Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi


IV-BOB. YAXLIT PEDAGOGIK JARAYON



Download 3,02 Mb.
bet29/310
Sana08.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#168323
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   310
Bog'liq
педагогика дарслик 2020

IV-BOB. YAXLIT PEDAGOGIK JARAYON

4.1. Yaxlit pedagogik jarayon tushunchasi va uning tuzilishi

Pedagoglik kasbining paydo bo‘lishiga e’tibor qaratilsa, shu narsa ko‘rinadiki, dastlab uning doirasida differensiallashuv va integratsiyalashuv jarayoni chegaralangan bo‘lsa, keyinchalik ochiqchasiga ta’lim va tarbiya qarama-qarshi qo‘yila boshladi: o‘qituvchi o‘qitadi, tarbiyachi esa tarbiyalaydi. Lekin XIX asrga kelib, taraqqiyparvar pedagoglarning ishlarida argumentlarni asoslashda ob’ektiv nuqtai nazardan ta’lim va tarbiyaga bir butun, yaxlit hodisa sifatida qarala boshladi. I.F. Gerbartning fikricha, tarbiyasiz ta’limda vosita bor, lekin maqsad yo‘q, ta’limsiz esa maqsad bor, vosita yetishmaydi.

Nemis pedagogi A. Disterveg, ta’limni tarbiyaning bir qismi sifatida qaraydi: “Ta’lim prinsiplari bor ekan, hamisha tarbiya prinsiplari ham bo‘ladi, yoki aksincha”.

Pedagogik jarayonning yagonaligi g‘oyasi K.D ushinskiy g‘oyalarida chuqur ifodalangan. U pedagogik jarayonni maktab faoliyatining ma’muriy, o‘quv va tarbiya elementlarini bir butun tizim sifatida tushundi. K. D. Ushinskiyning taraqiyparvar g‘oyalari uning izdoshlari: N.F. Bunakov, P.F. Lesgaft, K.B Elniskiy, V.P Baxterov va boshqalarning ishlarida o‘z aksini topgan.

Pedagogik jarayon muammosi bilan P.F. Kapterev alohida shug‘ullandi. U pedagogik jarayonlarning ko‘ptomonlama ham ichki, ham tashqi jihatlarini tahlil qiladi va quyidagi xulosalarga keldi: “Ta’lim, o‘qitish, o‘rgatish, tarbiya, pand-nasihat, o‘git va boshqa bir qator so‘zlar turli xususiyat, jihatlar, vosita va vaziyatlarni ifodalaydi, lekin ularning hammasi yagona pedagogik jarayondir.

N.K.Krupskaya, A.P.Pinkvich, S.T.Shaskiy, P.P.Blonskiy, A.S.Makarenko, M.M.rubinshteyn yagona pedagogik jarayonning taraqqiyotiga katta hissa qo‘shishdi.

XX asrning 70-yillarida Yu.K.Babanskiy, B.S.Ilin, V.M.Korotov, B.V.Kraevskiy, B.T.Lixachev, YU.P. Sokolnikov va boshqalar yagona pedagogik jarayonga ilmiy qiziqish bilan qarashdi.

Birinchi prezidentimiz I.Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ta’lim-tarbiya xususida quyidagi fikrlarni keltirib o’tgan: “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”4. Darhaqiqat ta’lim va tarbiyani yaxlit pedagogik jarayon sifatida qarash Sharqda ustivorlik kasb etib kelgan, buni biz o’rta asrlar mutafakkirlari asarlarida ham, jadid ma’rifatparvarlari qarashlarida ham ko’rishimiz mumkin.

Pedagogik jarayonning mohiyati tizimli metodologik yondashuv asosidagina zamonaviy mualliflar tomonidan ochib berildi. U pedagogik ob’ektlarni tizimlar sifatida qarashni taklif etadi, aynan: tarkibiy qismlarining tuzilishini, ular orasidagi o‘zaro aloqadorlikni aniqlash kabilarni o‘zida jamlaydi.


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish