3. Budjet xarajatlarining iqtisodiy mohiyati uning turli tuman ko’rinishlari orqali namoyon bo’ladi. Xarajatlarning har bir turi esa o’zining miqdoriy va sifat xarakteristikasiga ega. Bunda ularning sifat xarakteristikasi voqelikning iqtisodiy tabiatini ifodalab, budjet xarajatlarining mo’ljallganligini, miqdoriy xarakteristikasi esa ularning o’lchamini aniqlashga imkon beradi. Budjet xarajatlari chiqimlarning aniq turlari orqali namoyon bo’ladi. 4. Budjet xarajatlari aniq turlarining xilma xilligi esa o’z navbatida quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisoiy tabiati va funksiyalari; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; budjetning milliy iqtisodiyot bilan bog’langanligi; iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganlik darajasi; budjet mablarining namoyon bo’lish shakllari va boshqalar. Bu omillarning qo’shilishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida har qanday davlat budjetining u yoki bu xarajatlar tizimini vujudga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |