Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika
Universiteti 101 kechgki tarix guri talabasi Tojiboyeva Xumoraning tayorlagan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu:O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida kuchli ijtimoiy himoya yurguzishning obektiv zarurat ekanligi:
Reja
1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish nazariyasi
2. O'zbckistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari va xususiyatlari
3. Bozor munosabatlariga o'tish jarayonida strategik vazifalarining amalga
oshirilishi
Bozor va uning tuzilishi, bozor iqtisodiyotining mazmuni, belgilari,
uning afzallik va kamchilik tomonlarini o'rgangandan keyin endi bozor
iqtisodiyotiga o'tish kerakmi yo'qmi, degan savol turadi. Hozirgi vaqtda
ko'pchilik mamlakatlar boshqa iqtisodiy tizimlarga qaraganda bozor iqtisodi-yoti tizimi afzal deb, unga o'tmoqdalar. Bozor iqtisodiyotiga o'tish uchun
maxsus o'tish davri zarur bo'lib, bu davrning mazmuni va asosiy belgilarini
ko'rib chiqish maqsadga mu-vofiq hisoblanadi.
O'tish davri nazariyasi, xususan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari
bayon qilinadi. Shuningdek, O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning
tamoyillari va xususiyatlari, respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish-ning mazmuni, maqsadi va asosiy yo'nalishlari ko'rsatib beriladi.
Bu kurs ishi bozor munosabatlariga o'tish, iqtisodiyotni erkinlashtirish
va islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida makroiqtisodiy barqarorlikka
erishish, strategik vazifalarni amalga oshirish yo'llarini tahlil qilish bilan
yakunlanadi.
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish nazariyasi
Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy
munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga
tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini
o'zgartirishdan iboratdir.
Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor
iqtisodiyotiga o'tish davri deganda ma'muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf
etish yoki tubdan o'zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish
jarayonlari amalga oshirilu-vchi tarixiy davr tushuniladi.
1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro'y bergan muhim o'zgarishlar
iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi nazari -yalarni qaytadan ko'rib
chiqish va ularga jiddiy o'zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo'ydi. Chunki bu
vaqtga kelib G'arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan
boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya'ni iqtisodi-yotning o'zini-o'zi tartibga solish g'oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan
tarzda tartibga solish va boshqarish g'oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday
sharoitda iqtisodiy taraqqiyot-ning sifat jihatdan yangi yo'llarini qidirib topish
zarur bo'lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko'pgina rivojlangan mamlakatlarning ta -jribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo'li - ongli
ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyot i deb tan
olindi va aksariyat davlatlar shu yo'lni tanladilar. Lekin bunday bozor
iqtisodiyotiga o'tish yo'llari (modellari) xilma -xil bo'lib, ularning umumiy va
xususiy to-monlari farqlanadi.
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha yo'llari
umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga bo'linadi:
1) rivojlangan mamlakatlar yo'li;
2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo'li;
3) sobiq sosialistik mamlakatlar yo'li;
4) sosializm g'oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vu-judga keltirish
mexanizmi bilan qo'shib olib borish yo'li (Xi-toy, Vetnam).
Bu yo'llar turli tuman va har xil bo'lishiga qaramay ularda umumiylik
mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, ularning hammasi bozor
iqtisodiyotiga o'tishni maqsad qilib qo'yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko'p jihatdan umumiy bo'ladi. Shu bilan
birga har bir yo'lning o'ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor
munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy
sharoitlari har xil bo'lishidan kelib chiqadi.
Masalan, bozor munosabatlariga o'tishning rivojlangan mamlakatlar
yo'lida oddiy tovar xo'jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin
bozor iqtisodiyofiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o'tiladi.
Mustamlakachilikdan ozod bo'lib, mustaqil rivojlanayotgan
mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lining xususiyati -bu qoloq,
an'anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o'tishdir. Nihoyat, sobiq
sosialistik mamlakatlar yo'lining mu-him belgisi markazlashtirilgan, ma'muriy
— buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan
bozor tizimiga o'tishdan iboratdir. Bu yo'lning boshqa yo'llardan farqi
shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo'q,
ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo'lda bozor
munosabatlariga o'tayotgan mamlakatlarning o'zi o'tish sharoitlari, iqtisodiy
rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo'jalik yuritish shakllari bilan bir -birlaridan farqlanadi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishning
mazkur yo'lining o'ziga xos xususiyatlaridir.
Jahon tajribasi ko'rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyusion yo'l
bilan, ya'ni jadal usulda yoki evolyusion yo'l bilan bosqichma -bosqich o'tish
mumkin. Birinchi holda, tub is-lohotlarni o'tkazish, awalgi tizimni va tarkib
topgan iqtisodiy tnunosabatlarni birdaniga va batamom sindirish talab etiladi.
Bu «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb ataladi. Eski
iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga
aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga keltirish
mumkin. Tslohotlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, evolyusion yo'l kamroq
ijtimoiy larzalarga olib ke-ladi, ancha izchil va muqarrardir.
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llarigina emas, balki
uning andozalari ham xilma-xildir. Eng awalo, ular shunday bozor
iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlarning
milliy xususiyatlari va an'analari bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor
iqtisodiyotining ma'lum andozalari ularni amalga oshiruvchi muayyan
mamlakatga mansubli-giga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy""
Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va hokazo.'
Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor
iqtisodiyotiga o'tishning zarurligi iqtisodiy o'sish ekstensiv omillaridan
foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notdvar iqtisodiyotning
amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kam-chilikka ega.
Birinchisi -- bu uning moslashuvchan emasligi. ro'y berayotgan o'zgarishlarga
juda sekinlik bilan moslashib borishi. Markazdan turib boshqarishning
moddiy va moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash bo'yicha qarori
ko'rinishidagi moslashtiruvchi mexanizmi vujudga kelgan nomutanosiblik
o'zining qaltis nuqtasiga yetgan vaqtdagina ishga tushadi. Ik-kinchi kamchilik
bu xo'jalik yuritish tashabbuskorligini «yo'qotib yuborish» oqibatida
samaradorlikning nihoyat dara-jada pasayib ketganligidir.
Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o'tish turli
mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni
erkinlashtirish, chuqur institusional (eng awalo, mulkchilik munosabatlarida)
o'zgarishlarni o'z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o'zida moliyaviy barqaror-lashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimini o'zgartirish mazkur tizim asosining
o'zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga
almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi o'zgarishlarni tizimiy
islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo'ladi.
O'tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy
yo'nalishlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo'jalik
hayotining barcha sohalaridagi to'siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat
nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo'naltirilgan
chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib,
quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- xo'jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoli -yasini bekor
qilish;
- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tu-gatish;
- narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosida
shakllantirilishiga o'tish;
- ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat
nazoratini pasaytirish.
Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini
yaratish.
Bu yo'nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi:
- barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va
sharoitlar yaratilishi;
- bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi;
- kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma'muriy
to'siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orq ali qo'llab-quwatlash va
tarmoqqa kirishidagi to'siqlarni pasaytirish;
- tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyo -satini tartibga
solish va boshqalar.
3. Institusional o'zgarishlar. Mazkur o'zgarishlar quyidagi sohalarni
qamrab oladi:
- mulkchilik munosabatlarini o'zgartirish, jumladan, xususiy
sektorni yaratish;
- bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari,
investisiya fondlari va h.k.) shakllantirish;
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishnin g yangi tizimini
yaratish;
- bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo'jalik qonunchiligini qabul qilish
va boshqalar.
4. Tarkibiy o'zgarishlar. Tarkibiy o'zgarishlar birinchi navbatda
xalq xo'jaligi va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan
nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo'naltirilgan.
Tqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad - ichki va
tashqi bozorlarda to'lovga qodir talabga ega bo'lgan mahsulotlarni
ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.
5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish.
Aslini olganda, bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kir-maydi, chunki
u bozor iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez
o'tkazilib turadi. Bu yo'nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki,
ma'muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi, eng awalo va kuchli rav-ishda
moliyaviy sohada, ayniqsa, yuqori inflyasiya shaklida namoyon bo'ladi.
Inflyasiyaning uzoq vaqt mavjud bo'lishi bozor munosabatla rining normal
qaror topishiga to'sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o'tish davri
iqtisodiyoti uchun o'ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish
chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti
taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta'minlash va boshqalar kiradi.
6. Bozor xo'jaligiga mos bo'lgan aholini ijtimoiy himoya-lash
tizimini shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj
qatlamini aniq ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan.
Bozor tizimining ko'rsatib o'tilgan asosiy unsurlarini shakllanishining
yakuniga yetishi o'tish davri tugaganligidan darak beradi.
2.O'zbckistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari va
xususiyatlari
Markazlashgan ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtiso-diyotdan
bozor iqtisodiyotiga o'tishda maqsad bir xil bo'lsa-da, turli mamlakatlar turli
yo'llarni tanlashlari mumkin. Hammaga ma'lumki, bir tizimdan ikkinchi
tizimga o'tishda ikki yo'l, ya'ni revolyusion va evolyusion yo'llar mavjud.
Polsha, Chexoslova-kiya, Rossiya va boshqa ay rim mamlakatlar bozor
iqtisodiyotiga o'tishning revolyusion yo'lini, birdaniga katta to'ntarishlar qilish
yo'lini tanladilar. Boshqacha aytganda ular «karaxt qilib davolash» degan
usulni qo'lladilar. Bu yq'Ini amalga oshirish uchun Rossiyada «300 kun»,
«500 kun» degan o'tish dasturlari ishlab chiqildi. Bu dasturlarni tezkorlik
bilan amalga oshira boshladilar. Bunda ular bir tizimdan ikkinchi tizimga
o'tishda ancha uzoq muddatli o'tish davri bo'lishfni unutdilar. Natijada bu
mamlakatlarda ishlab chiqarish hajmi keskin tushib ketdi, ko'plab korxonalar
yopilib, ishsizlar soni ko'paydi, pulning qadri keskin pasayib ketdi, iqtisodiyot
esa hamon karaxtlikdan chiqqani yo'q, odamlarning ahvoli og'irlashdi.
Shuning uchun O'zbekiston bu yo'ldan bormay boshqa yo'l tanladi. Bu
yo'1 O'zbekistonning o'ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy
xususiyatlarini hamda bu yo'ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda
revolyusion to'ntarishlarsiz, ijtimoiy to'qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani
kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat'iyatlilik bilan bosqichma-bosqich
rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o'tishdan iboratdir.
«Bizning bozor munosabatlariga o'tish modelimiz Respub-likaning
o'ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an'analar. urf-odatlar va turmush
tarzini har tomonlama hisobga olishga, o'tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama,
beso'naqay rivojlantirish-ning mudhish merosiga barham berishga
asoslanadi», deb yo-zadi mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov.
O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tish yo'li ijtimoiy yo'naltirilgan
bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo'lni amalga oshirishga,
iqtisodiyotni tubdan isloh qil-ishga Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ishlab
chiqilgan beshta muhim tamoyil asos qilib olingan:
Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini
ta'minlash.
Ikkinchidan, o'tish davrida davlatning o'zi bosh islohotchi bo'lishi.
Uchinchidan, butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga
asoslanmog'i, qonunlarning ustunligi ta'minlanmog'i lozim.
To'rtinchidan, bozor munosabatlariga o'tish bilan bir qa-torda aholini
ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Nihoyat, beshinchidan, bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich
qaror toptirish. Bozor munosabatlariga o'tishda bu tamoyillarning hammasi
ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularrilng ichida bozor iqtisodiyotiga
bosqichma-bosqich o'tish tamoyili alohida e'tiborga loyiq. Chunki tegishli
huquqiy ne-gizni, bozorning infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor
ko'nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni
tayyorlash uchun vaqt kerak bo'ladi.
Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o'tish faqatgina iqtisodiyot
sohalarini o'zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari
bilan uzviy bog'liq bo'lgan barcha sohalarini, shu jumladan, siyosiy, ma'naviy-axloqiy, maishiy va boshqa sohalarni ham tubdan o'zgartirishni taqozo qiladi.
Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyusion yo'l
bilan o'tish haqidagi g'oya juda muhim va afzal ekanligini ko'rsatadi.
Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tish tamoyilini amalga
oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu
bosqichlarning har biri uchun aniq maqsadlarni, ularga erishish vositalarini
belgilab olishni talab qiladi.
Prezidentimiz LA. Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga
o'tishning birinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish
maqsad qilib qo'yilganligi ta'kidlanadi:
- totalitar tizimning og'ir-oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish,
iqtisodiyotni barqarorlashtirish;
- Respublikaning o'ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan
holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.
Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning
muhim yo'nalishlari aniqlab olindi va bajarildi.
Birinchidan, o'tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish,
islohotlarning qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash.
Ikkinchidan, mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo'jaligida va xalq xo'jaligining boshqa
sohalarida mulk-chilikning yangi shakllarini vujudga keltirish.
Uchinchidan, ishlab chiqarishning pasayib borishiga bar-ham berish,
moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta'minlash.
Respublika iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o'tkazish bo'yicha
birinchi bosqichda qo'yilgan vazifalarni amalga oshirish jarayonida
iqtisodiyot sohasiga tegishli bo'lgan, iqtiso -diy munosabatlarni
shakllantirishning huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun
- hujjatlar qabul qilindi.
Birinchi bosqichda kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat
mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish
uchun zarur bo'lgan muassasalar tizimi tuzildi.
Qishloq xo'jaligida agrar islohot jarayonida bozor iqtisodiyoti
talablariga mos keladigan yangi xo'jalik tizimi shakllandi va iqtiso -diyotning
davlatga qarashli bo'lmagan qismi keng rivojlandi.
Xalq xo'jaligini, tarmoqlar va hududlarni boshqarishning eng maqbul
va mavjud sharoitlarga mos bo'lgan tizimlari ishlab chiqildi. Narxlar to'liq
erkinlashtirildi, bozor infratuzilmasining asosiy qirra-lari shakllantirildi,
aholini ijtimoiy himoyalash tizimi amalga oshirila boshladi, iqtisodiy va
moliyaviy barqarorlikka erishildi.
Respublikada bozor munosabatlariga o'tishning birinchi bosqichida
iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o'zgarishlar uning o'z
taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o'ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu bilan birga isloh qilishning birinchi
bosqichi nati-jalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun
yo'nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.
Ikkinchi bosqichda investisiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy
o'zgarishlarni amalga oshirish va shuning ne-gizida iqtisodiy o'sishni
ta'minlab, bozor munosabatlarini to'liq joriy qilish maqsad qilib qo'yiladi. Shu
maqsaddan kelib chiqib I.A.Karimov asarida bu bosqich uchun bir qator
vazifa -lar ajratib ko'rsatiladi:
Birinchi vazifa - davlat mulklarini xususiylashtirish soha-sida
boshlangan ishni oxiriga yetkazish. Bunda davlat mulkini xususiylashtirish,
tadbirkorlik faoliyatini keng qo'llab-quwatlash, kichik xususiy korxonalar
tashkil qilishni rag'batlantirish hisobiga ishlab chiqarishda davlatga qarashli
bo'lmagan qismning ulushini oshirish ko'zda tutiladi.
Ikkinchi vazifa - ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va
makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash. Bu ham korxonalar va
tarmoqlarning, umuman davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga
erishish imkonini beradi.
Uchinchi vazifa - milliy valyuta-so'mni yana ham mustahkam-lashdan
iborat.Bu esa so'mning konvertasiyasi, qat'iy valyutalarga erkin sur'atda
almashtirish layoqati demakdir, unga pulning qadr-sizlanishiga qarshi
ta'sirchan choralarni qo'llash, iste'mol mollari ishlab chiqarishni ko'paytirish
hamda ichki bozorni shunday mollar bilan to'ldirish, korxonalarning chetga
mol chiqarishini kengaytirish hisobiga valyuta zahiralarini mustahkamlash
yo'li bilan erishiladi.
To'rtinchi vazifa - iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan
o'zgartirish, xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga
o'tish. Bunda tarkibiy o'zgarishlarda Respublika uchun eng asosiy hisablangan
tarmoqlarni, jumladan, yoqilg'i, energetika va g'alla komplekslarini
rivojlantirish nazarda tutiladi.
O'tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta'minlangan
qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam
ko'rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo'l davom ettiriladi.
Shunday qilib, O'zbekistonda iqtisodiyotni bozor munosabatlariga
o'tkazishda ikki bosqichli taraqqiyot yuzaga keladi. Birinchi bosqichda davlat
sektori va bozor xo'jaligidan iborat yarim erkinlashgan iqtisodiy tizim yuzaga
keladi. Ikkinchi bosqichda iqtisodiyot to'liq erkinlashtiriladi, xususiylashtirish
tugallanadi, narxlar erkin qo'yib yuboriladi, davlat korxonalarining monopol
mavqei tugatiladi.
Lekin bundan Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish
maqsadiga to'liq erishildi va bu sohada qo'yilgan vazi-falar to'liq bajarildi
degan xulosa kelib chiqmaydi. Chunki bo-zor iqtisodiyotiga asoslangan erkin
demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini
shakllanti-rish bar bir davrda kun tartibiga yangi vazifalarni qo'yadi.
Prezidentimiz I.Karimov ta'kidlab o'tganlaridek, hozirgi bosqichda
«erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham
ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilish-ning asosiy shartidir
Bu esaiqtisodiyot sohasida quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirishni ko'zda tutadi:
- iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida
erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o'tkazish va iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish;
- xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida
amalda mulkdorlar sinfmi shakllantirish;
- mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, awalo, bevosita
yo'naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit,
kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy ta-raqqiyotda
ustuvor o'rin olishiga erishish;
- mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va
mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko'lamda
integrasiyalashuvini ta'minlash;
- iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada
mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o'zgarishlarni iz-chil davom ettirish.
Bozor iqtisodiyotiga o'tishning besh tamoyili.
Konsepsiya muallifi Islom Karimov qayd etgan ediki, «O'zbekistonda
bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'lini varatish uchun zamin vo'q
emas. Sharqda odamlar azaldan savdo-sotiq bilan shug'ullanganlar. Shu
boisdan. bu verda bozor sharoitida rivoilanishning o'z tarixiv tairibasi
mavjud'». Muallif xalqimizning o'z milliy tarixiy tajribasiga asoslanib,
o'zining besh tamoyilini yaratdi. Su tamoyillar iqtisodiyot ta'limotlar tarixiga
haqiqatdan ham yangilik bo'lib kirdi.
Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi tamoyili.
Sobiq sotsialistik jamiyatda butun ijtimoiy hayot, xo'jalik faoliyati ham
«Siyosat iqtisodiyotidan ustun bo'ladi, ustun bo'lmasligi ham mumkin emas»
degan qoidaga asoslangan edi. Mamlakat iqtisodiyotining tuzilishi, milliy
daromadning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi, iqtisodiy siyosat ana shu
shiorning talablariga bo'ysundirilgan edi. Bu siyosat qanday oqibatlarga olib
kelganligi hammaga ayon. Ana shu holatni chuqur tahlil etib, undan kerakli
xulosa chiqargan Predizentimiz iqtisodiyot va siyosat alohida-alohida ijtimoiy
munosabatlar ekani, ularning har bin o'z qonunlari bilan rivojlanishi, bular
o'rtasidagi nisbatda iqtisodiyotning ustuvorlik qilishi kerakligi haqidagi
xulosaga keldi.
Bu qoida iqtisodiyot hayotning asosi ekanligi to'g'risidagi
umumbashariy qonuniyatga asoslanadi. Zero, kuchli zamonaviy tarkibiy
tuzilishga, moddiy, ilmiy va ijtimoiy asosga suyangan iqtisodiyot bo'lmasa,
mamlakat xalqining farovonligi ham, milliy xavfsizligi va tinchligi, xalqaro
nufuzi ham bo'lishi mumkin emas. Shuning uchun ham mustaqil milliy
iqtisodiyotni barpo etish, uning tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish uchun
harakat boshlandi. Albatta, amalda iqtisodiyotning ustuvorligini ta'minlash
oson kechmaydi, bu juda chuqur o'ylangan iqtisodiy siyosat o'tkazishni taqozo
etadi. I. Karimov bu siyosatni izohlab quyidagilarni yozgan edi: «Biz esa
yengil vo'lni qidirmadik. Isloh qilishning dastlabki bosqichlarida iste'mol
bozorini bir qadar cheklashga majbur bo'ldik. Ayni chog'da. mablag' va
zaxiralarni iqtisodivotdagi tarkibiv o'zgarishlarga sarflab. xorijga mahsulot
tayyorlavdigan. ilg'or texnologiva bazasi bilan iihozlangan zamonaviy
korxonalar barpo etib. ichki bozorni o'z mollarimiz bilan to'ldirish vo'lidan
bordik. Shu maqsadlardan kelib chiqib, o'z mablag'larimiz va olgan
qarzlarimizning asosiv qismi investitsiyalarga. respublikaea vangi texnologiva
va texnika keltirishga sarflanmoqda. Iste'molni emas. balki investitsivalarni
ko'pavtirdik. Bugunsa kelib bu sivosat o'z samarasini bermoqda...
I
».
Xalqimiz va butun dunyo ko'z oldida milliy iqtisodiyotimizning
moddiy tayanchi bo'lgan ulkan korxonalar qurildi va qurilmoqda, hatto ilgari
bo'lmagan iqtisodiyot sohalari qad ko'tarmoqda. Bu O'zbekiston dunyoga
tanilishi, hamkorlik va jahon iqtisodiga qo'shilishi uchun zamin yaratish
demakdir, bu iqtisodiyot haqiqatan ham siyosatga nisbatan ustuvor munosabat
ekanini amalda isbotlanishi demakdir. Davlat bosh islohotchi bo'lishligj
tamovili. Bu tamoyil, awalo, umumbashariy qadriyatlardan kelib chiqadi.
Zero, I. Karimov «O'zbekiston bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos
yo'li» nomli risolasida yozganidek, jahon tajribasi iqtisodiyotni davlat yo'li
bilan tartibga solib turish zarurh'gini ko'rsatdi; buning ustiga torn ma'noda
o'zini o'zi tartibga solib turadigan bozor yo'q, hamma davrlarda davlat o'z
mavqeyiga ko'ra iqtisodiyotga ta'sir etib kelgan. Ammo bozor iqtisodiyotiga
o'tish barcha mamlakatlarda bir xil kechmaganidek, davlatning yetakchilik
roli ham har xil kechadi. O'zbekiston ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor
iqtisodiyotini quradi, bunda davlat tartibga solib turuvchi rol o'ynashi
muqarrardir.
Xo'sh, davlatning bosh islohotchi va iqtisodiyotni tartiblashtirib
turuvchi bo'lishini nimalar taqozo etadi?
Bu savolga Prezidentimizning bir qator asarlari va chiqishlarida aniq
javoblar mavjud. Birinchidan, eski tuzum parchalangan, yangi jamiyat hali
to'la qurilmagan bir sharoitda «iqtisodiyotni boshqarishni qo'ldan chiqarib
yuborish, uning taraqqiyotini o'z holiga tashlab qo'yish mumkin emas»;
ikkinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish boshlangan davrda respublikamiz
aholisining turmush darajasi nisbatan past, u o'zini o'zi himoya qila olmaydi.
Bunday sharoitida davlat kerak, u o'tish davrida aholi manfaatlarini himoya
qilish uchun milliy daromadni qayta taqsimlash vositasida unga tayanch
bo'ladi; uchinchidan, bozor iqtisodiyotini qurish g'oyat qiyin vazifa, ayniqsa,
iqtisodiyoti nochor va tarkibiy tuzilmasi biryoqlama bo'lgan mamlakatda.
Bozor munosabatlarining qaror topishi davrida «davlat islohotlar
jarayonida faol ishtirok etishi, uning tashabbuskori bo'lishi, islohotni izchillik
va qat'iylik bilan amalga oshirish shart». Davlatning bu boradagi yetakchiligi
shundaki, u yangi iqtisodiyotga tezroq va katta qiyinchiliklarsiz o'tishga
yordam beradi, islohotlarning asosiy yo'nalishlarini ishlab chiqadi,
islohotlarni amalga oshirish dasturini tuzadi va ularni amalga oshirishning
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy vositalarini belgilaydi. Islohotlar konsepsiyasi
muallifi Islom Karimov bu masalada shunday qat'iy fikrni aytadi: «. . davlat
islohot jarayonining barcha bosqichlarida yetakchi o'rinda turishi, bu
jarayonning markazida bo'lishi shart». Darvoqe, bugun bu tamoyilning
naqadar to'g'ri ekani MDH davlatlaridagina emas, butun dunyo miqyosida
e'tirof etilmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili. Bozor
iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili taraqqiyotning evolyutsion
yo'li, zarurat bo'lib u bir qancha sabablar bilan bog'liq ekanligini konsepsiya
muallifi I. Karimov bir qancha dalillar bilan asoslab beradi. Birinchidan.
O'zbekistonning eng yaqin tarixi sobiq sotsialistik tuzumi, uning istiqboldagi
tuzumi bilan-«bir-biri bilan mutlaqo kelisha olmaydigan ikki xo'jalik
tizimidir». Bunda eski iqtisodiyotni takomillashtirish emas, balki t amomila
yangi xo'jalik yuritish tizimini barpo etish talab etiladi. «Bu bir sifat holatidan
ikkinchisiga o'tishdir». Shuning uchun o'tish vazifalarini birdaniga amalga
oshirib bo'lmaydi, u bir qancha bosqichlarni o'z ichiga oluvchi nisbatan uzoq
davr doirasida amalga oshadi; ikkinchidan. yangi iqtisodiy tizimni farmonlar
va qonunlar chiqarish bilan qurib bo'lmaydi, bunday iqtisodiyot tegishli
infrastruk-turani va huquqiy bazani yaratishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |