Yangi tartibga ko’ra Investitsiya dasturiga faqat loyihaoldi hujjatlari puxta ishlab chiqilib,o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan loyihalar kiritiladi,shu sababli 3 yilga mo’ljallangan Investitsiya dasturi dekabr oyida qabul qilingandan keyin,qurilish ishlarini yanvar-fevral oylarida boshlab yuborish imkoniyati mavjud bo’ladi va mablag’lar o’z vaqtida o’zlashtirilishiga hamda yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishiga zamin yaratadi. Farmonga ko’ra,Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markazlashtirilmagan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro’yxatini shakllantirish,shuningdek Dasturning amalga oshirilishini umumiy monitoring va nazorat qilish bo’yicha vakolatli organ deb belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |