Birlashgan Millatlar Tashkilotida oltita bosh organ mavjud. Ulardan beshtasi - Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash, Vasiylik Kengashi va Kotibiyat - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi Markaziy qarorgohida, oltinchi organ - Xalqaro Sud esa Niderlandiyaning Gaaga shahrida faoliyat ko`rsatadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng bosh vazifalaridan biri - butun dunyoda tinchlikni barqaror etishdir. Nizomga binoan a`zo-mamlakatlar o`zlarining xalqaro kelishmovchiliklarini tinch yo`l bilan hal etadi, qurolli kuchlarni boshqa davlatlarga nisbatan qo`llamaydilar, ularga tahdid solmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |