Xususiy iste’mol xarajatlari. MHT atamalarida uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari xususiy (shaxsiy) iste’mol xarajatlari deb yuritiladi. Uy xo’jaliklarining shaxsiy iste’mol xarajatlariga quyidagilar kiradi: uzoq vaqt fodalaniladigan predmetlar (buyumlar), joriy iste’mol tovarlari va turli xizmat turlari uchun iste’mol xarajatlari. Yuqorida keltirilgan formuladagi “UPI” mamlakat aholisining qayd qilingan xarajatlarini yig’indisi sifatida aniqlanadi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, ushbu xarajatlarning YAIMdagi ulushi boshqa harajatlarga nisbatan katta miqdorni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |