4.Joriy yilda respublika byudjeti va valyuta rejasining bajarilishi yuzasidan hisobot tayyorlaydi va uni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi; 5. Xalq xoʻjaligi tarmoqlari va mintaqalar iqtisodiyoti va moliyasi holatini tahlil qiladi, vazirliklar va idoralarga, shuningdek, mahalliy boshqaruv organlariga korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarda moliya-iqtisod ishlarini tashkil etish boʻyicha uslubiy va amaliy yordamlar koʻrsatadi, 6. Moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish, jamgʻarma fondi va isteʼmol fondi oʻrtasidagi mutanosiblikni takomillashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning moliyaviy jihatlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi; 7. Vazirlik auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi va auditorlik sertifikatini taqdim etadi. Tashkilot saytida auditorlik faoliyatiga oid maʼlumotlar, auditorlik faoliyatining standartlari joylashtiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |