Daromadlarni qayta taqsimlash schyotlari. Iqtisodiyot sektorlari o’rtasida bo’ladigan daromadlarni qayta taqsimlash opreatsiyalari ikki schyotda ifoda etiladi. Birinchi schyot Pul holidagi daromadlarni qayta taqsimlash schyoti ikkinchisi Natura holatidagi daromadlarni qayta taqsimlash schyoti deb ataladi.
Bu schyotlarni tuzishdan ko’zlangan asosiy maqsad, iqtisodiyot sektorlarining ishlab chiqarish faoliyatlari natijasida topgan birlamchi daromadlarini qayta taqsimlash jarayoni ifoda etishdan iborat. Qayta taqsimlash jarayoni rezident birliklar o’rtasida va rezidentlar bilan norezidentlar o’rtasida bo’lishi mumkin. Quyida xar ikkala schyotni alohida-alohida ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |