Oldingi tahrirga qarang.
9. Xo‘jalik yurituvchi subyekt maishiy xizmatning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan, barcha turlarini ko‘rsatishga haqlidir.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
III. Buyurtmani bajarish va uni berish
1. Maishiy xizmat ko‘rsatishga berilgan buyurtmalar korxonada amalda bo‘lgan normativ-texnik hujjatlar (texnologiya, sarf-xarajat normalari, lekal va boshqalar) asosida bajarilishi kerak.
2. Xo‘jalik yurituvchi subyekt:
Oldingi tahrirga qarang.
texnik reglamentlar yoki standartlar, shartnomaga va buyurtmachining istaklariga qat’iy amal qilgan holda yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
buyurtmalarni bajarish muddatlariga rioya qilishni;
o‘zi tayyorlab bergan va tuzatgan buyurtmalarga beriladigan kafolat majburiyatlarini bajarishni;
yuksak xizmat ko‘rsatish madaniyatini;
buyurtmachidan qabul qilingan materiallar (xomashyo, buyumlar)ning saqlanishini;
korxonada amalda bo‘lgan narx intizomiga rioya qilinishini ta’minlashi kerak.
3. Buyurtmalarni bajarish muddatlari xizmatlarning aniq turlari uchun “Buyurtma qabul qilish, rasmiylashtirish va berish qoidalari” respublika standartlariga muvofiq belgilanadi, mazkur qoidalar ushbu bo‘limining 4-bandida nazarda tutilgan hollar bundan istisno.
Buyurtmani bajarish muddati buyurtma qabul qilingandan keyingi kundan boshlab hisoblanadi. Buyurtmachi xohishiga ko‘ra buyurtma shoshilinch ravishda bajarilishi mumkin. Bunday holda buyurtmani bajarish muddati belgilangan shakldagi hujjatda ko‘rsatilgan buyurtma qabul qilingan vaqt (kun, soat)dan boshlab hisoblanadi. Agar buyurtmani bajarish muddatining oxirgi kuni ish kuniga to‘g‘ri kelmasa, muddatning tugash kuni sifatida undan keyin keluvchi ish kuni qabul qilinadi.
4. O‘ziga xos, nodir buyumlarni hamda konstruksiyasi va sxemasi o‘zgartirilgan apparatlarni bir marta tayyorlash va chet elda ishlab chiqarilgan buyumlarni tuzatish korxona tomonidan buyurtmachi bilan kelishib belgilangan muddatlarda bajariladi.
5. Xizmatlarning ma’lum turlari buyurtmachi uyida ko‘rsatilishi mumkin, bunda korxona xodimning buyurtmachi bilan kelishilgan vaqtda kelishini ta’minlaydi, buyurtmachi esa xizmatni bajarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart. Ustani uyga chaqirganlik uchun qo‘shimcha haq undiriladi.
6. Material (xomashyo, buyum)ni korxonaga olib kelish va qaytarib olib ketish buyurtmachining istagiga ko‘ra qo‘shimcha haq hisobiga korxona transportida yoki buyurtmachining o‘zi tomonidan amalga oshiriladi.
7. Buyurtmachi buyurtmani bajarish jarayonida, agar ularni bajarish texnik jihatdan mumkin bo‘lsa, unga qisman o‘zgartirishlar kiritishi mumkin. Kiritiladigan barcha o‘zgartirishlar korxona bilan kelishib olingan bo‘lishi va belgilangan shakldagi hujjatga kiritilishi kerak.
8. Buyurtmachi quyidagi hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega buladi:
agar xo‘jalik yurituvchi subyekt shartnomani bajarishga o‘z vaqtida kirishmasa yoki buyurtmani bajarish muddati asossiz buzilayotgan bo‘lsa;
agar bajarilgan ishdagi aniqlangan kamchiliklar buyurtmachi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilmagan bo‘lsa;
agar bajarilayotgan ishda jiddiy kamchiliklarga, shartnomadan chetga chiqishlarga yo‘l qo‘yilgan yoki buyurtma tuzatish mumkin bo‘lmagan nuqsonlar bilan bajarilgan bo‘lsa. Bunda, agar buyum buyurtmachi materialidan tayyorlangan bo‘lsa, buyurtmachi shu turdagi shunday sifatdagi materiallardan boshqa buyum tayyorlab berilishini talab qilishga haqli.
Shartnoma bekor qilingan taqdirda buyurtmachi zararning shartnoma bekor qilingan vaqtda amalda bo‘lgan narxlarda qoplanishini talab qilishga haqli.
9. Buyurtmachi shartnomani ish tugallanishidan oldin istalgan vaqtda, xo‘jalik yurituvchi subyektga ishning bajarilgan qismi qiymatini to‘lab va zararlarni shartnomani bekor qilish vaqtida amalda bo‘lgan narxlarda qoplab, bekor qilishi mumkin.
10. Agar xo‘jalik yurituvchi subyekt ishni shartnoma shartlaridan chetga chiqib yomon bajargan yoki ishda boshqa kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, buyurtmachi o‘z istagiga ko‘ra ko‘rsatilgan kamchiliklar mutanosib muddatda tekin tuzatib berilishini yoki buyurtmachi yo‘l qo‘ygan nuqsonlarni o‘z mablag‘lari bilan tuzatishga sarflagan xarajatlarni qoplashni, agar shartnomada buyurtmachining bunday huquqi yoki ish uchun beriladigan pulni tegishlicha kamaytirish nazarda tutilgan bo‘lsa, talab qilishga haqlidir. Bunda xo‘jalik yurituvchi subyekt aybonani mazkur Qoidalar V bo‘limining 5-bandida belgilangan miqdorda to‘laydi.
11. Xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmachi bergan material (xomashyo, buyum)dan noto‘g‘ri foydalanilganligi uchun javob beradi.
Ish yakunlanganda yoki buyurtma bekor qilinganda korxona materialning ortib qolgan qismini yoki korxona buyurtmani bajarishga kirishmagan bo‘lsa, uning hammasini qaytarishga majburdir.
12. Xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmani bajarish uchun buyurtmachiga berilayotgan material sifati uchun javob beradi va material sifatsiz bo‘lib chiqqan holda, uni buyurtmachi talabiga ko‘ra o‘z hisobidan almashtirishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tayyorlangan va tuzatilgan buyumlarni markirovka qilish va o‘rash xizmatlarning har bir turi texnik reglamentlari yoki standartlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
14. Tayyorlangan, tuzatilgan buyumlar, tuzatilgan uy-ro‘zg‘or mashina va priborlari, radioelektron apparatlar buyurtmachi ishtirokida tekshirilishi lozim. Buyurtmachi xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan shartnoma shartlariga muvofiq, bajarilgan ishni ko‘rib chiqishga va qabul qilib olishga majburdir. Xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmachiga kafolat muddati ko‘rsatilgan kafolat talonini, agar
murakkab uy-ro‘zg‘or texnikasini tuzatish xizmati uchun buyurtmachi xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan kelishilgan, ammo 15 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda oldindan haq to‘laydi;
mebelni tayyorlash va tuzatish, uy-joy va turar joy bo‘lmagan binolarni tuzatish va qurish, poyabzal tayyorlash va yakka tartibda kiyim tikish bo‘yicha xizmatlar uchun buyurtmachi buyurtmani rasmiylashtirishda ish qiymatining 50 foizi miqdorida avans to‘lashi kerak;
tantanali tadbirlarda xizmat ko‘rsatish, marosimlarni o‘tkazish, aholini kurslarda o‘qitish (haqi bir oy oldin to‘lanadi) kinofotolaboratoriya va suratkashlik, kimyoviy tozalash, kir yuvish, ovoz yozib olish studiyalari, transport, ma’lumot-axborot, vositachilik va komfort xizmatlari uchun to‘lovlar buyurtmani rasmiylashtirishda to‘liq to‘lanadi.
Buyurtmachi istalgan xizmat turini rasmiylashtirishda o‘z xohishiga ko‘ra uning qiymatini to‘liq to‘lashi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tayyorlangan va tuzatilgan buyumlarning kafolat muddatlari amaldagi texnik reglamentlar yoki standartlar bilan aniqlanadi va tayyor buyurtma egasi tomonidan olingan kundan boshlab hisoblanadi, buyumlar buyurtmachi aybi bilan o‘z vaqtida olinmagan taqdirda — shartnomada ko‘rsatilgan buyurtmani bajarish muddati tamom bo‘lgan kundan boshlab hisoblanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
V. Mulkiy javobgarlik
3. Buyurtmachi maishiy xizmat sifatiga oid e’tirozlar buyurtmani qabul qilish va berish joyida belgilangan kafolat muddatlari mobaynida, kafolat muddati bo‘lmagan buyumlarga e’tirozlarni esa buyurtmani olish vaqtida bildirishga haqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |