Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi



Download 3,02 Mb.
bet296/310
Sana08.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#168323
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   310
Bog'liq
педагогика дарслик 2020

Boshlang’ich maktab. O’qish 6 yoshdan boshlanadi va 4 yil davom etadi (faqat Berlinda 6 yil). Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, dastlabki ikki yil o’qish, davomida bolalarga baho qo’yilmaydi, ularga umumiy xarakteristika berish bilan kifoyalaniladi. Boshlang’ich maktabda to’la to’rt yillik o’qishdan keyin o’quvchilar yo’nalish bosqichidagi maktabga o’tadilar. Bu erda 5-6 sinf bosqichdagi yo’nalish maktab tipiga bog’liq yoki bog’liq bo’lmagan holda maxsus dastur asosida o’qitiladi, bunda bolalarning ota-onalari maktab tipini tanlash yoki o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Keyin bolalar navbatdagi maktab tipiga ko’chadilar: bular – asosiy, maxsus maktab (rivojlanishda kechikkan anomaliya holatda bo’lgan bolalar uchun), real bilim yurti (matematika va tibbiy fanlar o’qitiladigan o’rta o’quv yurti); gimnaziya;umumta’lim maktablari va h. K.

Deyarli 30 foiz bola 1-bosqichni tugatgandan keyin asosiy maktabga o’tadi. 9 yoki 10 yillik o’qish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka o’tiladi (va 18 yilga qadar parallel ravishda bilim yurtida o’qiydi). Asosiy maktabni muvaffaqiyatli tugatganlar hunarmandchilik va sanoat korxonalarida turli kasbni egallashlari mumkin. Asosiy maktab dasturi yilma-yil tahlil qillnganda o’qishga bo’lgan talab to’xtovsiz oshib borayotganligini kuzatdik. Bu ayrim fanlardan dars o’tilganda hajmini oshirish va mazmunda soddadan murakkabga borish orqali amalga oshiriladi. Ayrim predmetlar bo’yicha ijtimoiy talablarga muvofiq ish hajmi qayta taqsimlanadi. Masalan, maktabda hamma xorijiy til (asosan ingliz tili)ni o’rganadi, mehnat darsi o’tiladi, ta’limning tarbiyaviy jihatlariga ahamiyat beriladi. Bunda, chet tilini o’rganayotganda o’quv materialini «ilgor» va «taqsimlangan» metodlaridan foydalaniladi (masalan, 5-6 sinflarda til har kuni o’rganiladi, keyinchalik chet tillarining birida alohida o’quv predmetini o’qitish boshlanadi).

Real bilim yurti asosiy maktab va yuqori bosqich maktabi o’rtasida turadi. Qoidaga ko’ra bu erda o’qish 6 yil davom etadi (5-sinfdan 10-sinfgacha) va to’la o’rta ma’lumot berish bilan tugallanadi. Bilim yurtini tugatuvchilar maxsus o’rta o’quv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi hunar-texnika maktabiga kirib o’qish huquqiga ega bo’ladi. Iqtisodiyot yoki davlat xizmatida o’rtacha mansabni egallash uchun real bilim yurtini tugallash zarur. Shuni ham ta’kidlash kerakki, ja’mi o’quvchilarning taxminan 30-35 foizi o’rta ma’lumot darajasiga ega bo’ladilar.

To’qqiz yillik gimnaziya (o’qish 5-13 yillik) Germaniyadagi yuqori bosqich, an’anaviy maktab hisoblanadi. Ilgarigiday alohida predmetlarni o’qitiladigan (matematika, fizika, til va boshqalar) gimnaziya hozir deyarli yo’q. Odatda gimnaziyada isloh qilingan yuqori bosqich (11-13 o’quv yili) mavjud bo’lib, bunda kurs tizimini oddiy sinf tizimi bilan almashtirilgan. Bu kurslar o’quvchilarni qiziqtiradigan predmetlar bilan mashgulot o’tkazishga imkon yaratish maqsadida kiritilgan. Bu ularni oliy o’quv yurtiga kirib o’qishlarini osonlashtiradi. Islohot qilingan yuqori bosqich gimnaziyasidan tashqari yana maxsus tipdagi, masalan, iqtisodii, politexnikaga oid va boshqa gimnaziyalar ham mavjud. Gimnaziyani bitirganlik to’grisidagi etuklik attestati oliy o’quv yurtida o’qish imkoniyatini beradi. Aytish kerakki, institutga kirish istagini bildirganlar soni keskin ko’payib ketganligi munosabati bilan qabulga ma’lum cheklashlar kiritildi.

Germaniyada o’z vaqtida ta’lim ola olmagan katta yoshdagilar uchun bilim olishga imkoniyat yaratib qo’yilgan. Kechki gimnaziyada sanoat, qishloq xo’jaligi, maishiy xizmat va boshqalarda ishlaydiganlar, 5-6 yil davomida o’quv kursini o’tganidan keyin etuklik attestati olish uchun imtihon topshiradilar. Shunday yo’l bilan kechki maktablarda asosiy maktab yoki real bilim yurtlarini bitirganlik to’g’risida guvohnomaga ega bo’lishlari mumkin. Germaniyada maktab ta’limi tizimi doim rivojlanishda va o’quv yurtlarining yangi Shakli va tiplari izlanmoqda. Bu ayniqsa, sobiq gdrga tegishlidir, ilgari bu erda ta’lim tizimi davlatga qarashli va majburiy edi (o’quv dasturini g’oyaviylashtirish, o’qituvchilarni qayta tayyorlash asosida 2 va 4 bosqichli maktabga o’tish imkoniyatlari izlanmoqda; rivojlanish va tarbiya jarayoni, topshiriqni kamaytirish va boshqalarga suyanib yangi mazmundagi maktab ta’limini joriy qilish va h. K.).


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish