Faoliyat sub’ekti bo‘yicha ta’lim vositalari o‘rgatish va o‘rganishga bo‘linadi.
1. O‘qitish vositalari. Masalan, namoyishli-tajriba qurollari. Bunday qurollar o‘qituvchi toionidan mavzuni tushuntirish va mustahkamlash uchun qo‘llaniladi.
2. O‘rganish vositalari. Masalan, laboratoriya-praktikum qurollari. Bunday vositalar o‘quvchilar tomonidan yangi bilimlarni egallash uchun qo‘llaniladi.
V.A. Slasteninning fikricha, didaktik vositalar o‘qituvchi va o‘quvchi uchun xosligiga qarab, ikkiga bo‘linadi. Birinchisiga ko‘ra, narsalar o‘qituvchi tomonidan ta’limning maqsadlarini samarali realizatsiyalash uchun qo‘llanilsa, ikkinchisi – bu o‘quvchilarning individual vositalari, darsliklar, daftarlar. Bundan tashqari didaktik vositalar o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyat turiga ko‘ra sport qurollari, botanika va geografiya maydonchasi, kompyuterlarga ham bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |