Hokimyatlar bo’linishi nazariyasining shakillanishi tarixi
Kishilik jamiyati shakillangandan boshlab, odamlar o’z turmushini, hayotini
yanada yahshi tashkil etish haqida bosh qotirib kelganlar, adolatli jamiyat, oqilona
tartiblar bo’lishi haqida orzu qilganlar.
Jamiyat taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida ijtimoiy omillar va
rivojlanish natijasida, davlat va huquq paydo bo’lgan. Bu vaqtdan etiboran
kishilarning jamiyat haqidagi fikirlari adolatli davlat, xalqparvar hukumdor,
oqilona qarorlar mavjud bo’lgan jamiyat bilan bog’liq bo’lgan.
Davlat hokimyati va davlatli jamiyat sharoitida yashagan odamlar asta-sekin
davlat hokimyatining kuchi, uning jamiyatda, insonlar hayotida tutadigan o’rni
haqida fikir yuritadilar va davlat hokimyatining bir hukmdor, yoki bironta organ
qo’lida butkil to’planib qolishi jamiyat taraqqiyoti, aholi farovonligi uchun havfli
ekanligini, bu holat ko’pincha hokimyatning suiste’mol qilinishiga olib kelishini
chuqur anglab yetganlar.
An’anaviy tarzda hokimyatlar bo’linishi g’oyasining zamini sifatida Qadimgi
Yunoniston va Qadimgi Rim qayd etiladi. Platon, Arastu va boshqa antik davr
mutafakkirlari o’zlari yshab turgan davlat tuzilmalari siyosiy tuzulishi va boshqaruv
shakillarini har tomonlama tahlil etish asosida muayyan nazariy, amaliy xulosalarni
shakillantirganlar va shu asnosida, keyinchalik G’arbda ma’rifatparvarlik davrida
hokimyatlar bo’linishi prinsipi shakillangan, degan fikrlar ilmiy adabiyotda keng
tarqalgan.
Biroq, ilmiy adabiyotda hokimyatlar bo’linishi g’oyasining Bibliyada,
Konfutsiy ta’limotida ham mavjudligi haqida fikrlar ilgari surilgan va surilmoqda.
Petr Barenboymning "3000 лeт дoктрини рaздeлeния влaстeй. Суд Сютeрa"
(М.:1966) nomli asarida sudning mustaqilligi prinsipi Bibliyada ifodalanganligi
bayon qilingan. Shuningdek, Konfutsiyning “Lun yuya” (mulohazalar va
suhbatlar) nomli mashhur asarida hokimyatlar bo’linishi g’oyasi va “bir-birini tiyib
turish” tizimi mexanizimi mavjudligi "Lun yuya” (mulohazalar va suhbatlar) nomli
mashhur asarida hokimyatlar bo’linishi g’oyasi va “bir-birini tiyib turish” tizimi
mexanizimi mavjudligi asoslanadi"
2
.
Hokimyatlar bo’linishi g’oyasining dastlabki ildizlarini qadimgi yunon
mutafakkiri Arastuning qarashlarida kuzatish mumkin. Arastu o’zining mashhur
asarlaridan biri bo’lgan “Siyosat”da davlat tuzimi haqida fikr yuritib, uning uch
unsuri (elementi) mavjudligini, ya’ni qonunchilik-maslahat organi, magistratura va
sud organlarini qayd etadi.
Shunday qilib, hozirgi kunda davlat hokimyatini tashkil etishning
demokratik prinsipi sifatida e’tirof etiladigan hokimyatlar bo’linishining dastlabki
ildizlari, kurtaklari va ilk amaliy tajribaviy urunishlari antik dunyo bag’rida
shakillangan, deyishga asos bor.
Hokimyatlar bo’linishi g’oyasi o’rta asrlarda yanada nazariy jihatdan
rivojlantirilib, o’zining yangi sifat darajasiga ega bo’lgan. Hokimyatlar bo’linishi
g’oyasining shakillanishida ingliz faylasufi Djon Lokkning (1632-1704) qarashlari
katta ahamyatga molik. Uning siyosiy-huquqiy qarashlari, jumladan davlat
boshqaruviga, hususan esa hokimyatlar bo’linishiga oid fikr va xulosalari uning
1690 yilda chop etilgan “Davlat boshqaruvi haqida ikki traktat” nomli asarida
bayon etilgan.
Lokkning fikricha, bir shaxs yoki bir guruh shaxslar tomonidan
hokimiyatning egallab olinishining oldini olish maqsadida davlatning ommoviy-
hokimiy vakolatlari bir-biridan aniq ravishda ajratilmog’i chegaralanmog’i kerak,
shu bois bu vakolatlar davlat orginlari o’rtasida bo’linmog’i lozim.
Qonunlar qabul qilish vakolati, albatta vakillik organiga – butun millat
idorasini ifodalovchi organ – parlamentga berilishi kerak, demak, parlament qonun
chiqaruvchi hokimiyat. Parlament tomonidan chiqarilgan qonunlarni hayotga
tadbiq etish esa, ya’ni ijro hokimiyatini amalga oshirish esa monarxga, ministrlar
2
Государство и право. 1997. №3, - Ст 122- 126.
kabinetiga, ya’ni hukumatga tegishli bo’ladi. Bu hokimiyat subekti ayni payitda,
xorijiy davlatlar bilan bo’ladigan tashqi munosabatlarga ham mas’ul bo’lishadi.
Ta’kidlash lozimki, Lokkning hokimiyatlar bo’linishi g’oyasiga kiritgan
yangiligi, faqatgina davlat o’rganlarini teng muvozanatda ushlab turish maqsadi
bilan cheklanmagan, uning bu soxadagi fikrlari, mulohazalari ancha keng
mazmunni tashkil etgan bo’lib, ular Lo’kkning butun hokimiyatini qaysidir subekt
tomonidan uzurpatsiya qilinishiga va davlat hokimiyatidan despotik tarzida
foydalanishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida davlat hokimiyatining alohida qismlari
o’rtasidagi aloqa va o’zaro harakatning pirinsiplarini belgilashida o’zining
ifodasini topgan.
Lokkning yagona davlat hokimyatining tarkibiy qismlari, ular o’rtasidagi
munosabat, hokimiy vakolatlarning o’zaro bo’linishi, taqsimlanishi to’g’risidagi
ilg’or fikrlari o’sha davr davlat – huquqiy qarashlariga ijobiy ta’sir ko’rsatib,
konstitutsiyonalizim doktrinasining shakillanishiga ma’lum darajada asos ham
bo’lgan. Masalan, 1789 yil 26 avgustda Fransiya Milliy Majlisi tomonidan qabul
qilingan “Inson va fuqorolar huquqlari Deklaratsiyasi”
3
“Huquqlardan foydalanish
ta’minlanmagan va hokimyatlar bo’linishi amalga oshirilmagan jamiyatda
konstitutsiya yo’qdir”, deb e’lon qilingan.
O’rta asrlarda hokimyatlar bo’linishi g’oyasini nazariy jihatdan yanada
boyitgan shaxs, Lokkdan keyingi faxrli o’rinni Monteske (1689-1775) egallaydi
deyish mumkin.
Buyuk fransuz yuristi, ma’rifatparvari Monteske o’zining davlat va huquqga
oid qarashlarini “Fors xatlari”, “Qonunlar ruhi haqida” kabi asarlarida bayon etilgan.
Hokimyatlar bo’linishiga doir Monteskening qarashlari asosida, uning
despotiyaga nisbatan qat’iy nafrati, konstitutsiyaviy monarxiya va respublika
boshqaruv shakliga nisbatan esa qat’iy xayrihohligi yotadi. Chunki uning fikricha,
3
Государство и право. 1997. №3, - Ст 20.
despotiya - bu o’zboshimchalik, qonunsizlik hukm surgan davlatdir. Garchi uning
davlat boshqaruv shaklidagi ideali konstitutsiyaviy monarxiya bo’lsa-da, u respublika
boshqaruv shaklini, xuddi monarxiyadek qonuniy deb bilgan.
Montaeskening fikricha, fuqarolarning erkinligini ta’minlash va amalga
oshirish uchun, to’ntarilishlarning oldini olish uchun qonunlarga qat’iy rioya etish
kerak. Bu maqsadga esa hokimyatlarning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud
hokimyatiga bo’linishi orqali erishish mumkin.
Siyosiy erkinlik munosabatlarining birinchi aspekti bu hokimyatlarning qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimyatlariga bo’linishining konstitutsiyaviy-
qonuniy mustahkamlanishida ifodalaniladi va u fuqorolik huquq va erkinliklarining,
shaxs xavfsizligini ta’minlashning zaruriy vositasi sifatida namoyon bo’ladi
4
.
Bu borada Jan Jak Russoni ham e’tiborga molik fikirlarini eslab o’tishimiz
lozim. Uning fikricha, fuqorolik jamiyati hususiy mulk paydo bo’lishi bilan paydo
bo’ladi. Russo hokimyatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi (hukumat)
hokimyatga bo’linishini e’tirof etib, birinchisi siyosiy organizmning irodasi
hisoblanadi, ikkinchisi esa uning kuchi sifatida namoyon bo’ladi, deb tushuntiradi.
Shunday qilib, XVII- XVIII asrda hokimyatlar bo’linishi to’g’risidagi g’oyalar
rivojlantirilib, yaxlit, tugallangan bir ta’limot sifatida shakllangan va o’sha davr
siyosiy-huquqiy fikrlariga hamda davlatchilik amaliyotiga ijobiy ta’sir eta
boshlagan.
4
Государство и право.М:Норма. 1999. Ст 66.
Do'stlaringiz bilan baham: |