31.13. Ta’lim modellari. Xalqaro loyihalar va ta’lim dasturlari
Modulli-kredit tizimi mohiyati. Bolonya deklaratsiyasi va evropa yagona ta’lim muhiti.
XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik taraqqiyot o‘zining yuksak cho‘qqilariga erishdi. Ilmiy texnik taraqqiyotining (ITT) hozirgi darajasi Shundayki fan texnika va texnologiya rivojining erishilgan sur’atlarini mamlakat qay darajada rivojlangan bo‘lmasin alohida olingan mamlakatda uni ta’minlab bo‘lmaydi. ITT keyingi rivoji faqat turli mamlakatlardagi olim va mutaxassislarning hamkorligi ilmiy-tadqiqot ishlarning integratsiyasi natijasida amalga oshirilishi mumkin. Fan texnika va texnologiyaning taraqqiyoti ta’lim taraqqiyoti darajasi bilan chambarchas bog‘liqligini e’tiborga oladigan bo‘lsak ta’lim sohasidagi xalqaro integratsiyaning ustuvorligi yaqqol muammoga aylanib qoladi.
Bu kredit texnologiyani yaratilishini va qo‘llanishining dolzarbligini belgilaydi. Chunki ta’lim sohasidagi xalqaro integrallashuvi eng avvalo o‘quv jarayonini kredit texnologiyasi asosida tashkil etishiga tayanadi
Modulli ta’limda kredit tizimi.
Bugungi kunda oliy ta’lim tizimi oldidagi eng asosiy vazifa malakali mutaxassisni tayyorlash. Bunday mutaxassisni tayyorlash uchun, albatta, unga nisbatan surilayotgan talablar tizimini aniqlab olish kerak. Ushbu savolga javob qidirib, quyidagi to‘rt yo‘nalishdagi talablar tizimiga duch keldik:
1. O‘z sohasi bo‘yicha zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish.
2. Sohaga oid mavjud bilimlarini doimiy ravishda mustaqil oshirib borish, ya’ni mustaqil ta’limga tayyor bo‘lish.
3. Sohaga innovatsiyalar kiritish uchun mustaqil izlanish va ijod qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
4. O‘z vaqtini rejalashtirish, boshqarish va o‘z faoliyatini tashkil etish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
Agar soha bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malalkalarni shakllantirishda mavjud reproduktiv ta’lim etarli bo‘lsa, mustaqail ta’lim olish ko‘nikmasini va ijodkorlikni rivojlantirish, o‘z faoliyatini boshqarish masalasini hal etishda modulli yondashuv katta imkoniyatlarga ega. Modulli ta’limning maqsadi talabaning aynan Shu jihatlarini shakllantirishga qaratilgan. Modul Shunday tuzilishi lozimki, talaba ushbu modulni mustaqil ravishda o‘zlashtira olish va ko‘zlangan natijaga erishish imkoniga ega bo‘lsin.
Bunday natijani ta’minlash uchun modulda axborot materiali aniq, lo‘nda, tushunarli, mantiqiy, tizimli bayon etilishi va ko‘rgazmali bo‘lishi, axborotning har birn mantiqiy bo‘lagi bo‘yicha o‘z-o‘zini tekshirish uchun topshiriqlar ishlab chilgan bo‘lishi, ana Shu topshiriqlarni ishlab chiqish uchun aniq tavsiyalar berilgan bo‘lishi talab etiladi. Modulli ta’limda pedagog talabaning o‘zlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi.
Demak, modulli yondashuv yangi axborotni mustaqil o‘zlashtirish, talabaning mustaqil va hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish, o‘zining va o‘rtoqlarining faoliyatini baholashga qaratilgan. Bunday yondashuv zamonaviy talablar tizimiga mos tushadi.
Modulli yondashuv erishilgan natijani izchil nazorat qilib borishga asoslangan. Natijada modul-kredit tizimi vujudga kelgan.
Kredit-(Zachet birligiga aylanuchi Evropa tizimi (ECTS) (European Credit Transfer and Accumulating System)) kredit jamlash tizimidir. Ushbu tizim evropa universitetlarida 1989 yilda o‘tkazilgan tadqiqotlardan muvafaqqiyatli o‘tdi va qabul qilindi. U talabaning umumiy yuklamasiga asoslanadi. Kredit tizimini kiritishdan maqsad ta’limning Shaffofligini va akademik bilimlarni hamda kvalifikatsiyani tan olishni osonlashtirish bo‘lib hisoblanadi. Dastlab kredit chetdan kelib o‘qiyotgan talabalar uchun ishlatilgan va unga ishonch bildirilgan. Oliy ta’lim muassasalari uchun yagona kreditlarni o‘rnatilishi esa talabalarning mobilligini ta’minlashga yordam berdi. Bugungi kunda evropa kredit tizimi Evropaning deyarli barcha davlatlarida tan olingan va amal qiluvchi tizimdir. Talaba o‘rnatilgan kredit ballarini to‘plagan taqdirdagina diplom olishga muvaffaq bo‘ladi. Dunyoning oliy ta’lim tizimida kredit tizimining bir necha turi mavjud. Yuqorida aytib o‘tilgan ECTS bilan bir qatorda, USCS -Amerikaning kredit tizimi, CATS - Britaniyaning kredit tizimi, UCTS - Osiyo davlatlari va tinch okeandagi davlatlarning kredit tizimlari mavjud.
Evropa kredit tizimining asosini uch unsur tashkil etadi: o‘quv dasturlari haqida axborot, talabaning erishgan natijalari va talaba faoliyatining hajmi. Har bir o‘quv yili 60 qismga bo‘linadi va zachyot birligi hisoblanadi. Bir haftalik yuklama 54 soatdan oshmasligi kerak, 54 soat 1,5 kreditga teng. O‘quv yilining davomiyligi Evropada o‘rtacha 40 xafta. Ammo Evropaning turli davlatlarida o‘quv yilining davomiyligi turlicha bo‘lishi ma’lum darajada muammolarnip keltirib chiqaradi. Kredit tizimi barcha o‘qitish Shakllarini nazoratini o‘z ichiga oladi (auditoriya va auditoriyadan tashqari).
Kredit tizimi ta’lim jarayonida o‘qilgan soatlar miqdorini emas, balki erishilgan natijani ko‘rsatib beruvchi o‘lchov birligidir. YA’ni mutaxassisni kompetentlik darajasiga baho beruvchi natijaga qaratilgan o‘lchov birligidir.
Demak, kredit nafaqat o‘quv faoliyatiga berilgan baho, balki, bajarilgan o‘quv yuklamasini ko‘rsatib turuvchi birlikdir. Bir kredit akademik soatga teng (54 akademik soat 1,5 kreditni tashkil etadi). Har bir o‘quv moduli 1 yoki 1,5 kreditga mo‘ljallanadi va, odatda, uning soni uchtadan oshmasligi lozim.
Evropa kredit tizimida birinchi bosqichda (bakalavriat) talaba 180 kreditdan 240 kreditgacha to‘plashi mumkin. Ikkinchi bosqichda (Magistr) 90-120 gacha kredit yig‘ish imkoniga ega. Kredit tizimining asosini albatta reyting ball tizimi tashkil etadi.
Ta’lim sohasidagi integratsion jarayonlar ilk bor Evropada boshlangan edi. 1989 yilda Evropaning minglab o’quvchilari Evropa hamjamiyatining ERASMUS (European Community Action Scheme for mobility of University students) TEMPUS va boshqa dasturlari asosida chet ellarda tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
ERASMUS dasturi bo‘yicha Evropa hamjamiyati universitetetlari o‘rtasidagi o’quvchilar almashinuvi sxemasi dastavval 145 oliy o‘quv yurtlarini qamrab olgan edi. ERASMUS dasturining yutuqlaridan biri bu Evropa universitetlaridagi o‘qitish natijalarini o‘zaro tan olish tizimi-(bu) (European Credit Transfer System (ESTS) ni yaratish sinash va amaliyotga keng qo‘llash deb aytish lozim.
2001 yilda o‘quv jarayonini tashkil etishning kredit texnologiyasi ESTS Evropaning 1200 ta universitetlarida allaqachon qo‘llanilgan edi.
2001 yilda 29 ta Evropa davlatlari ta’lim vazirlari tomonidan Bolonya deklaratsiyasining imzolanishi Evropa ta’lim hududini yaratilishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bolonya deklaratsiyasiga ko‘ra diplomlarning o‘zaro tan olinishi, ya’ni o‘qitish natijalarini yakuniy ko‘rsatkichlarning o‘zaro tan olinish muddati-2010 yil deb belgilangan edi.Bolonya deklaratsiyasiga kirish uchun quyidagi dastlabki talablar qo‘yiladi:
- Oliy o‘quv yurtigacha 12 yillik ta’lim:
- ikki bosqichli oliy ta’lim-bakalavriat va magistratura;
- o‘quv jarayoni va o‘qitish natijalarini baholash ESTS kredit texnologiyasi asosida tashkil etilishi
Modulli o‘qitish - o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u ta’lim oluvchilarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir.
An’anaviy ta’limda o‘quv maqsadlari pedagog faoliyati orqali ifodalangan ya’ni bilim berishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, modulli o‘qitishda ta’lim oluvchilar faoliyati orqali ifodalanib, kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Ushbu jadvalning tahlili Shuni ko‘rsatadiki, modulli texnologiyaga asoslangan ta’lim an’anaviy ta’limdan o‘qitish usullari va vositalari uni tashkil etish va natijalari bilan sezilarli farq qiladi.
Modulli o‘qitish ta’limning quyidagi zamonaviy masalalarini har tomonlama echish imkoniyatini yaratadi.
- Modul - faoliyatlik asosida o‘qitish mazmunini optimallash va tizimlash dasturlarni o‘zgaruvchanligi, moslashuvchanligini ta’minlaydi;
- o‘qitishni individuallashtirish;
- amaliy faoliyatga o‘rgatish va kuzatiladigan xarakterlarni baholash darajasida o‘qitish samaradorligini nazorat qilish;
- kasbga qiziqtirish asosida faollashtirish mustaqillik va o‘qitish imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish.
Modulli o‘qitish samaradorligi quyidagi omillarga bog‘liq:
- ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi;
- malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi darajasi;
- o’quvchilar tayyorgarligi darajasiga;
- kutiladigan natijalar bahosiga;
- didaktik materiallarning ishlab chiqilishiga;
- modullar natijasi va tahliliga.
Modulli o‘qitishda o‘quv dasturlarini to‘la qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tabaqalash orqali bosqichma-bosqich o‘qitish imkoniyati yaratiladi. Ya’ni o‘qitishni individuallashtirish mumkin bo‘ladi. Modulli
O‘qitishga o‘tishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:
- o‘qitishning uzluksizligini ta’minlash;
- o‘qitishni individuallashtirish;
- o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish uchun etarli Sharoit yaratish;
- o‘qitishni jadallashtirish;
- fanni samarali o‘zlashtirishga erishish.
Modulli o‘qitish fanning asosiy masalalari bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar beruvchi muammoli va yo‘riqli ma’ruzalar o‘qilishini taqozo etadi. Ma’ruzalar o’quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilmog‘i lozim.
Modul amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari ma’ruzalar bilan birga tuzilishi, ular ma’ruzalar mazmunini o‘rganiladigan yangi material bilan to‘ldirilishi kerak. Modulni o‘qitishning samaradorligini oshirishga erishish uchun o‘qitishning quyidagi usullarini qo‘llash mumkin:
- muammoli muloqotlar;
- evristik suhbatlar;
- o‘quv o‘yinlar;
- loyihalash va yo‘naltiruvchi matnlar va hokazo.
O‘qitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari aniqlanadi:
-fanlar va fanlar ichidagi modullar orasidagi o‘qitish uzluksizligini ta’minlanishi;
-har bir modul ichida va ular orasida o‘quv jarayonini barcha
Turlarining metodik jihatdan asoslangan muvofiqligini o‘rnatilishi;
-fanning modulli tuzilish tarkibining moslanuvchanligi;
-o’quvchilar o‘zlashtirishi muntazam va samarali nazorat (har qaysi moduldan so‘ng) qilinishi;
-o’quvchilarning zudlik bilan qobiliyatiga ko‘ra tabaqalanishi (dastlabki modullardan so‘ng o‘qituvchi ayrim o’quvchilarga fanni individullashtirishni tavsiya etishi mumkin);
-axborotni «siqib» berish natijasida o‘qitishni jadallashtirish auditoriya soatlaridan samarali foydalanish va o‘quv vaqti tarkibini ma’ruzaviy amaliy (tajribaviy) mashg‘ulotlar individual va mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlarni-optimallashtirish.
Buning natijasida o’quvchi yetarli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ladi.
Modulli metodika asosida o‘qitishda faoliyatlik, tizimli kvantlash, qiziqtirish, modullilik, muammolilik, kognitiv vizuallilik, xatoliklarga tayanish tamoyillariga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |