Mavzu: O’zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o’zgarishlar mazmun mohiyati reja: O’zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar


O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishning yangi bosqichga ko’tarilishi



Download 28,19 Kb.
bet4/5
Sana30.03.2022
Hajmi28,19 Kb.
#518625
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o’zgarishlar

2.O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishning yangi bosqichga ko’tarilishi.
O’zbekiston mustaqillikning ilk kunlaridanoq davlat boshqaruvini,jamiyat xayotini demokratlashtirish yo’lini tutdi. Lekin barcha sohalardagi islohotlar kabi, bu borada xam Islom Karimov O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlarini, shart-sharoitlari,tarixiy an’analari va xalqimiz mentalitetini xisobga olish lozim, degan ishonchdan kelib chiqdi. Jamiyat rivojlanishining, axoli ongi, tafakkuri o’sishining darajasiga mos holda demokratlashtirish jarayonini bosqichma- bosqich o’tkazish g’oyasini ilgari surdi.Demokratiya-xalq hokimiyati.U yetuk holda birdaniga qaror topib qolmaydi. Bunga davlat va jamiyat xam, axoli va aloxida fuqarolar xam tayor bo’lishi lozim.
1992- yil 8- dekabr kuni qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi bu jarayonga qonuniy yo’nalish berdi va uning huquqiy asoslarini, kafolatlarini yaratdi. Demokratlashtirish mamlakatimiz rivojlanishining konstitusiyaviy talabiga, me’yoriga aylandi.
2010- yil 12- noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va senatning qo’shma majlisida Prezidentimiz Islom Karimov “Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida ma’ruza qildi. Ushbu ma’ruzada o’ta dolzarb axamiyatga ega bo’lgan muhim vazifalarni hal etishda davlat hokimiyati tarmoqlarini, xususan, parlamentni yanada rivojlantirish va mustahkamlash, siyosiy partiyalarning rolini oshirish, mamlakatimiz sud- huquq tizimini, saylov qonunchiligini takomillashtirish, fuqarolik jamiyatini institutlarini, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, shuningdek, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi.1
Ma’ruzada ta’kidlab o’tilganidek,o’tgan vaqt mobaynida mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohatlar juda muhim bir maqsadga,ya’ni hokimiyatlar bo’linishi konstitusiyaviy prinsipini xayotga
tatbiq etish, hokimiyatlar o’rtasida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakillantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakilatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash bo’yicha goyat dolzarb chora-tadbirlarni ko’rishga qaratilgan edi.
Prezidentimiz “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” (1999- yil.) asari mamlakatimizning yangi asrdagi taraqqiyoti uchun 6 ta ustuvor yo’nalishni belgilab berar ekan, avvalo siyosiy, iqtisodiy xayotni, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirishni birinchi ustuvor vazifa qilib quyilgan edi. Bunda siyosiy sohani erkinlashtirish bilan birga davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakillantirishda asosiy e’tibor kutidagi masalalarga qaratilgan edi.2

  1. hokimiyat barcha tarmoqlarining mustaqil faoliyatini ta’minlash;

  2. nodavlat va jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish.

Bunda “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari”konsepsiyasi belgilab berildi.
Bu masalalarni bevosita amaliyotga tatbiq qilish uchun “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot – pirovard maqsadimiz ”(2000yil.) risolasi xam 7 ta ustuvor vazifadan birinchi va ikkinchi vazifa qilib siyosiy sohada quyidagi masalalar belgilab berildi.
1.Siyosiy sohada;
1) siyosiy xayotning barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish
2) ko’ppartiyaviylik muxitini ta’minlsh;
3) nodavlat tuzilmalari, fuqarolik jamiyatini qaror toptirish;
4) fikrlar xilma-xilligiga erishish. Ommaviy axborot vositalarini tom ma’noda “To’rtinchi hokimiyat” darajasiga ko’tarish;
Bu jarayonda markaziy ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari va ma’muriy organlarning vazifalarini o’zgartirishga, ularning boshqarish, tartibga solish va taqsimlash borasidagi vakolatlarini, xujalik tuzilmalari faoliyatiga bevosita aralashuvini keskin qisqartirishgakatta e’tibor berildi.
Ularning vakolatlarini bozor tamoillariga muofiqlashtirish va pirovard natijada davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini jiddiy kamaytirish ko’zda tutildi. Boshqaruv sohasini markazlashtirishni cheklash, bu boradagi vazifalarning bir qismini respublika darajasidan viloyat, tuman va shahar miqyosiga o’tkazish, O’zbekistonda mahalliy o’zini o’zi boshqarishning noyob shakli bo’lgan mahalla tizimini shakillantirish masalalariga katta axamiyat qaratildi.
Ikki palatali milliy parlamentimizni tashkil etish masalasi bo’yicha 2002- yil 27- yanvarda o’tkazilgan referendum yakunlari ba shu asosda “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to’grisida”gi konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning asoslarini belgilab berdi.
Bundan tashqari ko’zlangan asosiy maqsadlar parlament tomonidan o’z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini shakillantirish,qonun ijodkorligining sifatini jiddiy ravishda oshirish,umumdavlat va xududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishishdan iborat edi. Bu borada tarkib jihatidan asosan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakilaridan tashkil topgan yuqori palata – Senatning xududlar manfaatlarini ifoda etishi, kuyi-Qonunchilik palatasi esa o’z faoliyatini doimiy professional asosda amalga oshirishi xisobga olindi. Milliy parlamentimizning rivojlanishida yangi parlament va uning xar bir palatasining maqomi, vakolatlari va faoliyat mexanizmlari aniq belgilab berildi. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi to’grisida”gi va “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’grisida”gi konstitusiyaviy qonunlarning 2003- yilda qabul qilinishi aloxida axamiyat kasb etdi.


Download 28,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish