Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi


Ta’lim tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolari



Download 3,02 Mb.
bet180/310
Sana08.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#168323
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   310
Bog'liq
педагогика дарслик 2020

19.4. Ta’lim tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolari

O‘zbekiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab o‘tgan qisqa vaqt ichida o‘zbek xalqi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda katta yutuqlarga erishdi; o‘z tarixiga yangicha tafakkur asosida yondoshish, ulug‘ ajdodlar qoldirgan boy madaniy, ma’naviy merosni o‘rganish Sharafiga muyassar bo‘ldi, milliy g‘ururi qayta tiklandi; respublikada ilm-fan, jumladan pedagogika fani yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilmoqda; o‘tmishdagi pedagogik tafakkur daholarining Shuhratini tiklash, ularning g‘oyalarini xalq hayotigatadbiq etishdek ulug‘ ishlar amalga oshirilmoqda.

Eramizdan oldingi ikkinchi ming yillikda O‘rta Osiyoni Uzoq sharq, ya’ni Xitoy va yaponiya singari uzoq mamlakatlar bilan bog‘lagan «Ipak yo‘li» nafaqat savdo, balki ijtimoiy-siyosiy va madaniy aloqa yo‘l ham bo‘lib, u ayniqsa, turkiy xalqlar madaniyati va ma’naviyati rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. O‘Sha davrdayoq O‘rta Osiyo xalqlari o‘rtasida o‘rnatilgan madaniy hamda ta’lim-tarbiya sohasidagi do‘stona aloqalar keyinchalik yanada mustahkamlana bordi. Buni hayot o‘zi taqozo etdi.

«Ipak yo‘li» bo‘ylab ahli elat – o‘zbek, qozoq, turkman, tojik, qoraqalpoq, qirg‘izlar bahamjihat ahillikda bir oiladek yashaganlar. Bunga bu xalqlarning turmush tarzi, og‘zaki ijodlari va turmushdagi o‘xshash tomonlar yorqin dalildir. Buni biz IX-XI asrlarda yashab ijod etgan ulug‘ mutafakkirlar, pedagoglar, Shoir va yozuvchilarning asarlarida ham ko‘rishimiz mumkin.

Qadimdan ota-bobolarimiz yosh avlodni hayoli, imon-e’tiqodli komil inson qilib tarbiyalashga alohida e’tibor berganlar, bu ishda islomiy tarbiyaning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati katta bo‘lgan. Buyuk ajdodlarimiz bola tarbiyasi, madrasa, maktab, mudarris, o‘qituvchi-pedagog, umuman maorif sohasida juda qimmatli fikrlar bildirganlar, bu sohada biz avlodlarga juda katta boy ma’naviy meros qoldirganlar. Ushbu ma’naviy boyliklarni chuqur o‘rganib, tahlil qilib, amaliyotga joriy etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Pedagogikamiz tarixini o‘rganish millatimiz tarixini o‘rganish bilan uzviy bog‘liqdir. Yosh avlodni tarbiyalash va ularni o‘qitish nazariyasi bilan amaliyotning qanday taraqqiy qilib kelganligini bilmay turib, yoshlarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalash masalalarini ilmiy ravishda hal etib bo‘lmaydi.

Pedagogika tarixi fani quyidagi manbalar asosida o‘rganiladi:

- xalq og‘zaki ijodi;

- buyuk adib va allomalarimiz ijodiy merosi;

- qadimgi yozma yodgorliklar;

-hukumatimizning ta’lim-tarbiyaga oid qonun va qarorlari;

- Prezident Sh.M.Mirziyoyev asarlari;

- dasturlar, ilmiy va pedagogik adabiyotlar;

- ta’lim-tarbiyaga oid kundalik matbuot materiallari.

Atoqli mutafakkirlarimizning ta’lim-tarbiya sohasida bildirgan muhim fikrlarini o‘rganish, pedagogik tafakkurning o‘sishiga, pedagogik madaniyatning ortishiga imkon beradi. Pedagogika tarixi jamiyat taraqqiyoti qonunlariga suyangan holda turli pedagogik nazariyalarni, ta’lim-tarbiya mazmuni va metodlarini o‘rgatadi. O‘tmishning pedagogik tizimlarida bo‘lgan ilg‘or fikrlardan ijodiy foydalanadi.

Pedagogika tarixi fani ikki qismga bo‘lib o‘rganiladi:



  1. O‘rta Osiyo va sharq xalqlari pedagogika tarixi.

  2. Chet el pedagogika tarixi.

Birinchi qismda biz, qadimdan boshlab to hozirgi kunga qadar yashab ijod etgan allomalar Al-Buxoriy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, yusuf Xos Hojib, Ahmad yassaviy, Ahmad yugnakiy, Kaykovus, alisher Navoiy, Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdurahmon Jomiy, Abulqosim Firdavsiy, Sa’diy Sheroziy, Jaloliddin Rumiy, Mirzo Bedil kabi O‘rta Osiyo xalqlari olimlarining hayoti, ijodiy, pedagogik faoliyati, maktab, maorif, ta’lim-tarbiya jarayoniga qo‘Shgan hissasi bilan tanishib chiqamiz.

Ikkinchi bo‘limda esa chet El pedagoglaridan yan Amos Komenskiy, J.Lokk, Jan Jak Russo, I.G. Pestalotssi, A.S.Makarenko, K.D.ushenskiy, L.N.Tolstoy va boshqalarning faoliyati va pedagogika sohasidagi qarashlari va faoliyatlari bilan tanishib o‘tamiz.

Pedagogika tarixini o‘quv kursi sifatida pedagogika oliy o‘quv yurtlarida o‘rganish bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda alohida ahamiyatga ega. Pedagogika tarixi fanini o‘rganish – kishilik jamiyati taraqqiyoti yo‘lidagi tarbiya pillapoyalarining tajribalariga suyangan holda har bir o‘qituvchida pedagogik madaniyat va ularga munosabat bildirish kabi malakalarni Shakllantiradi. Pedagogika va pedagogika tarixi fani orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda yoshlar bilan ishlash, muomala madaniyati, tarbiyaviy ishlarni uyushtirish yo‘nalishlari, bolalarning o‘ziga xos xususiyatlariga qarab ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish, kiyinish madaniyati, turli xil tarbiyaviy jarayonlarni uyushtirish san’ati o‘rganiladi.

Pedagogika tarixi kursi yana talabaning umumpedagogik bilim darajasini kengaytiradi, pedagogik merosimizga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga imkon beradi, ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyoti, tarbiya va ta’lim, uning rivojlanish jarayoni, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va har bir tarixiy bosqichda ilmiy bilimlar darajasi bilan bog‘liqligi to‘g‘risida aniq tasavvur hosil qiladi. Bo‘lajak o‘qituvchi pedagogika tarixi fanini o‘rgana borib, boshqa psixologiya-pedagogika turkumidagi o‘quv fanlari kabi pedagogik tushunchalar yuzasida fikr yuritishga hamda ularning mohiyatini tushunishga ham o‘rgana boradi.

Pedagogika tarixini o‘rganish bo‘lajak o‘qituvchilarning faqat pedagoglik madaniyatini oshiribgina qolmay, balki, Shu bilan birgalikda, unga pedagogik mahoratni egallashga yordam beradi. Shuningdek, o‘tmishning ta’lim-tarbiya sohasidagi eng yaxshi tajribalarni o‘rganadi, bu esa uning kelajakdagi kundalik pedagoglik faoliyatida yordam beradi, uni bevosita amaliy faoliyatga tayyorlaydi.

Bugungi kunda pedagogika tarixini kursini quyidagi davrlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq:

1. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar;

2. VII asrdan IX asrning birinchi yarmigacha o’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar;

3. Sharq Uyg’oniSh davrida (IX-XII asrlar) pedagogik fikrlarning rivojlanishi;

4. XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movarounnahrda tarbiya va maktab;

5. XVII asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji;

6. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning birinchi choragida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji;

7. 1924-1991 yillarda o’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji;

8. Mustaqil o’zbekiston ta’lim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji;

9. Eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmigacha jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi.


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish