Mavzu: O'zbеkiston Rеspublikasining atrof muxitni muxofaza qilish sohasidagi xalqaro hamkorligi. Rеja: Kirish Asosiy qism


Jahon ummoni daryolar, dengiz va suv boyliklarini, atmosfera havosi va kosmik fazoni, tog'li hududlarni xalqaro ekologik-huquqiy muhofaza qilish



Download 15,04 Kb.
bet5/6
Sana10.07.2022
Hajmi15,04 Kb.
#770215
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbеkiston Rеs-WPS Office

Jahon ummoni daryolar, dengiz va suv boyliklarini, atmosfera havosi va kosmik fazoni, tog'li hududlarni xalqaro ekologik-huquqiy muhofaza qilish. Xalqaro ekologiya huquqi muammosi sifatida Orol muammosi alohida ahamiyatga ega.
Binobarin, ekologik vaziyatlar, atrof-muhit muhofazasi chegara bilmaydi. Ayniqsa, bizning mintaqadagi davlatlar barcha ekologik muammolarni birgalikda, hamkorlikda hal etishlari zarur. Chunki, ular bir daryodan suv ichadilar, bir havodan nafas oladilar, bir zaminda yashaydilar. Shuning uchun ham atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha xalqaro hamkorlik respublikamiz tashqi siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biriga aylangan. Xalqaro hamkorlik esa asosan Orol havzasidagi ekologik vaziyatni yaxshilash, o'simlik va hayvonot dunyosi genetik fondini saqlab qolish, yer, suv, atmosfera havosi ifloslanishini oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish doirasida olib borilmoqda.
Shuning uchun ham, O'zbekiston Respublikasining Birinchiprezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasida so'zlagan nutqida "Orol muammosi Markaziy Osiyo hududi doirasidan chiqib ketdi va jahonshumil ahamiyat kasb etmoqda. Uning salbiy oqibatlari bugungi kunda iqlim sharoiti, biologik muvozanatning o'zgarishida, aholi salomatligi va bo'lg'usi avlod genefondiga ta‘sirida ko'rinishi mumkin", - deb juda to'g'ri ta‘kidlagan edi.
Hozirgi paytda Orol muammosi nafaqat O'zbekiston, balki butun dunyo oldida turgan eng dolzarb ekologik muammodir. Shuning uchun bu masalani hal qilishda Markaziy Osiyo davlatlari, boshqa xorijiy davlatlar, keng jamoatchilik, turli tashkilotlar birgalikda faoliyat ko'rsatmoqdalar. Shu masala yuzasidan 1993 yilda Toshkent va Qizilo'rda, 1994 yilda Nukus shahridagi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yuqori darajadagi uchrashuvida Orol dengizini qutqarish xalqaro fondini hamda Orol dengizi va Orol bo'yi mintaqasi muammolari bo'yicha davlatlararo Kengash tuzish haqida qaror qabul qilindi.
Shuning uchun ham Orol va Orolbo'yi muammolarini hal qilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorlikda ish olib bormoqdalar. AQSH, Yaponiya, GDR, Fransiya va boshqa rivojlangan davlatlar, Birlashgan Millatlar tashkiloti, Jahon banki va boshqa turli davlat va nodavlat xalqaro tashkilotlari bu asr muammosini ijobiy hal qilishga o'z hissalarini qo'shmoqdalar.
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, jahon ummoni daryo, dengiz va suv boyliklarini xalqaro huquqiy ekologik muhofaza qilish barcha xalq, millat va elat hamda barcha davlatlarning o'zaro hamqorligini mustahkamlashni taqozo qiladi.
Xalqaro huquqda atmosfera havosi va kosmik fazoni xalqaro ekologik huquqiy muhofaza qilish katta ahamiyatga ega bo'lib, ular xalqaro havo huquqi va xalqaro kosmik huquqlar bilan ko'proq tartibga solinadi.
Tabiat boyliklari ichida atmosfera havosi inson hayotini saqlash, yashash turmush tarzini rivojlantirishda ko'proq ahamiyatga ega.
Shuningdek, atmosfera havosini doim barqaror, ekologik sof bo'lishi kosmik fazoni xavfsizligini, ekologik muvozanatda saqlanishini ta‘minlaydi. Umuman olganda, atmosfera havosi chegara bilmaydigan atrof-muhitning serharakat elementi hisoblanadi. Shuning uchun ham atmosfera havosi va kosmik fazoni xalqaro ekologik huquqiy muhofaza qilishda barcha davlatlarning o'zaro hamkorligi hamda faol ishtiroki kerak bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi 1985 yil Ozon qatlamini himoya qilish (Vena) konvensiyasi, 1987 yili Ozon qatlamini yemiruvchi birikmalar bo'yicha protokoli (Monreal), 1989 yili (Bazel) Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashishni nazorat qilish konvensiyasi, 1992 yil (Nyu-York) Iqlim o'zgarishi to'g'risidagi bir qator konvensiyalarga qo'shildi hamda ushbu yo'nalishda bir qator faol harakatlar amalga oshirilmoqda.
Atmosfera havosini muhofaza qilish bo'yicha Vena konvensiyasi va Monreal protokoli mavjud. Vena konvensiyasiga Jahondagi 147 mamlakat imzo chekkan. Jahon xalqlari 1995 yildan boshlab, 16 sentyabrni atmosferaning ozon qatlamini muhofaza qilish xalqaro kuni sifatida keng nishonlab kelmoqdalar.
Bizning mamlakatimiz ham Vena konvensiyasi va Monreal protokoliga qo'shilib, tegishli majburiyatlarni zimmasiga oldi. Ozon qatlami holatini muntazam kuzatib borish, yemiruvchi moddalardan foydalanishni bosqichma-bosqich kamaytirish shular jumlasidandir. 1996 yil 26-29 avgustda Shveysariyaning Jeneva shahrida Monreal protokoliga qo'shilgan davlatlar ishchi guruhining kengashi bo'lib o'tdi. O'n uchinchi marta o'tkazilayotgan bu kengashda 147 mamlakatdan 400 delegat ishtirok etdi.
Mustaqil davlatlar hamdo'stligidan O'zbekiston, Rossiya, Belorussiya, Ukraina va Gruziya ham katnashgan.
Hozirgi paytda olimlarimiz tomonidan O'zbekistonda ozon qatlamini muhofaza qilish bo'yicha milliy dastur ishlab chiqishga katta e‘tibor berilmoqda.
Tog'lar tabiati, aholisi, iqtisodiyotining o'ziga xos "Tog'" shakllariga egaligi, barqaror rivojlanish yo'nalishlari bilan tekisliklardan tubdan farq qiladi. Tog' hududlari dunyo quruqlik yuzasining 40 foizini tashkil etadi.
O'zbekistonning tog'li hududlarini asrash, ekologik xavfsizligini ta‘minlash, barqaror rivojlantirish dolzarb muammoga aylanmoqda. Ushbu yo'nalishda xalqaro hamkorlik, birinchi navbatda Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi hamkorlikni (yagona tog' makoni-Tyan-Shan va Pomir-Oloy tog‗ tizimlari barqaror rivojlantirishmuammolari bo'yicha) kengaytirish va chuqurlashtirish muhim ahamiyatga ega.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida o'tkazilayotgan muhim tadbirlar qatoriga tog' regionlari muammolari bo'yicha tayyorlangan davlatlararo hujjat- "Markaziy Osiyo tog' regionlari konvensiyasi (xartiyasi). XXI asrda Markaziy Osiyo tog' hududlari va ularning halqlarini barqaror rivojlantirish strategiyasi" deb ataladigan loyiha hisoblanadi. Bu loyiha hozirgi paytda Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlari tomonidan o'rganilayotir va uni imzolash muddatlari kelishilmoqda. Xartiya tog' regionlarida boshqarish, resurslarni ekspluatatsiya qilish, barqaror rivojlanish, tog' muhitini muhofaza qilishni shakllantirish va amalga oshirishda ayrim davlatlar, davlatlararo o'zaro aloqalar va ta‘sirning asosiy tamoyillarini ishlab chiqish maqsadini ko'zga tutadi.
XTYni O'zbekistonda o'tkazish bo'yicha eng muhim tadbirlar qatoriga quyidagilar kiradi:
- respublika jamoatchiligi e‘tiborini tog' muammolariga jalb etish (radio, televidenie, matbuot);
- namunaviy dasturlar tuzish;
- milliy tog' siyosatini ishlab chiqish;
- ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish;
- regional montologiya (tog'shunoslik) fanini shakllantirish);
- xilma-xil tadbirlar o'tkazish (konferensiyalar, seminarlar, festivallar);
- xalqaro munosabatlarni rivojlantirish lozim.
Ta‘kidlash joizki, bizning mamlakatimizda tog'-kon bilan bog'liq masalalar 1994 yil 23 sentyabrda qabul qilingan "Yer osti boyliklari to'g'risidagi", qonun bilan tartibga solinadi.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda, atrof-muhit muhofazasi va ekologikvaziyatni yaxshilash barcha davlatlar, xalqaro hamjamiyatlar, nohukumat uyushmalar bilan hamkorlikni keng yo'lga qo‘yish orqaligina barqaror iqtisodiy rivojlanish, tabiat resurslaridan samarali foydalanish, ekologik tanglikni bartaraf etish va atrof-muhitni muhofaza qilish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Shuningdek, fuqarolarning ekologik huquq va majburiyatlarini eng yuqori konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanishi muhim huquqiy va siyosiy ahamiyatga ega bo'lib, davlat va fuqarolar zimmasiga tegishli majburiyat yuklaydi. Insoniyat uchun muammo bo'layotgan va xalqaro jamoatchilik diqqat markazida turgan masalalar bilan shug'ullanish va hal etish O'zbekiston ichki va xalqaro siyosatining asosini tashkil etadi. Bunday masalalarga atrof muhit ifloslanishini kamaytirish, iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish, Ozon qatlamiga ta‘sir qiladigan faoliyatlarni cheklash, chiqindilarsiz yoki kam chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish, alternativ energetikani rivojlantirish, tabiat majmualarini konservatsiya qilib muhofaza qilish va boshqalar kiradi. Bu holat O'zbekistonning xalqaro miqyosda ekologik obro'yini oshirmoqda.



Download 15,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish