XO’JALIGI - O’zbekiston xo’jaligida qadimdan qishloq xo’jaligi yetakchi tarmoq bo’lib kelgan. So’ngi yillarda sanoatning axamiyati tobora ortib bormoqda. Sanoat ko’p tarmoqli bo’lib-qishloq ho’jalik mashinasozligi, elektroenergetika, neft va gaz, ko’mir, mineral o’g’itlar ishlab chiqarish, aftomobilsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati kabilardir.Respublikada ishlab chiqariladigan elektr energiyaning asosiysi GRES lardan olinadi. (Sirdaryo, Navoiy, Toshkent, Angren, Taxiatosh). SHuningdek GES lar ham katta ahamiyatga ega, ayniqsa CHirchiq-Bqzsuv kaskadi aloxida o’rida turadi
MASHINASOZLIK - Respublika mashinasozlik tarmog’ida ko’plab korxona va birlashmalar ishlab turibdi. Bulardan asosiylari Toshkent Agregat zavodi, TTZ, Uz QQMZ, CHirchiq kimyo mashinasozligi, Mamlakat sanoatida yetrakchi tarmoq - mashinasozlikdir. Mashinasozlik sanoatida paxta teruvchi mashinalar, chigit ekuvchi, yigiruvchi, sug’oruvchi mashinalar, avtomobillar, samolyotlar va boshqa sanoat mashinalari ishlab chiqariladi. 1996 yilda, Janubiy Kareya bilan hamkorlikda, Andijon viloyatida ishga tushurilgan Uz DEU avto qo’shma korhonasi katta ahamiyatga egadir. O’zbekiston dunyoda avtomobillar ishlab chiqaradigan 28 ta mamlakatning biriga aylandi. Ushbu korxonada «Neksiya, Tiko, Damas, Lasetti, Matiz» bugungi kunda GM O’zbekiston Amerika qo’shma korxonasi bilan hamkorlikda, «Malibu, Epika, Captiva, Spark, Kobolt, Jentra va Ravon»avtomobillari (yiliga 270-280 ming dona) ishlab chiqarilmoqda.
QISHLOQ XO’JALIGI - Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda qishloq xo’jaligi alohida ahamiyatga egadir. Yerlarning ko’pchiligini cho’llur va chala cho’llar egallagan. Dehkonchilikda barcha ekinlar ekilada, asosini paxtachilik tashkil qiladi (3,2mln. t.). Paxtachilik bilan almashlab makka jo’xori va bug’doy ekiladi. Shuningdek, sholikorlik, bog’dorchilik, uzumchilik ham yaxshi rivojlangan.
- O’zbekistonda g’alla, asosan bug’doy keng ekiladi. Yaqin vaqtlargacha chetdan ko’plab miqdorda don olib kelingan. Reschpublikada olib borilgan agrar siyosat tufayli bu narsa asta sekin barham topmoqda. Hozirgi kunda respublikada 7,5 mln tonnaga yaqin bug’doy yetishtirilmoqda. Bu esa o’z navbatida g’alla mustaqilligiga erishishga olib kelmoqda. G’allachilikda sholi yetishtirish ham katta ahamiyat kasb etadi. Sholi yetishti rishda Qoraqalpog’iston va Xorazm viloyatlari yetakchilik qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |