Mavzu: O'zbekiston Respublikasida "Muzey qonunchiligi"
Kirish
1.Muzeylar faoliyatiga doir qabul qilingan muhim qaror va qonunlar.
2.Muzeylarning faoliyati bo'yicha belgilangan, ustuvor vazifalar.
3.Respublikamizda mavjud bo'lgan muzeylarning dunyo miqyosida xalqaro hamkorligi.
4.Muzeyshunoslikga oid, soha xodimlarining ish jaroylarini qonuniy tashkil etilish tartibi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar va internet nashrlari
Reja:
Kirish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI MUZEYLAR TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonunning maqsadi muzeylarning tashkil etilishi va faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Muzeylar to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining muzeylar to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Milliy muzey fondi — O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari majmui;
Milliy muzey fondining Davlat katalogi — Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan har bir muzey ashyosi va har bir muzey kolleksiyasi to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hisobga olish hujjati;
muzey — muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, o‘rganish hamda ommaga namoyish etish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan doimiy faoliyat yurituvchi notijorat madaniyat muassasasi;
muzey ashyosi — sifati yoki alohida belgilari jamiyat manfaatlari uchun saqlash, o‘rganish va ommaga namoyish etish zaruratini taqozo etuvchi madaniy boylik;
muzey kolleksiyasi — o‘z kelib chiqish xususiyati yoki shaklan yaqinligi tufayli yoxud boshqa belgilari bo‘yicha birlashtirilgandagina muzey ashyosi xususiyatiga ega bo‘ladigan madaniy boyliklar majmui;
saqlash — muzeyning muzey ashyosi va muzey kolleksiyasi but saqlanishini ta’minlash uchun moddiy va huquqiy sharoitlar yaratilishini nazarda tutuvchi faoliyat turi;
e’lon qilish — muzeyning muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini omma oldida namoyish etish, bosma nashrlarda, elektron va boshqa turdagi jismlarda takrorlash orqali jamiyatga taqdim etishning barcha shakllarini nazarda tutuvchi faoliyat turi.