“Markaziy Osiyo - yadro qurolidan xoli zona”
1993 yil O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assombleyasining 48-sessiyasida so‘zlagan nutqida Markaziy Osiyoni yadrosiz zona, deb e'lon qilish tashabbusini ilgari surdi.
«Hozirgi zamon voqeligi shundayki, bir mamlakatning xavfsizligi boshqa davlat hisobidan ta'minlanishi mumkin emas, mintaqa xavfsizligini butun jahon xavfsizligi muammolaridan ajratgan holda ko‘rib bo‘lmaydi. Shunga asoslanib, O‘zbekiston yadro qurolining batamom tugatilishi uchun, yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaning samarali harakat qilishi va uning hech bir muddatsiz uzaytirilishi uchun harakat qiladi. O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining yadrosiz zona, deb e'lon qilinishining qat'iy tarafdoridir».
Do'stlaringiz bilan baham: |