ABERRATSIYA-lotincha aberration-og’ish, chetga chiqish-optik tizimning ideal
holatdan og’ishi natijasida tasvirning buzilishi.
AJRATA OLISH QOBILIYATI-optik tizimning buyumning bir-biriga yaqin
ikki nuqtasini ayrim-ayrim tasvirlay olish qobiliyatini tavsiflovchi kattalik; ajrata
olish limitiga teskari kattalik.
DISPERSIYA- lot dispersio-sochilish-tarkibiy qismlarga ajralish
INTERFERENSIYA-lotincha inter-o’zaro va fer-urilish aralasish-to’lqinlar
(tovush, yorug’lik, elektr va h.k.)ning ustma-ust tushib, bir-birini kuchaytirishi
yoki susaytirishi.
YORUG'LIK- inson ko’zi sezasigan takroriyliklar oralig’idagi elektromagnetik
to’lqinlar
YORUG’LIK OQIMI -yorug’lik jadalligining ko’rish hissi hosil qilish
qobiliyatini hisobga oluvchi tavsifi
O’Z-O’ZIDAN NURLANISH-tashqi elektromagnit maydonning ta’sirisiz
yorug’lik chiqarilishi hodisasi.
SHAFFOFLIK-muhitda yo’nalishini o’zgartirmasdan birlik yo’lni o’tgan
nurlanish oqimini shu muhitga parallel dasta tarzida kirgan oqimga nisbati.
Do'stlaringiz bilan baham: |