Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2002-y., 11-12-son, 97-modda)
4. Xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmachilar uchun mumkin bo‘lgan qulayliklarni yaratishga va o‘z faoliyatini aholi uchun qulay bo‘lgan vaqtda amalga oshirishga majburdir.
5. Xo‘jalik yurituvchi subyekt aholiga abonement bo‘yicha xizmatlarni Aholiga abonement xizmati ko‘rsatish qoidalariga muvofiq belgilangan tartibda ko‘rsatishi mumkin.
6. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ularning buyurtmalarni qabul qiladigan va beradigan bo‘linmalari:
O‘zbekiston Respublikasi aholisiga maishiy xizmat ko‘rsatishning mazkur qoidalarini;
xizmatlarning aniq turlari uchun “Buyurtma qabul qilish, rasmiylashtirish va berish qoidalari” respublika standartlarini;
ko‘rsatiladigan xizmatlar turlarini;
Oldingi tahrirga qarang.
ko‘rsatiladigan xizmatlarning barcha turlariga texnik reglamentlar yoki standartlar;
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
xizmatlarning har bir turi uchun amalda bo‘lgan asoslangan narx va tariflarni;
mulohazalar daftarini;
xizmat ko‘rsatish joyiga kirish va chiqishda ish tartibi, oddiy va shoshilinch buyurtmalarni bajarish uchun belgilangan muddatlar, tuzatilgan va tayyorlangan buyumlarga beriladigan kafolat muddatlari to‘g‘risidagi axborotni (axborot chiroyli qilib bezatilgan va aniq, tushunarli bo‘lishi kerak);
korxona manzili va telefon raqamlarini, rahbarning fuqarolarni qabul qilish kunlari va soatlarini;
navbatsiz xizmat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar toifalari ko‘rsatilgan ro‘yxatni qulay va ko‘zga darrov tashlanadigan joyga joylashtirishga majburdirlar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z ish xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olib, yuqorida qayd etilganlar bilan birga buyurtmachilar e’tiboriga jurnallar, kataloglarni, buyumlarning tasdiqlangan namunalarini yoki ular tasvirlangan albomlarni, maishiy xizmatlarga bo‘lgan talabni hisobga olish jurnalini, materiallar, ehtiyot qismlar, furnitura namunalarini ularning bahosini ko‘rsatgan holda ham havola etishlari mumkin.
II. Buyurtma qabul qilish va uni rasmiylashtirish
1. Xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmani taklif etilayotgan xizmatlar ro‘yxatiga muvofiq qabul qilishi shart.
2. Maishiy xizmatlar va ishlar uchun buyurtma va buyurtmanomalar bevosita korxonaning o‘zida, telefon, avtomat qurilmalar orqali, buyurtmachining ish, o‘qish, dam olish va turar joyida qabul qilinadi.
3. Buyurtmalarni tayyorlash uchun buyurtmalar moda jurnallari, buyurtmachi, rassom-modelyer eskizlari, shuningdek namunalar sifatida belgilangan tartibda tasdiqlangan modellar bo‘yicha amalga oshiriladi. Buyurtmachining xohishiga ko‘ra belgilangan shakldagi hujjatdagi uning imzosi bilan tasdiqlab beriladigan tasdiqlangan namunalar va tayyorlash texnologiyasidan chetga chiqishlarga korxona bilan kelishgan holda yo‘l qo‘yilishi mumkin. Buyurtmachiga modelni yoki buyum tuzilishini tanlashda, shuningdek buyum eskizini tuzishda imkoni boricha malakali maslahat berilishi mumkin.
Buyurtmachi buyurtmani o‘z vaqtida olmaganligi uchun penya undirilishi to‘g‘risida ogohlantiriladi.
4. Maishiy xizmat ko‘rsatishga buyurtmalar belgilangan shakldagi hujjat bilan rasmiylashtiriladi, unda ko‘rsatilgan barcha rekvizitlar tushunarli qilib to‘ldiriladi.
5. Buyurtmalar buyurtmachining va xo‘jalik yurituvchi subyektning materiali (xomashyosi)dan foydalanib bajariladi.
6. Xo‘jalik yurituvchi subyekt material (xomashyo)ni buyurtmachi ko‘z oldida ko‘rib chiqishi va uning yaroqliligi to‘g‘risidagi fikrini aytishi shart.
Agar xo‘jalik yurituvchi subyekt materialning yaroqsizligi yoki sifati pastligi, buyurtmachining ishni bajarish usuli haqidagi iltimosiga rioya qilishning imkoni yo‘qligi, shuningdek, bajarilayotgan ishning pishiqligi va yaroqliligiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan, korxonaga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlar mavjudligi to‘g‘risida buyurtmachini ogohlantirmagan hamda belgilangan shakldagi hujjatda buni ko‘rsatib o‘tmagan bo‘lsa, bajarilayotgan buyurtmaning sifati uchun javob beradi.
7. Buyurtmachi tomonidan ishni bajarish uchun berilgan material (xomashyo)ning narxini buyurtmachi buyurtma qabul qilinayotgan vaqtda xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan kelishib ko‘rsatadi.
8. Xizmatni bajarish uchun zarur bo‘ladigan material miqdori korxonada tasdiqlangan tegishli xizmat turlariga sarflanadigan norma asosida aniqlanadi va buyurtmachi bilan kelishib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |