Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng asosiy maqsadlaridan biri - inson huquqlari keng ko`lamda buzilgan hollarda buning uchun javobgarlik mas`uliyatini barqaror etish uchun xalqaro mexanizm tashkil qilish ishi hukumatlar Xalqaro jinoiy sud tashkil etishga rozilik bildirishganlaridan so`ng, 1998 yilda amalga oshdi. Genotsidda ayblanganlarni va insoniylikka qarshi qilingan boshqa jinoyatlarni jazolash uchun Sudda barcha zarur vositalar mavjud. Xalqaro hamjamiyat Sud tashkil etish uchun ovoz berib, kimki jinoyat sodir etsa, jazoni chetlab o`tishga, qasosdan qutulib qolishga umid bog`lamasligi zarurligini qo`llab-quvvatladi. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro insonparvarlik huquqi sohasida qator konvensiyalar ishlab chiqishga o`z hissasini qo`shdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |