Arxeologlar tomonidan murdani bo’yab, bukchaytirib ko’mishning 3 davri ajratib o’rganilgan: 1. Qadimgi chuqur, mozor-qo’rg’onlari (eneolit davriga mansub). 2. Katakomba mozor-qo’rg’onlari. 3. Yog’ochband mozor qo’rg’onlari.
Katakomba mozor-qo’rg’onlari go’rlari yon tomoniga o’yib qazilgan alohida lahad shaklidagi qabrlardir. Bu mozor qo’rg’on-lardan bronza, mis-pichoqlar, to’g’nag’ichlar, bigiz, buyumlar topilgan. Katakomba mozor-qo’rg’onlarida tosh qurollar silliqlangan tosh boltalar va chukmorlar, chaqmoqtosh, nayza, o’q va pichoqlar, sopol idishlar ko’plab topilgan, bu sopol buyumlarning aksariyatini tagi tekis va hatto boshqa shakllari ham uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |