Mavzu: O’zbekiston respublikasi bank tizimini rivojlantrish ko’rsatkichlari


O’zbekiston respublikai bank tizimi tuzilishi



Download 409,04 Kb.
bet3/4
Sana14.06.2022
Hajmi409,04 Kb.
#669321
1   2   3   4
Bog'liq
bank boyicha kurs ishi5

O’zbekiston respublikai bank tizimi tuzilishi.

Moliya bozoridagi operatsiyalar moliya muassasalari vositasida amalga oshiriladi. Bunday mussasalarga turli xil banklar, birjalar, depozitariylar, sug’urta kompaniyalari, investitsiya fondlari, agentliklar va h.k.lar kiradi.
«Bank» tushunchasi qadimiy fransuzcha bang va banca so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, «sarrof kursisi, do’koni» degan ma’noni anglatadi. Bunday tushuncha tarixchilarning taxminan 2000 yil muqaddam faoliyat ko’rsatgan bankirlar haqidagi ma’lumotlarida ham mavjud.
Pul munosabatlarining rivojlanishi banklarni yuzaga keltirgan. Bank iqtisodiyot ishtirokchilarining pul yuzasidan bo’lgan aloqalariga xizmat qiluvchi institut (muassasa)dir. Pul bilan bog’liq xizmatlarni ko’rsatuvchi tashkilotlar ko’p, ammo ularning markazida banklar turadi. O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunida, bank nima, degan savolga quyidagicha javob topish mumkin:
Bank - tijorat tashkiloti bo’lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir.
O’zbekistondagi bank tizimi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, aktsiyadorlik-tijorat banklari va xususiy banklardan iboratdir. 2016 yil 1-yanvar holatiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi bank tizimi 29 tijorat bankini o’z ichiga oldi.
Banklar pul olamini harakatga keltiruvchi motor - yurak, pul bilan bo’ladigan hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Hamma pul to’lovlari (transfertlar) banklar orqali o’tadi. Banklar quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • pul va qimmatli buyumlarni omonatga olib, saqlab beradi;

  • pul bilan bo’ladigan hisob-kitob opretsiyalarini, xususan, pul to’lash ishlarini bajaradi;

  • chet el valyutasini sotadi va sotib oladi;

  • o’z qo’lidagi pulni qaytarish, foizlilik va muddatlilik sharti bilan unga

(muhtojlarga) qarz (ssuda)ga beradi, ya’ni, kredit bilan shug’ullanadi; - o’z puliga aktsiya sotib olib, uni boshqa sohaga joylashtiradi; - biznes yuzasidan maslahat beradi va hokazo.
Bank ishi pul olamida bo’ladigan biznesdir. Bank biznesi foyda topish maqsadida yuritiladi.
Markaziy bankning monopollik mavqei uning mamlakatdagi pul va pirovard natijada iqtisodiy barqarorlik uchun alohida javobgar ekanligi bilan chambarchas bog’liq.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh maqsadi va asosiy vazifalari quyidagilar:
“Markaziy banning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Asosiy vazifalari:
Monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;
O’zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va ta’minlash;
Banklar,kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish,banklar, kredituyushmalari, garovxonalarni nazorat qilish, qimmatbaho qog’ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;
O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta rezervlarini, shu jumladan kelishuv bo’yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish;
Davlat byudjeti kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir”
Tijorat banklari Markaziy bankda o’z qisqa muddatli va o’rta muddatli majburiyatlaridan muayyan foiz hajmida eng kam zahira deb yuritiladigan foizsiz omonatlarni saqlashga majbur.
Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qilishda o’zining mintaqaviy bo’linmalari orqali kredit muasasalaridan majburiy ravishda axborot, oylik hisobot va yillik yakuniy balans ma’lumotlarini taqdim etish asosida qatnashadi.
Kredit muassasalarining bo’ysinishiga qarab bank qonunchiligi hamda kredit tizimining pastdan yuqoriga tomon tarkibiy tuzilishiga muvofiq tarzda bank tizimini ikki asosiy: bir bosqichli va ikki bosqichli turga ajratish mumkin.
Bir bosqichli bank tizimi doirasida barcha kredit muassasalari, jumladan, Markaziy bank ham, yagona bosqichda turadi hamda mijozlarga kredit - hisob xizmati ko’rsatishda bir xil vazifalarni bajaradi.
Ikki bosqichli tizimda banklar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bo’yiga (vertikal) va eniga (gorizontal) yo’nalishlarida tuzilishiga asoslanadi. Vertikal – rahbarlik qiluvchi, boshqaruvchi markaz hisoblangan Markaziy bank bilan quyi bo’g’inlar – tijorat va ixtisoslashgan banklar o’rtasidagi bo’ysunish munosabatlari, gorizontal-turli quyi bo’g’inlar o’rtasidagi teng huquqli sheriklik munosabatlari tushuniladi.
Bank tizimlari murakkab, ko‘p bo‘g‘inli tuzilmaga ega. Agar sinflarga ajratishda asos qilib, mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar tavsifini oladigan bo`lsak, zamonaviy kredit tizimining uchta muhim elementini ajratish mumkin: markaziy bank; tijorat banklari; ixtisoslashgan (sug‘urta, ipoteka, jamg‘arma) moliyaviy muassasalar. Nemis prof. X.E. Byushgen tahriri ostidagi eng yaxshi darsliklardan biri bo‘lgan “Bank ishi” kitobida bank tizimi universal va ixtisoslashgan banklar, emission bankdan iborat, deb ta’kidlanadi. Markaziy bank yetakchi – banklarning banki rolini bajaradi. Bank tizimi – “o‘z-o‘zidan shakllanuvchi”, sababi iqtisodiy ahvolning, siyosiy vaziyatning o‘zgarishi bank siyosatining “avtomatik” o‘zgarishiga olib keladi. Iqtisodiy inqirozlar va siyosiy beqarorlik davrida bank tizimi ishlab chiqarishga ajratadigan uzoq muddatli investisiyalarni qisqartiradi, kreditlash muddatlarini kamaytiradi, daromadlarini asosiy emas, balki ko‘proq qo‘shimcha faoliyat turlari hisobidan oshiradi. Bank tizimi turg‘un holatda bo‘lmaydi, aksincha, u doim harakatda, o‘zgarishda. Birinchidan, bir butunlik sifatida bank tizimi doim harakatda, unga yangi tarkiblar qo‘shilib turadi, shuningdek, u mukammalashib boradi. Ikkinchidan, bank tizimi ichida muntazam ravishda yangi aloqalar yuzaga keladi. Munosabatlar markaziy bank bilan tijorat banklari o‘rtasida ham, shuningdek, o‘zaro ham shakllanib boradi. Banklar banklararo kredit bozorlarida qatnashadilar, savdoga “uzun” va “qisqa” pullarni chiqaradilar, bir-birlaridan pul resurslarini sotib oladilar. Banklar bir-biriga o‘zgacha, masalan, korxonalarni moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarda ishtirok etish, birlashma va uyushmalar tashkil etish kabi xizmatlar ham ko‘rsatishi mumkin. Hozirgi vaqtda deyarli barcha bozor iqtisodiyoti mamlakatlarda ikki darajali bank tizimlari yaratilgan va faol rivojlanmoqda, ularning birinchi darajasida emission, qonun yaratuvchi, nazorat va boshqa faoliyat turlarini amalga oshiruvchi mamlakatning markaziy banki faoliyat ko‘rsatmoqda; ikkinchi darajasida esa – tijorat banklari.


O’zbekiston Respublikasida bank tizimi tuzilishi. (1-rasm)



Download 409,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish