Mavzu: O’zbekistonda ikki palatali parlament: shakllanishi va rivojlanishi Reja: Kirish


partiyalarning jamiyat va davlat qurilishidagi rolini oshirishga qaratilgan



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/31
Sana08.02.2022
Hajmi0,51 Mb.
#437195
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Bog'liq
referat ozbekistonda ikki palatali parlament shakllanishi va rivojlanishi


partiyalarning jamiyat va davlat qurilishidagi rolini oshirishga qaratilgan 
muhim sa’y-harakat bo’ldi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq 
muhokamasidan o’tgach, 2007-yilning 11-aprelida qabul qilindi.2008-
yilning 1-yanvaridan kuchga kirgan bu qonun siyosiy partiyalar 
taraqqiyoti uchun huquqiy kafolatdir. 
Konstitutsiyaviy qonun kuchga kirishi bilan siyosiy partiyalar davlat 
hokimiyatining qonunchilik-vakillik tarmog’i faoliyatiga nafaqat o’z 


42 
ta’sirini kuchaytirish.balki ijro hokimiyati bo’g’inlarini shakllantirish va 
ular faoliyatini nazorat qilishda bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ham 
ega bo’ldilar. Mazkur qonun, shuningdek, ijro hokimiyatining markaziy va 
mahalliy organlarida o’z vakillariga ega siyosiy partiyalarning halol va 
amaliy raqobatini yana avj oldirishiga shart-sharoitni yuzaga keltirdi. 
Biroq, shuni ham ta’kidlash joizki, raqobatchikuch sifatida maydonga 
tushayotgan Parlament muxolifati o’z maqomiga ko’ra davlat 
hokimiyatiga qarshi chiqadigan siyosiy kuch hisoblanmaydi. Aksincha, u 
hokimiyatning qonun chiqaruvchi-vakillik tarmog’ida hukumatning 
faoliyat dasturlarini va ular ijrosini xolis tanqid qilish vazifasini bajaruvchi 
uzviy bo’g’inga aylanadi. 
Hozirgi sharoitda siyosiy partiyalar fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy 
faolligini oshirish, aholining, ayniqsa, saylov jarayonlarida xoxish-irodasi 
va fikrini ifodalash, markazda va joylarda davlat hokimiyati organlarini 
shakllantirishning muhim ta’sir o’tkazuvchi vositasiga aylanishi alohida 
ahamiyat kasb etadi.
15
Mazkur qonunning qabulqilinishi va amalda 
qo’llanilishi natijasida siyosiy partiyalar markaz va joylarda, davlat va 
hokimiyat organlarini shakllantirish bilan birga jamoatchilik nazoratini 
ro’yobga chiqarishda ham katta imkoniyatlarga ega bo’ldilar. Shuningdek, 
hokimiyat vakillik organlarining ijro hokimiyati faoliyatini nazorat qilishi 
samaradorligi ortdi.Parlamentdagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining 
parlament nazoratini yanada faollashtirish orqali hukumatga ta’sir etish 
imkoniyati kengaydi. 
Ushbu qonuning 6-moddasida O’zbekiston rahbari xalq deputatlari 
viloyatlar va Toshkent shahar Kengashidagi deputatlik (partiya) 
15
Karimov I.A.. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo’lida. T. 16. –T.: 
“O’zbekiston”, 2008. 38-b.


43 
guruhlarining har biri bilan maslahatlashib olgandan so’nggina hokim 
nomzodini tasdiqlash uchun taqdim etishi ko’rsatib o’tilgan. O’z-o’zidan 
ayonki, bu jarayonda deputatlik guruhlarining hokim nomzodiga 
qo’yilayotgan shaxshaqida erkin tanqidiy fikr bildirishi uchun imkoniyat 
vujudga keladi. 
Konstitutsiyaviy qonunda ushbu masalaga alohida e’tibor qaratilgan. 
Masalan, 7-moddaga binoan nazorat qilish vazifalari samaradorligini 
oshirish maqsadida xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar 
Kengashlaridagi partiya guruhlariga viloyat va Toshkent shahar hokimi 
lavozimiga tasdiqlangan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati to’g’risida 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga asoslangan xulosalarni taqdim etish 
tashabbusi huquqi berilgan. Bunday tashabbus yetakchi partiya guruhlari 
tomonidan qo’llab-quvvatlangan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti butashabbusning xalq deputatlari Kengashidagi muhokamasini 
tayinlaydi vamuhokama natijalariga muvofiqqaror qabul qiladi. Bu esa 
siyosiy partiyalarga ijroiya hokimiyatning barcha bo’g’inlarida bir xil 
huquqva ta’sirga ega bo’lishga, hokimlar faoliyatini nazorat etish orqali 
muayyan 
hududlarni 
ijtimoiy, 
iqtisodiy, 
siyosiy 
va 
madaniy 
rivojlantirishda tashabbuskor va ta’sirchan kuchga aylanishga shart-sharoit 
yaratib beradi. 
Umuman olganda, viloyat va Toshkent shahar hokimlarini tayinlash 
va tasdiqlashning zamonaviy tartibi hamda viloyat va Toshkent shahar 
hokimi faoliyatini mahalliy kengash deputatlari tomonidan nazorat 
qilinishi vazifasining takomillashganligi siyosiy partiyalarning joylardagi 
salohiyatini ro’yobga chiqarishda vakillik organlari samaradorligini 
kuchaytirishga ko’maklashdi. Fikrimizcha, Konstitutsiyaviy qonunning 
jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy xayotiga tatbiq etilishi, mamlakatimiz siyosiy 


44 
tizimini.xususan, siyosiy partiyalar faoliyatini yanada rivojlantirishga 
turtki berdi. 
Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyatni demokratlashtirish, 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, xalqimiz siyosiy-huquqiy ongini 
oshirish, ko’ppartiyaviylik tizimini takomillashtirish.davlathokimiyati va 
boshqaruvida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish 
bu jarayonda siyosiy partiyalar faolligini kuchaytirishga qaratilgan zaruriy 
shart-sharoitlarning vujudga kelishini talab qilmoqda. Mamlakatimiz 
rahbari Islom Karimov bu haqda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasi va Senati qo’shma majlisida bayon etgan 
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 
fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish konsepsiyasi” 
deb nomlangan 
ma’ruzasida ta’kidlab o’tdi. Ayniqsa, bu o’rinda mamlakat Bosh vaziri 
lavozimiga tayinlash va ozod etishda siyosiy partiyalarning jamiyatdagi 
o’rni va mas’uliyati oshishini yana bir bor e’tirof etish lozim. Hozirda 
siyosiy partiyalar va ularning parlamentdagi fraksiyalari faoliyatida 
mustaqillik, tashabbuskorlik yetishmayapti. Ular jamiyat va davlat 
ahamiyatiga molik muhim masalalar yechimini izlashda tashabbus 
ko’rsatmayaptilar, vaholanki, bunday masalalarning oqilona yechimini 
ularning o’zi ko’rsatib berishi lozim. Shu bois siyosiy partiyalarning davlat 
va jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirish maqsadida Prezidentimiz 
tomonidan quyidagi qonunchilik tashabbusi kiritildi: “O’zbekiston 
Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko’p deputatlik o’rnini 
olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o’rinlarini qo’lga 
kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi. 


45 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Bosh vazir 
lavozimiga nomzodni ko’rib chiqqanidan keyin o’n kun muddat ichida uni 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko’rib chiqishi va 
tasdiqlashi uchun taklif etadi. 
Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishlicha O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi depuatlari va Senati 
a’zolari umumiy sonining yarmidan ko’pi tomonidan ovoz berilgan ta
qdirda tasdiqlangan hisoblanadi”.
16
Konsepsiyada bildirilgan ushbu 
taklifning qonunchilikda o’z ifodasini topishi siyosiy partiyalar rivojiga 
kuchli ta’sir ko’rsatadi.Shu bilan birga o’z vazifalarini amalga oshirishida 
Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish