MILLIY
XAVFSIZLIK
VA
MAMLAKAT
MUDOFAA
QOBILIYaTINING
MUSTAHKAMLANIShI
3.
1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari
bo‘lib o‘tgan oltinchi sessiyasida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat
mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonun va «O‘zbekiston Respublikasining Davlat
mustaqilligi to‘g‘risida Bayonoti»da ilgari surilgan tadbirlar mamlakat milliy xavfsizligini
ta’minlash va davlatimiz mudofaasini tashkil etishning ilk qadamlardan biridir.
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunning
6-moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish,
milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil etish huquqiga ega» (2-ilova).
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan:
XXVI bob. MUDOFAA VA XAVFSIZLIK
125-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining
davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya
qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan
belgilanadi.
126-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli
darajada Qurolli Kuchlarga ega.»
O‘zbekiston hukumati mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakat milliy
xavfsizligini ta’minlash va davlat mudofaa tizimini tashkil etishga alohida e’tibor berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-sentabrdagi Farmoni bilan
Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi.
1991-yil 26-sentabrda O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston SSR
Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasi (DXQ) tugatilib, uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentiga bo‘ysunadigan O‘zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik Xizmati (O‘zRMXX)
tashkil etildi.
1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tuzildi.
1992-yil 3-iyulda Prezident I.Karimov Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi
Mudofaa ishlari vazirligi — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy Xavfsizlik Xizmati oldiga
mamlakat milliy xavfsizligi va davlat mudofaasini tashkil etishni ta’minlashdek g‘oyat
murakkab va ayni paytda olijanob vazifa qo‘yildi. Vaziyat milliy xavfsizlikning keng qamrovli
konsepsiyasini ishlab chiqishni, uning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi qonunlar
yaratishni taqozo etardi.
Milliy xavfsizlik masalasining davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo‘ljallangan
strategiyasi mamlakat Oliy Majlisining 1995-yil 24-fevralda bo‘lib o‘tgan birinchi chaqiriq
birinchi sessiyasida Prezident I.Karimov tomonidan aniq va batafsil yoritib berildi.
1995-yil 1-mayda Prezident I.Karimov Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasining
Milliy xavfsizlik Kengashi tuzildi.
Milliy xavfsizlik Kengashi mamlakatimizda milliy xavfsizlikni ta’minlash masalalarini
o‘rganish, muhokama qilish va zarur chora-tadbirlar ko‘rish bilan shug‘ullanuvchi maslahat
organi hisoblanadi.
1996-yil 24-aprelda Oliy Majlisning beshinchi sessiyasida to‘rt bo‘lim, yigirma sakkiz
moddadan iborat bo‘lgan «Milliy xavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi muhokama qilindi.
Mazkur loyiha Milliy xavfsizlik tizimini shakllantirish, milliy xavfsizlikni ta’minlash
borasidagi vazifalar va ularni amalga oshirish prinsiplarini huquqiy normalarda belgilab
beradigan, butunlay yangicha hujjat sifatida ko‘rib chiqildi. 1997-yil avgust oyida Oliy
Majlisning birinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasining Milliy
xavfsizlik konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining vujudga kelishida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi Qarori katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi
chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi Qarori bilan respublika hududida joylashgan sobiq Ittifoq
Qurolli Kuchlarining barcha qismlari, qo‘shilmalari, harbiy o‘quv yurtlari, muassasa va
tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga olindi va ular moddiy-texnika, mablag‘
bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.
Shu tarzda Mustaqil mamlakat Qurolli Kuchlarini barpo etishning dastlabki tashkiliy
davri amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda bo‘lib o‘tgan o‘ninchi
sessiyasi «Mudofaa to‘g‘risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat
to‘g‘risida»gi va «Muqobil xizmat to‘g‘risida»gi muhim qonunlar, shuningdek, harbiy
qasamyodning yangi matni va qasamyod qildirish tartibi qabul qilindi.
Davlatimizning harbiy sohadagi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari 1996-yil 26-
dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati faoliyatining asosiy
tamoyillari» haqidagi Qonunda mujassamlangan. Qonunda «O‘zbekiston hech qanday harbiy-
siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi va harbiy-siyosiy blokka transformatsiya qilingan vaqtda
har qanday xalqaro tashkilotlardan chiqish huquqini o‘z ixtiyorida qoldiradi» deb qonuniy
rasmiylashtirilgan. Bu Qonun O‘zbekistonning tinchliksevarlik siyosatini, uning dunyo
hamjamiyatida integratsiyaga intilishlarini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari — harbiy tuzilmalar, harbiy o‘quv
yurtlari va boshqa harbiy qismlardan iborat. U O‘zbekiston Respublikasining davlat
mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, aholisining tinch hayot kechirishini va xavfsizligini
ta’minlashga qaratilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlatni himoya qilishda butun mudofaa
tizimining asosini tashkil etadi va tarkibiga quyidagilar kiradi:
Quriqlikdagi qo‘shinlar.
Harbiy-havo va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari.
Maxsus qo‘shinlar.
Milliy gvardiya brigadasi.
Chegara va ichki qo‘shinlar.
Milliy xavfsizlik xizmati.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqalar.
1999-yilgacha Chegara qo‘shinlari Milliy Xavfsizlik xizmati tarkibida bo‘lgan. 1999-
yil 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan O‘zbekiston
Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita tashkil etildi.
Qurolli Kuchlarni joylashtirish (dislokatsiya) O‘zbekiston Respublikasi hududlari,
chegaralari va havo bo‘shliqlarining mustahkam mudofaasini umumiy strategik maqsad
asosida ta’minlashdan kelib chiqib belgilanadi va harbiy doktrina talablariga muvofiq strategik
va operativ rejalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qurolli Kuchlarga Oliy boshqaruvni Prezident amalga oshiradi. O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 20-bandiga muvofiq Prezident mamlakat
Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy
qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi.
«Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Prezident mamlakat mudofaa qobiliyatini
ta’minlash, qurolli tajovuz bo‘lgan hollarda davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va
mustaqilligini himoya qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar qabul qiladi, Mudofaa vazirini
tayinlaydi. Qurolli Kuchlarga jangovar harakatlarni olib borish to‘g‘risida qaror qabul qiladi
va buyruq beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasida
(2002-yil 12-dekabr) «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida» hamda
«O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida»gi qonunlar qabul
qilindi. Mazkur qonunlarga ko‘ra, Qurolli Kuchlar safidagi muddatli xizmat bir yarim yildan
bir yilga qisqartirildi. Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari esa xizmatga faqat to‘qqiz oyga
chaqiriladigan bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |