Mavzu: O’zbekiston Respublikasi budjet soliq siyosati Bajardi: Mamarizayev Asadbek Tekshirdi: samarqand-2022 kirish I bob


Budjet xarajatlari tarkibi va miqdorining o‘zgarishini budjetsoliq siyosatiga ta’siri



Download 437,54 Kb.
bet5/6
Sana20.06.2022
Hajmi437,54 Kb.
#678628
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Asadbek Mamarizayev Kurs ishi

4. Budjet xarajatlari tarkibi va miqdorining o‘zgarishini budjetsoliq siyosatiga ta’siri
Budjet siyosatining mazmuni aksariyat hollarda budjet xarajatlari va uning tarkibiy tuzilmasi orqali namoyon bo‘ladi. Shu munosabat bilan bu o‘rinda budjet xarajatlarining mazmun-mohiyati, tarkibi, tuzilmasi va klassifikatsiyasi to‘g‘risida aniq tushunchaga ega bo‘lish lozim. Davlatning o‘z funktsiyalari va vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan chiqimlar budjet xarajatlari deyiladi.
Budjet xarajatlari davlatning asosiy funktsiyalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Davlatning funktsiyalari sifatida ijtimoiy sohalarni moliyaviy ta’minlash, iqtisodiyotning barqaror o‘sishiga ta’sir etish, davlat boshqaruvi, mudofaa, tartibni saqlash, ekologiyani tartibga solish kabi yo‘nalishlardan iborat. Davlat budjeti xarajatlari tarkibi “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra belgilangan. Funktsional nuqtai-nazardan budjet xarajatlarining klassifikatsiya qilinishi ijtimoiy faoliyat sohalariga pul mablag‘larining yo‘naltirilganligini aks ettiradi. Buni 2.2-rasm ma’lumotlarida ko‘rish mumkin. Budjet xarajatlarining tarmoq belgisi bo‘yicha guruhlarga ajratishning asosiga milliy iqtisodiyot (xo‘jalik)ning umume’tirof etilgan tarmoqlarga bo‘linishi qabul qilingan.

2.2-rasm. Budjet xarajatlarining asosiy yo‘nalishlari
Shunga muvofiq ravishda budjet xarajatlari sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa, maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi, mudofaa va h.k. xarajatlariga bo‘linishi mumkin.(2.3-rasm)
Budjet xarajatlarining budjet tizimi bo‘g‘inlari darajasiga ko‘ra yo‘nalishlari 2.4-rasmda aks ettirilgan. Umumdavlat ahamiyatiga ega xarajatlar respublika budjetidan moliyalashtiriladi. Mahalliy ahamiyatga ega xarajatlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari asosida mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladi. Budjetda daromadlarni xarajatlarning konkret turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha biriktirilishi printsipi bo‘lmaganligi uchun bu erda budjet resurslari bilan keng manyovr qilish va shunga muvofiq ravishda davlatning ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘lari har qanday zaruriy yo‘nalishda foydalanilishi mumkin. Budjet xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funktsiyalarga, milliy xo‘jalikning ehtiyojlariga




2.4-rasm. Budjet xarajatlarining budjet bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlanishi

bog‘liq hamda budjet mexanizmi orqali ishlab chiqarish va iste’molning ba’zi


bir omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan belgilanadi.
Budjet xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funktsiyalarga, milliy xo‘jalikning ehtiyojlariga bog‘liq hamda budjet mexanizmi orqali ishlab chiqarish va iste’molning ba’zi bir omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan belgilanadi. Quyida keltirilgan 2.9-jadvalda biz O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining xarajatlari tizimini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu xarajatlar 2011 yilda 59,5 foizni 2012 yilda 58,0 foizni, 2013 yilda 59,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilda 59,5 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Jumladan, ta’lim xarajatlari 2011 yilda 34,7 foizni 2012 yilda 33,5 foizni, 2013 yilda 34,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilda 34,0 foizni, 2014 yilda 33,65 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan.
Sog‘liqni saqlash xarajatlari 2011 yilda 13,1 foizni 2012 yilda 13,1 foizni,
2013 yilda 14,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilda 14,2 foizni, 2015 yilda 14,15 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Madaniyat va sport xarajatlari 2011,
2012 yillarda 1,1 foizni, 2013 yilda 1,0 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilda 1,1
foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Fan xarajatlari 2011, 2012 yilllarda 0,7 foizni, 2013 yilda ham 0,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilda 0,6 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Ijtimoiy ta’minot xarajatlari o‘zgarmas tendentsiyaga ega ya’ni, 2011, 2012, 2013 yillarda 0,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilda ham 0,4 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Oilalarga ijtimoiy nafaqalar (shu jumladan, bolali onalarga) xarajatlari 2011 yilda 9,3 foizni 2012 yilda 8,8 foizni, 2013 yilda 7,0 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilda 6,0 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan.
Iqtisodiyot xarajatlari 2011 yilda 11,5 foizni, 2012 yilda 11,0 foizni, 2013
yil 10,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilda 10,7 foizni, 2015 yilda 10,7 foizni
tashkil etishi rejalashtirilgan. Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari 2011 yilda 5,6 foizni, 2012 yilda 4,9 foizni, 2013 yil 4,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilda 4,8 foizni, 2015 yilda 4,74 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Davlat hokimiyati, boshqaruv va sud organlarini saqlash xarajatlari 2011 yilda 2,8 foizni, 2012 yilda 2,9 foizni, 2013 yil 3,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilda 3,2 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Fuqarolarni o‘z-o‘zini boshqarish organlarini saqlash xarajatlari 2011 yilda 0,9 foizni, 2012 yilda 0,9 foizni, 2013 yil 1,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilda ham 1,1 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan quyidagi xarajatlar
amalga oshiriladi:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
2) davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
3) iqtisodiyot xarajatlari;
4) respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari buyurtmachi bo‘lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;


XULOSA
2020 - yil uchun hudlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan soliq-byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlari va byudjet loyihasi mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishga, makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlashga, barqaror yuqori iqtisodiy o`sish sur`atlariga erishiga, iqtisodiyot va jamitya ijtimoiy hayotini muvozanatli rivojlantirishga, aholining farovonligi va turmush darajasini oshirishga yo`naltirilgan mamlakatda yuritilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat doiraisda ishlab chiqilgan. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, respublikamizda soliq siyosati davlatning maxsus vakolatli organlari tomonidan ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Soliqlar bo`yicha har bir hokimiyat organi maxsus vakolatlarga ega bo`lib, ularning har biri o`z faoliyatlarini samarali olib borishda ushbu vakolatlardan foydalanadi. Bunda vakolatli organlar sifatida barcha hokimiyat organlari, jumladan, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari birgalikda faoliyat ko`rsatadi va unda Davlat soliq qo`mitasi soliq siyosatini amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan vazifalarni bajaradi.
Byudjet daromadlarini shakllantirishda yana bir muammo soliqlarni to’g’ri hisoblanmasligidir. Bu muammolarni hal etishda soliq nazorati va xorij tajribasidan foydalangan holda amaliyotga tatbiq etilayotgan soliq maslahatining ahamiyatini kuchaytirish lozim. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti nafaqat xarajatlari orqali, balki daromadlarini shakllantirish jaryonida ham iqtisodiyotni boshqaradi va tartibga soladi. Bunday holat birinchidan, soliq yukini kamaytirish orqali yuridik va jismoniy shaxslarga iqtisodiyotni rivojlantirishga o`z hissalarini qo`shishlariga imkoniyatlar berishdan iborat bo`lsa, ikkinchidan soliq stavkalarini kamaytirish orqali soliq to`lovchilar va soliq ob`ektlarini ko`paytirishni yuzaga keltiradi, uchinichdan esa soliqdan imtiyozlar berish orqali iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish, davlat ahamiyatiga ega bo`lgan sohalarni rivojlantirishga sabab bo`ladi.



Download 437,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish