Mavzu: O'zbekiston qishloq xo'jaligi va uning milliy ikdisodiyotda tutgan o'rni
Reja:
I.Kirish
1. Qishloq xo`jaligi- agrosanoat majmuasining asosiy bo`g`ini. Uning o`ziga xos xususiyatlari
2. Qishloq xo`jaligining iqtisodiyotda tutgan o`rni va ahamiyati
3. Shirkat xo`jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari
4. Fermer xo`jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari
5. Dehqon xo`jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari
II.Xulosa
III.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Ma‘lumki, agrar sohadagi ishlab chiqarish ko’pincha yer bilan bog’liq bo’ladi. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish hamda o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi.
Qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishining o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, bu yerda iqtisodiy qonunlar bilan tabiiy qonunlar bevosita bog’lanib ketadi, chunki agrar sohadagi ishlab chiqarish tirik mavjudotlar – yer, o’simlik, chorva mollari bilan bevosita bog’liqdir. Bu yerda yer - mehnat ashyosi (predmeti) va asosiy ishlab chiqarish vositasi, xo’jalik yuritish ob‘ekti bo’lib, u eskirmaydi, yeyilmaydi, unga munosabat yaxshi bo’lsa, uning unumdorligi yaxshi bo’ladi.
Agrosanoat majmuasining asosini, yadrosini qishloq xo`jaligi tashkil etadi. Agrosanoat majmuasiga kiruvchi barcha tarmoqlar aynan qishloq xo`jaligi bilan bog`langan. Ularning ayrimlari qishloq xo`jaligi uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarib, yetkazib bersa, boshqalri qishloq xo`jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni tayyorlaydi, ularni qayta ishlaydi va tayyor mahsulotlarni iste`molchilarga yetkazib beradi. Ko`plab sohalar esa shu tarmoqlarning bir me`yorda ishlashi uchun xizmatlar ko`rsatadilar.
O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining eng yirik tarmog`i qishloq xo`jaligidir. U, eng avvalo, aholining oziq-ovqatga bo`lgan talabini qondirishga xizmat qiladi. Bu borada O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi juda katta yutuqlarga erishdi. Respublika qishloq xo`jaligi oziq –ovqat mahsulotlarining deyarli asosiy qismini aholimiz uchun yetarli muqdorda yetishtiradi. Qishloq xo`jaligi sanoatni xomashyo bilan ta`minlaydi. Bugungi kunda mamlakat yengil va to`qimachilik sanoatda ishlatilayotgan tolaning 60 foizidan ortiqrog`i o`zimizda ishlab chiqarilgan paxta tolasidir.
Qishloq xo’jaligida foydalanadigan barcha ishlab chiqarish vositalari xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo’lish mumkin. Hozirgi paytda qishloq ho’jaligida xo’jalik yuritishning asosiy ko’rinishlari fermer va dehqon shakllarida bo’lib, ulardan ishlab chiqarish jarayonlari turli iqlim va tuproq sharoitlaridan foydalanish asosida olib boriladi.
Qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan barcha ishlab chiqarish vositalar (traktorlar, mashinalar, transport vositalari, bino, inshootlar, ko’p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva hamda ish hayvonlari) kapital tarkibini tashkil qiladi. Aylanma kapitalga quyidagilar kiradi: yosh va boquvdagi hayvonlar, yem-xashak, urug’lik fondlari, kimyoviy o’g’itlar, hizmat muddati bir yildan kam bo’lgan turli xil ishlab chiqarish vositalari – invertarlar, yoqilg’i va moylash materiallaridan iborat bo’ladi. Kapital doiraviy aylanib turadi, ya‘ni pul shaklidan ishlab chiqarish shakliga, undan tovar shakliga o’tib, yana pul shakliga qaytib keladi.
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vaqti uzoq davom etadi va ish vaqti kunlar bilan belgilanadi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish jarayoni mavsumliyligi bilan xususiyatlidir. Masalan, kombaynlar, turli ekish asboblaridan qisqa vaqtda foydalaniladi. Aholini nisbatan zichligi, qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarning cheklanganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinadi, unga davlat mulki saqlanib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |