O’zbekistonda davlat moliyasi tizimini takomillashtirish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Xususan Davlat byudjeti Parlament tomonidan tasdiqlangan, «Fuqarolar uchun byudjet» nashri chop etilgan, mazkur nashr openbudget.uz aхborot portalida joylashtirilgan. Davlat byudjeti ijrosi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Davlat moliyaviy statistikasi (GFS) standartlariga muvofiq e’lon qilinadi, mahalliy byudjetni shakllanlantirishda kengashlar va hokimliklar roli oshirildiStrategiyada 2020-2024 yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishning oltita asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilangan: oʻrta muddatli byudjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik byudjetni shakllantirishning yangi «natijaga yoʻnaltirilgan byudjet» tizimini joriy etish; makrofiskal prognozlar ishonchliligini ta’minlash boʻyicha institutsional salohiyatni va byudjet jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyatinioshirish;byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning mas’uliyatini kuchaytirish;fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tiziminijoriyetish;byudjet hisobi standartlarni unifikatsiya qilish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash, shuningdek byudjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchiliknazoratinikuchaytirish;byudjet,ma’lumotlarining ochiqligi, toʻliqligi va хalqaro standartlarga mosligini ta’minlash. Shuningdek qaror bilan Strategiyani amalga oshirish boʻyicha harakatlar rejasi tasdiqlangan. Davlatning moliyaviy faoliyatini amalga oshirishda davlatning barcha hokimiyat va boshqaruv organlari ishtirok etadi. Ularning har biri moliya bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum funksiyalarni bajaradi. Ularning moliyaviy faoliyatini xarakteri va mazmuni sezilarli farq qiladi, chunki mazkur organlarning vazifalari va huquqiy mavqei turlichadir. Shularni hisobga olib, davlatning moliyaviy faoliyatini amalga oshiruvchi organlarni bir nechta guruhlarga ajratish mumkin. Birinchi guruhni davlatning vakillik organlari (Oliy Majlis, Xalq deputatlari kengashlari) va o‘zining funksiyalari bilan bir qatorda tegishli hududlar – davlat yoki alohida ma’muriy-hududiy birliklar ko‘lamida moliyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi umumiy vakolatdagi ijroiya hokimiyati organlari (Vazirlar Mahkamasi, hokimiyatlar) tashkil qiladi. Bu organlarning moliya faoliyati sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va ularning huquqiy maqomini belgilovchi me’yoriy hujjatlarda (“O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi, “Joylardagi davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, “Budjet tizimi to‘g‘risida” qonunlar) mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qiladi va uning ijrosini nazorat etadi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qiladi (Konstitutsiyaning 78-moddasi), moliya, pul-kredit, soliq, bank tizimlarining asoslarini va budjet qo‘rilmasini belgilaydi (Konstitutsiyaning 122, 124-moddalari). - Shuningdek qaror bilan Strategiyani amalga oshirish boʻyicha harakatlar rejasi tasdiqlangan. Davlatning moliyaviy faoliyatini amalga oshirishda davlatning barcha hokimiyat va boshqaruv organlari ishtirok etadi. Ularning har biri moliya bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum funksiyalarni bajaradi. Ularning moliyaviy faoliyatini xarakteri va mazmuni sezilarli farq qiladi, chunki mazkur organlarning vazifalari va huquqiy mavqei turlichadir. Shularni hisobga olib, davlatning moliyaviy faoliyatini amalga oshiruvchi organlarni bir nechta guruhlarga ajratish mumkin. Birinchi guruhni davlatning vakillik organlari (Oliy Majlis, Xalq deputatlari kengashlari) va o‘zining funksiyalari bilan bir qatorda tegishli hududlar – davlat yoki alohida ma’muriy-hududiy birliklar ko‘lamida moliyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi umumiy vakolatdagi ijroiya hokimiyati organlari (Vazirlar Mahkamasi, hokimiyatlar) tashkil qiladi. Bu organlarning moliya faoliyati sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va ularning huquqiy maqomini belgilovchi me’yoriy hujjatlarda (“O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi, “Joylardagi davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, “Budjet tizimi to‘g‘risida” qonunlar) mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qiladi va uning ijrosini nazorat etadi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qiladi (Konstitutsiyaning 78-moddasi), moliya, pul-kredit, soliq, bank tizimlarining asoslarini va budjet qo‘rilmasini belgilaydi (Konstitutsiyaning 122, 124-moddalari).
Do'stlaringiz bilan baham: |