Mavzu: O'zbekistonda davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish masalalari Reja: Davlat va jamiyat qurilishi haqida tushuncha



Download 61,54 Kb.
bet8/12
Sana15.04.2022
Hajmi61,54 Kb.
#552985
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
referat med tex

Beshinchi yo‘nalish davlat boshqaruvi tizimiga strategik rejalashtirishning zamonaviy shakllari, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan. Mazkur chora-tadbirlar qatorida quyidagilarni ta'kidlash lozim:

  • davlat xizmatlari ko‘rsatish tartib-taomillarini optimallashtirish va soddalashtirishni ta'minlaydigan davlat boshqaruvining innovatsion shakllarini joriy etish;

  • innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqishga investitsiyalarni faol jalb etish;

  • zamonaviy ilmiy-tadqiqot va innovatsion yutuqlarni muvaffaqiyatli joriy qilish uchun zarur bo‘lgan rivojlangan infratuzilmani yaratish;

  • tabiatni muhofaza qilish, resurs va energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish.

  • Oltinchi yo‘nalishda professional davlat xizmatining samarali tizimini shakllantirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning ta'sirchan mexanizmlarini o‘rnatish belgilangan. Ularga erishish uchun quyidagilar rejalashtirilgan:

  • davlat xizmatining shaffofligi va ochiqligini ta'minlash, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi mexanizmlarini joriy etish;

  • davlat xizmatchilarining mehnatiga haq to‘lash va ijtimoiy ta'minotining zamonaviy tizimini kiritish orqali ularning mehnat unumdorligini oshirish

Bundan tashqari, Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasi normalarini amaliy ro‘yobga chiqarish bo‘yicha 40 dan ortiq aniq tadbirlarni nazarda tutuvchi «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.


Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha komissiya hamda davlat boshqaruvi tizimini tanqidiy o‘rganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etildi.
Komissiya ishchi guruhlar tomonidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etadi, shuningdek, Ma'muriy islohotlar konsepsiyasi va «Yo‘l xaritasi»ning to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan qat'iy nazorat olib boradi. Ma'muriy islohotlarning amalga oshirilishi quyidagi natijalarga erishishga qaratilgan.
1. Kutilayotgan islohotlarning to‘liq amalga oshirilishini ta'minlashga, ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali hal etishga qodir bo‘lgan, innovatsion rivojlanishning umumjahon tendensiyalariga javob beradigan davlat boshqaruvi tizimini yaratish, shu jumladan, quyidagilar orqali yaratish:

  • ortiqcha va o‘ziga xos bo‘lmagan vazifa, funksiya va vakolatlarni bartaraf etish, takrorlash va parallelizmni tugatish hisobiga davlat boshqaruvi tizimini optimallashtirish hamda nomarkazlashtirish;

  • davlat boshqaruvini byurokratiyadan xoli qilish va uning sarf-xarajatlarini pasaytirish, boshqaruv qarorlari qabul qilish tizimining faoliyat samaradorligini va shaffofligini oshirish;

  • strategik rejalashtirish, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar tizimini joriy etish;

  • iqtisodiyot tarmoqlariga ma'muriy ta'sir ko‘rsatishni yanada qisqartirish hamda boshqaruvning sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va aholining ishchanlik faolligini oshirishga qaratilgan bozor mexanizmlarini kengaytirish;

  • jamoatchilik va parlament nazoratining, eng avvalo, korrupsiya ko‘rinishlarining oldini olishga qaratilgan samarali shakllarini joriy etish.

2. Fuqarolar huquq va erkinliklarini ta'minlashning ta'sirchan mexanizmlarini yaratish, ularning farovonligini va ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatidan qanoatlanganlik darajasini yanada oshirish, shu jumladan, quyidagilar orqali yanada oshirish:

  • davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan huquqiy munosabatlarini aniq tartibga solishga qaratilgan ma'muriy tartib-taomillarni takomillashtirish;

  • ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlari va harakatlari ustidan shikoyat qilish tartibini takomillashtirishni, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini kollegial eshitish mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi ma'muriy adliya tizimini rivojlantirish;

  • «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatishning samaradorligini oshirish;

  • jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlash, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash.

O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, so‘zsiz, innovatsion rivojlanishning zamonaviy tendensiyalari va jahon standartlarini hisobga olgan holda davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilishga yangi kuch bag‘ishlaydi.
Umuman olganda, O‘zbekiston Respublikasida ma'muriy islohotlarning amalga oshirilishi «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ulug‘vor g‘oyani hayotga to‘liq tatbiq etishga xizmat qiladi.


  1. Download 61,54 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish