bo’limida duyodagi
boshqa ko’pchilik davlatlarning Konstitutsiyalari qatori inson va fuqarolarning asosiy
huquq va burchlari to’g’risidagi muhim qoidalar mustahkamlaydi.
Konstitutsiyaviy huquqning o’ziga xos hususiyati shundaki, u fuqarolarning asosiy
huquq, erkinlik va burchlarni mustahkamlaydi, qonun va qonun osti hujjatlarida esa, ular
asosida vujudga keladigan hosila huquq, erkinlik va burchlarni belgilash bilan birga ular
mazmunini keng yoritish imkonini beradi.
Konstitutsiyaviy huquqda, erkinlik va burchlarning yuridik xususiyatlari unda
mustahkamlangan har qanday qoida singari, ular oily yuridik kuchga va o’zgartirishning
maxsus tartibiga ega ekanligini, shuningdek, uning asosida ishlab chiqiladigan boshqa
sohalar qonunchiligi uchun asosiy yo’nalishlarni belgilashini ta’kidlash joiz.
Inson huquq va erkinliklari har bir shaxsga taalluqli bo’lib, fuqarolarning huquq va
erkinliklari esa faqat o’sha davlat fuqaroligiga ega bo’lgan shaxslargagina tegishlidir.
Fuqarolarning huquq va erkinliklari fuqaroligidan qat’I nazar, har bir shaxsga
tegishli bo’lgan inson huquq va erkinliklari bilan aralashtirib yubormaslik kerak.
Ushbu yondashuvga doir misol sifatida insonning tabiiy va ajralmas huquqlari
belgilangan va hozirgacha harakatda bo’lgan 1789 yilgi “Inson va fuqaro huquqlari
fransuz Deklaratsiyasi” dan ko’chirma keltiramiz: “Barcha inson huquqlarda erkin va teng
bo’lib tug’iladilar va shunday bo’lib qoladilar. Ijtimoiy tavofutlar faqat ko’pchilikning
umumiy manfaatlarigagina asoslanishi mumkin.
Har qanday davlat ittifoqining maqsadi insinning ajralmas va tabiiy huquqlarini
ta’minlashga qaratiladi. Erkinlik, mulkka egalik qilish, xavfsizlik va zulm-qiynoqlarga
solinishiga qarshilik ko’rsatish shular jumlasidandir.
Boshqalarga zarar yetkazmaydigan darajada hamma narsani qilish imkoniyati
erkinlikni tashkil etadi. Shunday qilib, har bir insonga tabiiy huquqlarining amalga
oshirish chegarasi faqat jamiyatning boshqa a’zolarini ham huddi shunday huquqlarining
ta’minlanishi doirasi bilan chegaralanishi mumkin. Bu cheklashlar faqat qonun bilan
belgilanadi.
Huquq va erkinliklar o’rtasidagi keskin yuridik farqni ko’rsatish ancha mushkul
ish. Umumiy huquqning nazariyasidan bizga ma’lumki, sub’ektiv huquq bu shaxs yo’l
qo’yishi mumkin bo’lgan xulqi chegarasining o’lchovi. Fikrimizcha, bu ta’rif erkinlik
tushunchasiga ham mos keladi.
Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari va ikkinchi tomondan, ularning
boshqa kishilar, davlat va jamiyat oldidagi burchlari orasidagi o’zaro aloqadorlikni imkor
qilish xato bo’lar edi. Zero, umumiy huquq nazariyasidan bizga ma’lumki, burch buxulqning zaruriy me’yori hisoblanadi. Inson muayan qoidalarga rioya qilishi kerakki, u
o’zining huquq va erkinliklaridan foydalanganida, boshqa kishilarga asossiz ravishda
ziyon yetkazmasligi va jamiyatning normal hayot kechirishiga to’sqinlik qilmasligi lozim.
Konstitutsiyalar hayotiylugini ta’minlashning zaruriy sharti-o’z mazmuni va
mohiyatini inson va fuqarolar huquq-erkinliklari bilan boyitilishida ifodalanadi.
Yuridik adabiyotlarda inson huquqlarining ajralmas ekanligi ta’kidlanib, uning
mavjudligi tegishli burchlarni bajarmaslikka yoki bajarishga bog’liq emas, degan
qarashlar mavjud. Fuqarolarning huquqlari esa davlat oldida qator burch va
majburiyatlarni bajarish bilan bog’liq, deb ko’rsatiladi. Ammo shuni ta’kidlash lozimki,
shaxsning armiyada xizmat qilganligini ro’kach qilib, uni saylov huquqidan mahrum
qilish mumkin emas.
Bundan shunday hulosaga kelish mumkin: har qanday huquq va erkinliklarni
amalgam oshirishni muayyan burchni bajarish bilan bog’lab qo’yish to’g’ri emas. Shu
bilan bir vaqtda, inson va fuqarolarning o’z burchlarini bajarishi davlat va jamiyatning
normal hayot kechirishi umumiy omil hisoblanadi va nihoyat, shuni qayd qilish kerakki,
Konstitutsiyaviy burchlar ikki qirraliligi, ya’ni insonlarni muayyan burchlari va
fuqarolarning burchlari bilan ajralib turadi.
Huquq va erkinliklarning konstitutsiyaviy ifodalanishining ikki usuli-pozitiv va
negative usullari mavjud:
a) pozitiv usulda, konstitutsiya sub’ektning muayyan huquqqa egaligini belgilaydi
yoki ta’kidlaydi;
b) negativ usul shunday ifodalanadiki, unga ko’ra har qanday sub’ektga o’zga
sub’ektning huquq yoki muayyan erkinligini buzish yoki cheklash ta’qiqlanadi.
Konstitutsiyaviy huquq, erkinlik va burchlar doirasining doimiy ravishda kengayib
borishi, ularni ma’lum guruhlarga ajratishni talab qiladi.
Tasniflash (klassifikatsiyalash) turli hil maqsadlarda va asoslarda o’tkazilishi
mumkin. Biroq shuni yodda tutish kerakki, guruhlashtirish shartli ravishda kechadi,
chunki ko’p hollarda biror huquq yoki erkinlik yohud burch bir paytda ikki yoki undan
ko’p tasnifiy guruhlarga tegishli bo’lishi mumkin. Ular qiyida taklif etilayotgan
tasniflashtirishda o’zlarining asosiy mazmunlari jihatidan yaqin bo’lgan guruhlarga
kiritiladi. Masalan, vijdon erkinligi shaxsiy erkinliklar turkumiga kiradi, ayrim
mamlakatlarda esa u aniq ifodalangan siyosiy harakter tusini oladi.
Tasniflashtirishning yana bir ko’rinishi huquq, erkinlik va burch sub’ektlarining
harakteri bilan bog’liq asosda amalgam oshirishdir. Bunda huquq, erkinlik va
burchlarning individual va jamoa turlariga ajratish mumkin.
To’g’ri, individual huquq ko’p hollarda jamoa shaklida ham amalgam oshirilishi
mumkin. Ammo u jamoa huquqidan farqli ravishda, odatda, individual tarzda amalgam
oshirilishi va himoya qilinishi mumkin. Jamoa huquqini esa uning mohiyatiga ko’ra
individual tarzda amalgam oshirilish mumkin emas.
Masalan, ish tashlash huquqi-jamoa huquqidir. Individual tarkibda ish tashlash-ish
tashlash hisoblanmasdan, balki u ishga kelmaslik deb baholanishi mumkin.
Ko’pincha hollarda huquq, erkinlik va burchlar o’z harakteriga ko’ra individualdir.
Biroq bu holat konstitutsiyada doimo aniq va ravshan qilib belgilanmaydi.
Bundan tashqari huquq, erkinlik va burchlarni, asosiy va qo’shimcha turlarga
ajratish mumkin. Masalan, davlatni boshqarishda ishtirok etish asosiy huquq hisoblansa,
saylov huquqi undagi hosila huquq bo’lib, uning mazmunini ifodalash shakli hisoblanadi.
Fikrimizcha, huquq, erkinlik va burchlarni mazmuni va mohiyati bo’yicha
tasniflash alohida ahamiyat kasb etadi.
Tasniflash shart-sharoitlariga doir yuqoridagi fikr va mulohazalarni hisobga olib,
inson huquqi, erkinliklari va burchlarini asosiy guruhlarga ajratish quyidagucha qabul
qilingan.
Birinchi guruh: inson shaxsiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, ya’ni yashash
huquqi, shaxsiy daxlsizlik va turar joy daxlsizligi kabi huquq, erkinlik va burchlar.
Ikkinchi guruh: davlat va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish, ovoz berish,
yig’ilish huquqi, vatanni himoya qilish bilan bog’liq qator siyosiy huquq, erkinlik va shu
kabilar iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq erkinlik va burchlar guruhini tashkil etadu.
Aynan xuddi shunday turkumlash asosida o’zbek qonunchiligi tomonidan
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida huquq, erkinlik va burchlarning tizimi
mustahkamlab qo’yilgan:



eng avvalo, umumiy qoidalar ifodalangan bo’lib, inson va fuqarolarning o’z

huquq, erkinlik va burchlarida o’zaro tengligi;






fuqarolar o’zlarining huquq va erkinliklarini amalgam oshirishlari jamiyat va

davlat hamda boshqa shaxslarning huquqiy va erkinliklariga, ularning qonuniy
manfaatlariga putur etkazmasliklari;






huquq, erkinlik va burchlarning daxlsizligi qoidalari belgilanadi.

Inson va fuqarolarning asosiy huquq, erkinlik va burchlarining keyingi joylashuvi
tegishli huquq, erkinlik va burchlarning mazmuniga asosan mustahkamlab qo’yiladi:

Download 83,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish