Mavzu: O’zbekiston respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar Reja


O‘zbekiston Respublikasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish



Download 38,12 Kb.
bet2/2
Sana10.01.2023
Hajmi38,12 Kb.
#898655
1   2
Bog'liq
Xurshid iqtisod 2

O‘zbekiston Respublikasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish 
to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi 
va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga 
nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish
O‘zbekistonining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “O‘zbekiston XXI asr 
bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” 
asarining “Xavfsizlikka tahdid” deb nomlangan birinchi qismida yangi asr 
bo‘sag‘asida halqaro vaziyat, kuchlar nisbatidagi tub o‘zgarishlar tahlil etilgan, 
umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlik masalalari, ularning o‘zaro bog‘liqligini
ko‘rsatib berilgan va har tomonlama teran ochib bergan. Ayni shu asarda uyushgan 
jinoyatchiliq mahalliychiliq qarindosh urug‘chiliq korruptsiyaning davlat va 
jamiyat, qo‘yinki insoniyat uchun ulkan xavf ekanligi dalillangan. 
Har bir davlat o‘z tarixida yangilanish yoki ijtimoiy sifat bosqichi 
o‘zgarayotganda, siyosiy – iqtisodiy jihatdan “o‘tish davri” bosqichida afsuski, 
qator jinoiy illatlar, korruptsiya va uyushgan jinoyatchilik kabi jirkanch hodisa 
bilan birga yuz bergan. SHu bilan birga, jinoyatchilikning o‘sishi nafaqat islohotlar 
yo‘liga jiddiy to‘siq, bilki o‘tish davrida belgilangan maqsadlariga erishishga ham 
qarshi bevosita tahdid tug‘dirishi o‘zining isbotini topgan.
Darhaqiqat, O‘zbekiston tarixida yangi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar davri 
boshlandi. Va o‘z-o‘zidan aniqki bu o‘zgarishlar osonlik bilan bormaydi, ichki va 
tashqi g‘ayrli kuchlar yangilanishlarga yo‘l qo‘ymasligi tabiiy. Bunday jarayonda 
hushyorlik muhim bo‘lsada, aksariyat davlatlarda korruptsiya vujudga kelib, eng 
avvalo uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo‘lish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
yordam berish uchun davlat xizmatining imkoniyatlaridan foydalanishni 
boshlaydi. Bu esa jinoyatchilik va korruptsiyaning jamiyatga yetkazadigan zararini 
xavfsizlik va barqarorlikka to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid sifatida baholash imkonini 
beradi. Ayniqsa, davlat hokimiyati tuzilmalarining turli bo‘g‘inlari va turli 
darajalari vakillari ham uning yo‘ldan ozdiruvchi ta’siriga tushganini sezmay 
qoladi. Korruptsiya domiga ilingan mansabdorlar shaxsiy boylik orttirish 
maqsadlarini va urug‘-aymoqlarining manfaatlarini davlat va umummilliy 
manfaatlardan ustun qo‘yadi. Bu esa, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga 
hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazadi.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish korruptsiyaga 
qarshi kurashishning asosiy choralari bo‘lmish huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya 
tizimini takomillashtirishni, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va 
fuqarolar tomonidan qonun va huquqqa bo‘lgan ijobiy munosabatga yetishish, 
aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy 
faolligini ta’minlashni o‘z ichiga oladi. 
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev o‘z 
ma’ruzalarida davlat ishida faoliyat olib boruvchi har bir rahbarining lavozim 
doirasidagi burchini xis etgani holda quyidagi muhim vazifalarni ta’kidlab: 
“Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni - bu 
Bosh vazir yoki uning o‘rinbosalari bo‘ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar 
hokimi bo‘ladimi ular faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lib qolishi kerak” degan 
edi 
Korruptsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor 
shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan 
o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid 

ravishda foydalanishini anglatadi. SHuningdek korruptsiya bilan bog‘liq 


vakolat, imkoniyatlar, shaxsiy manfaatlar uchun urinishlar, qonun va va ahloqiy 
printsplarga zid bo‘lgan xatta-harakatlar yig‘indisini ham qamrab oladi . 
Korruptsiyaning tizimli tabiati shundaki, u mamlakatning muhim sohasi bo‘lgan 
iqtisodiyotga va uning rivojiga to‘sqinlik qiladi, halq ruhiyatida davlat 
idoralariga nisbatan ishonchsizlik xissini orttiradi. 
Transparency International, Jahon banki va boshqa halqaro tashkilotlar 
korruptsiyani shaxsiy manfaatlar uchun ishonchli hokimiyatni suiistemol qilish 
deb tushunadilar. Bu siyosiy jarayonlarda yirik monopoliyalarning byurokratik 
apparatiga qarata ishlatilishi mumkin. Korruptsiya dunyoning barcha 
davlatlarida jinoyat sifatida qonunchilikda huquqqa qarshi xati-harakat sifatida 
qaraladi. Siyosiy va iqtisodiy tadqiqotlar natijalariga e’tibor qaratsaq 
davlatlarning iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishiga korruptsiya ulkan to‘siq 
ekanligini tasdiqlaydi.
Mamlakatimiz hukumati yirik bir siyosiy tashkilot sifatida jamoatchilik 
organlari bilan hamkorlik qilar ekan, avvalo inson va uning manfaatlarini ustun 
qo‘yadi. Bu yo‘lda tushuntirish, targ‘ibot usullarini jadallashtirib, davlat 
idoralarining faoliyatini ochiqligi va shaffofligi ta’minlashning aniq 
mexanizmlarini yaratib bormoqda. SHu maqsadda davlatimizda bir qancha qonun 
hujjatlari ishlab chiqilgan. Jumladan, O‘zbekiston o‘zining taraqqiyot dasturida 
2014 yil 18 iyunda qabul qilingan “Ijtimoiy sheriklik” to‘g‘risidagi Qonunning 4-
moddasida ijtimoiy sheriklikning printsiplari bayon etilgan bo‘lib, unda ijtimoiy 
sheriklikning asoiy printsplari etib, qonunga bo‘ysunish, teng huquqliliq ochiqlik 
va shaffofliq hammabopliq mustaqilliq xolisliq o‘zaro hurmat, manfaatlarning 
inobatga olinishi va ma’suliyat, majburiyatlar qabul qilishning ixtiyoriyligi kabilar 
belgilab berilgan. 
2017 yil 17 yanvarda mamlakatimizda “Korruptsiyaga qarshi kurash 
to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi, unda korruptsiyaga qarshi kurashishning eng 
maqbul usullari tartibga solingan. Ularga qonuniyliq fuqarolar huquqlari, 
erkinliklari va va qonuniy manfaatlarining ustivorligi, ochiqlik va shaffofliq 
tizimliliq davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korruptsiyani oldini olishga 
doir chora tadbirlar ustivorligi hamda javobgarlikning muqarraligi kabi 
tushunchalar kiritilgan. Bugun yurtimizda ham asosiy maqsad davlatda adolat, 
tengliq qonunning ustuvorligiga erishish yo‘lida tegishli chora tadbirlar amalda 
qo‘llanilmoqda. Korruptsiyaga qarshi kurashda avvalo, hukumat idoralari 
xodimlari, ishchi va xizmatchilari shaxsiy na’muna ko‘rsatmas ekan, qonunlar o‘z 
ijrosini ta’minlay olmaydi va u hech kimga foyda bermaydi deb o‘ylaymiz.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-35 moddalarida mamlakat 
hayotida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish va har bir shaxs 
bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga
muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat 
qilish huquqilari belgilab berilgan. 
O‘zbekiston antikorruptsion siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, 
korruptsiyani oldini olish uchun instituttsional bazani mustahkamlash maqsadida 
muhim bo‘lgan qadamlarni tashladi. Ushbu choralarni amalga oshirish natijasida 
mamlakatimizda qonuniylik va huquqiy tartibot ishlari mutloq ta’min etildi, 
davlat xizmati organlarining faoliyati ochiqligi va shaffofligiga erishish uchun 
jiddiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xalq orasida korruptsiyaga nisbatan murosasiz 
madaniyat shakllandi, eng muhimi odamlarning davlat idoralariga nisbatan 
ishonchi mustahkamlandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 
Konstituttsiyaning 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida 
jamoatchik nazoratini, avvalo, huquqni muhofaza qilivchi va nazorat idoralari, 
moliya, banq ta’lim, sog‘liqni saqlash, komunal ho‘jaliq energetika va trasport 
sohalarida joriy etilishining zarurligini aytib o‘tdi. SHuningdek ommaviy axborot 
vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali mansabdor shaxslarning o‘z ishini qonuniy 
asosda to‘g‘ri tashkil etish va davlat organlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
jamoatchilikka to‘liq va tezkor yetkazish maqsadida ularning har birida matbuot 
hizmatining tashkil etilishi aytib o‘tildi. “Jamoatchilik nazorati – bu faqatgini 
davlat idoralari faoliyati ustidan nazorat emas, balki jamiyatning o‘zini-o‘zi 
boshqarish usuli, boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishning 
muhum omillaridan biri” ekanligini ta’kidladi. 
SHuningdek ommaviy axborot vositalarning ish faoliyatidagi ochiqlik 
hamda tsenzurasiz faoliyat davlatimiz konstituttsiyasida ham mustahkamlab 
qo‘yilgan. Ushbu huquq o‘z navbatida Respublikadagi barcha axborot va davlat 
faoliyatining bevosita halq oldida ochiq va oshkora xisobot berishlari, halq 
muhokamasiga qo‘yish imkonini beradi. Davlat idoralari endigi navbatda halqga 
va halq manfaatlariga hizmat qilishi, demokratik tamoyillarning ustuvorligi va 
fuqarolik jamiyatining asosiy shartlari bajarilayotganligidan dalolat beradi.
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yili deb e’lon qilingan 2017 yilda 
“Inson manfaatlari hamma narsadan ulug‘” degan g‘oya asosida amalga oshirildi 
va bu jarayon davom ettirilib borilmoqda. Mamlakatimizda inson manfaatlarini 
ta’minlash, huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar 
negizida yutuq va kamchiliklar ochiq aytilib, unda hokimiyat tizimida mutlaqo 
yangi tizim joriy etildi. Ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual 
qabulxonasi, joylarda Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Ushbu tuzilmalar davlat 
hokimiyati va boshqaruvi organlarining xalq bilan
hamkorlik qilishi, aholining eng

dolzarb muammolarini hal etilishi va jamoatchilik nazorati institutlarining 


jadallashuviga olib keldi.
Davlat idoralari ochiqligi va shaffofligi, OAVning keng tarmoqlardagi 
faoliyati va mamlakatimizdagi tub islohotlarni amalga oshirilishiga sabab bo‘ladi, 
avvalo, yurt ravnaqi, rivoji uchun hizmat qiladi. Mansabdor shaxslarning o‘z 
lavozimidan shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanishga imkon bermaydi. SHaxsiy 
daxlsizliq huquqiy savodxonliq davlat idoralari mansabdor shaxslarining o‘z 
ishiga mas’uliyati ortadi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari 
faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi” Qonunda ko‘rsatilganidek davlat hokimiyati 
va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligining asosiy printsplariga davlat idoralari 
tomonidan taqdim etiladigan axborotdan hamma foydalanishi mumkinligi belgilab 
o‘tilgan. Ushbu qonunda axborotning o‘z vaqtida berilishi va ishonchliligi,
faoliyatining oshkoraligi va shaffofligi, davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni izlash, olish va tarqatish erkinligi 
kafolatlangan. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida 
axborot taqdim etishda avvalo, fuqarolarning o‘z sha’ni va qadr-qimmatini 
tajovuzlardan, o‘z shaxsiy hayotiga aralashuvlardan himoya qilishga bo‘lgan 
huquqlari va qonuniy manfaatlariga, shuningdek fuqarolar, yuridik shaxslarning 
o‘z ishchanlik obro‘sini himoya qilishga bo‘lgan huquqlariga rioya etish kabi 
muhim vazifalar belgilandi va tizimli amalga oshirilib kelinmoqda. 
Ushbu qonuning 7-moddasida davlat xokimiyati va boshqaruvi organlarining 
faoliyati to‘g‘risida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik 
shaxs axborotdan foydalanuvchi ekanligi hamda u ba’zi huquqlarga ega ekanligi 
ko‘rsatilgan. Ushbu huquqlarga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining 
faoliyati to‘g‘risidagi ishonchli axborotni olish va tarqatish, davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishni rad etish yoki 
axborotdan foydalanuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham 
foydalanishi ko‘rsatib o‘tilgan. 
SHuningdek ushbu Qonunning 12-moddasida davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilish (chop etish) 
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy nashrlari, rasmiy veb-
saytlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari amalga oshirishi belgilab berildi. 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat boshqaruvining ochiqligi 
va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning strategik salohiyatini oshirish 
yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019 yil 9 apreldagi qarori 
bilan axborotlarning umumfoydalanish uchun ochiqlik holati, ochiq 
ma’lumotlarning oshkoralik va sifat darajasi, ularni fuqarolarga va jahon 
hamjamiyatiga yetkazishning amaldagi mexanizmlari qabul qilingan xalqaro 

talablarga to‘liq javob bermaydi va natijada mamlakatimizning statistika salohiyati 


indeksidagi o‘rni pastligicha qolmoqda. “Elektron hukumat” Portalini 
rivojlantirish uchun davlat statistika Qo‘mitasiga bir qator huquqlar berildi. 
Portalni takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksi, ochiq ma’lumotlar 
to‘plamlari ro‘yxatini tuzish, ustuvor xalqaro ma’lumotlar bazalarini o‘rganib 
chiqishga mas’ul vazirlik va idoralar ro‘yxati, ma’lumotlarning ochiqlik holatini 
o‘rganish, “Ochiq ma’lumotlar indeksi” va «Ochiq ma’lumotlar barometri” 
talablariga muvofiqligi, tegishli indikatorlarni joylashtirish bo‘yicha vazirlik va 
idoralar ro‘yxati, Statistika salohiyati indeksida mamlakat o‘rnini yaxshilashga oid 
“Yo‘l xaritasi”, Jahon bankining statistika salohiyati indeksida mamlakat reytingini 
yaxshilashning maqsadli ko‘rsatkichlari, Xalqaro byudjet hamjamiyatining Byudjet 
ochiqligi indeksida 2020 yildan boshlab Respublikamizning ishtirokini ta’minlash 
bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”, 2020-2021 yillarda Davlat statistika qo‘mitasida 
yangilanishi lozim bo‘lgan axborot-kommunikatsiya tizimlari uskunalari ro‘yxati 
ushbu qaror asosida tasdiqlandi. 
Portalda e’lon qilinadigan axborotlarning to‘liqligi, ishonchliligi, o‘z 
vaqtida shakllantirilishi, mamlakatimizga oid axborotlarning oshkoraligi va 
foydalanish erkinligi, axborotni shakllantirishda xalqaro metodologik standartlarga 
javob berish, tavsiyalarni o‘rganish va amalda qo‘llashda, Portalda e’lon 
qilinadigan ro‘yxatni muntazam yangilab turishda davlat organlari va tashkilotlar 
rahbarlarining vazifalari belgilab berildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Korruptsiyaga qarshi 
kurashish bo‘yicha idoraviy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ular O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi tizimida “Korruptsiyaga qarshi kurashish dasturi”, 
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korruptsiyaga qarshi kurashish 
siyosati”, 
“O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari 
xodimlarining odob-axloq qoidalari” kabilardir. Adliya organlari rahbarlarining 
korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek 
qo‘yish maqsadida tizimli ravishda fuqarolar va tadbirkorlar bilan sayyor tarzdagi 
uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda. Korruptsiya holati ko‘p sodir etilishi 
mumkin bo‘lgan faoliyat yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, notarial 
idoralar faoliyatida korruptsiya va huquqbuzarliklarni sodir etilishining oldini olish 
hamda sifatli huquqiy xizmat ko‘rsatishda shaffoflikni ta’minlash maqsadida 
alohida choralar ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasida korruptsiya darajasi yuqori 
bo‘lgan sohalar: soliq, sog‘liqni saqlash, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, xalq ta’limi, 
davlat xaridlarini amalga oshirish, yerdan foydalanish, paxta va don konlari ajartib 
olinib ular faoliyati tizimli ravishda kuzatib, taxlil etilib borilmoqda va bu tadbirlar 
o‘z natijasini berdi.
Adabiyotlar
https://fayllar.org/8-mavzu-ozbekiston-respublikasidagi-ijtimoiy-ozgarishlar-reja-v3.html
https://yandex.ru/search/?text=%E2%80%9CO%E2%80%99zbekiston+respublikasidagi+ijtimoiy+o%E2%80%99zgarishlar%E2%80%9D+&lr=193199&clid=2336712-801&win=560
https://azkurs.org/7-mavzu-ozbekiston-respublikasidagi-ijtimoiy-ozgarishlar.html
Download 38,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish