II Bob. Malayziya davlatining turizm salohiyati hamda o’ziga xos xususiyati. 1.Malayziya turizm salohiyati. OʻZBEKISTON-MALAYZIYA MUNOSABATLARI
Malayziya Oʻzbekiston mustaqilligini 1992-yil 1-yanvarda tan olgan. Ikki mamlakat oʻrtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 21-fevralda oʻrnatilgan.
Ikki tomonlama doʻstona va oʻzaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishda tamal toshi Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1992-yil va Malayziya Bosh vaziri Moxatxir Mohammadning 1993-yilgi rasmiy tashriflari chogʻida qoʻyildi. 2003-yil esa Oʻzbekistonga Malayziya podshohi Tuanku Sayyed Sirajuddin Sayyed Jamalullayl tashrif buyurgan.
Ikki tomonlama munosabatlardagi soʻnggi muhim voqealar sifatida Oʻzbekiston davlat Rahbarining 2005-yil oktabr oyidagi Malayziyaga va unga javoban 2008-yil noyabrda ushbu davlat Bosh vaziri Ahmad Badaviyning Oʻzbekistonga davlat tashriflari qayd etildi va bu tadbirlar chogʻida oʻzaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarida bir nechta hukumatlararo shartnomalar imzolangan.
2010-yilning aprel oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri D.Tashmuhamedovaning Malayziyaga safari amalga oshirilgan.
2010-yil iyul oyida Malayziya tashqi ishlar vaziri Anifa Aman Oʻzbekistonga rasmiy tashrif amalga oshirgan.
Tomonlarning o‘zaro munosabatlarni jadallashtirishda ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida oʻtkaziladigan siyosiy maslahatlashuvlar katta ahamiyat kasb etadi. Oxirgi 4-yigʻilishi 2019-yilning 12-sentabrda Toshkentda oʻtkazilgan.
2020-yil fevral oyida Malayziya Parlamentida 5 nafar deputatlardan iborat “Malayziya-O‘zbekiston” do‘stlik guruhi tashkil etildi. 2020-yil may oyida esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 12 deputatlardan iborat “O‘zbekiston-Malayziya” parlamentlararo do‘stlik guruhi tashkil etildi.
2020-yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatida Malayziya parlamentining yuqori palatasi (Senati) bilan parlamentlararo do‘stlik guruhi tashkil etildi. Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining raisi B. Sayfullaev guruh rahbari etib tayinlandi.
2019-yil 14-16-oktyabr kunlari Toshkentda Malayziyaning tashqi savdoni rivojlantirish korporatsiyasi (MATRADE) bilan hamkorlikda biznes-forum o‘tkazilgan. Tadbir davomida Malayziyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida korporatsiyaning Toshkentdagi vakolatxonasi ochilgan.
2020 yil 8 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, tashqi savdo va investitsiyalar vaziri Sardor Umurzoqov va Malayziya Katta vaziri, xalqaro savdo va sanoat vaziri Mohamed Azmin Ali o'rtasida juda keng qamrovli va samarali virtual uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tadbir ko'plab mavzularni qamrab oldi, shu jumladan, Malayziya-O'zbekiston savdo aloqalarini rivojlantirishning bir qancha muhim yo'nalishlari muhokama qilindi. Tomonlar Malayziya va O'zbekiston o'rtasida hamkorlik qilish uchun katta imkoniyatlar borligini tasdiqladilar va ikki mamlakat o'rtasidagi savdo hajmini oshirish zarurligini ta’kidladilar. Malayziya-O'zbekiston Qo’shma savdo qo'mitasi yig'ilishini o’tkazishni qayta yo’lga qo’yishga kelishib olindi. Malayziya tomoni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, tashqi savdo va investitsiyalar vaziri Sardor Umurzoqov taklifini qo’llab-quvvatlab, Malayziya-O'zbekiston ishbilarmonlar kengashini tuzishga kelishib olindi. Muhokama doirasida ikkala mamlakatning COVID-19 tarqalishi bilan kurashishdagi muvaffaqiyatlarini hisobga olgan holda Malayziya va O'zbekiston o'rtasida sayohat va sayyohlik sohasida “travel and tourism bubble” yaratish istiqbollarini o’rganishga ham to'xtalib o'tildi.
2019-yil 18-21-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.S.Qosimov va bosh vazir o‘rinbosari E.M.Ganiev tarkibidagi delegasiya Kuala-Lumpur sammitida ishtirok etish uchun Malayziyaga tashrif buyurdi. Natijalari bo‘yicha “Yo‘l xarita” qabul qilindi.
Oʻzaro savdo aylanmasi hajmi 2020-yil yakuni bo‘yicha 75,76 million dollarni tashkil qilgan.
Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda 2005-yilda Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasida tashkil qilingan Qoʻshma savdo qoʻmitasi katta rol oʻynamoqda. Qoʻmitaning ikkinchi yigʻilishi 2009-yilning 20-oktabrda Toshkentda oʻtkazilgan.
Hozirgi kunda Oʻzbekistonda Malayziya investitsiyasi ishtirokida 31 ta korxona faoliyat yuritmoqda, ulardan 21 tasi 100% Malayziya kapitali ishtirokida faoliyat koʻrsatmoqda.
Malayziya texnik hamkorlik dasturi (MTCP) doirasida tashkil etilayotgan qisqa muddatli oʻquv kurslarida respublika vazirlik va tashkilotlari vakillari doimiy tarzda ishtirok etib kelishmoqda. 2020-yilning sentabr oyiga qadar 630dan ziyod Oʻzbekiston vazirlik va idoralari vakillari MTCP seminarlarda ta’lim olishgan.
2019-yil oktabr oyida Toshkent moliya instituti bazasida Malayziya menejment va tadbirkorlik "Binary" universiteti bilan Oʻzbekiston -Malayziya qoʻshma fakulteti ochilgan.
2020-yil iyun oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi va "Binary" menejment va tadbirkorlik universiteti oʻrtasida Urganchda Universitetning Xalqaro filialini tashkil etish toʻg‘risida uch tomonlama shartnoma imzolangan.
23-26 yanvar kunlari Xorazm viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Malayziya davlatining Kuala-Lumpur shahrida xizmat safari bilan bo‘ldi. Safardan maqsad - Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 29-30 noyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari va 30 noyabr kuni Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi yig‘ilishi bayonining (05.12.2018y, 22531-xx) 38-bandiga asosan sanoat, infratuzilma, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarda Malayziyaning yetakchi tajribalarini o‘rganib, viloyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xorijiy sayyohlarni jalb qilish.
Tashrif davomida viloyat hokimligi vakillari Malayziyaning qator yetakchi korxonalari rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazib, turizm sohasida muayyan kelishuvlarga erishdi. Xususan, Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti va viloyat sayyohlik tashkilotlari bilan Malayziya turistik kompaniyalari va turoperatorlari uyushmasi (MATTA) va «POTO Travel & Tours (M) Sdn. Bhd.», «Best Holidays Tour (M) Sdn. Bhd.» kabi yirik sayyohlik tashkilotlari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. Ma'lumot uchun: Malayziyaning turistik kompaniyalari va turoperatorlari uyushmasi 1975 yilda tashkil topgan bo‘lib, Malayziyaning 3100 ta turistik kompaniyasini birlashtiradi. Muzokaralar davomida Malayziya turistik kompaniyalari va turoperatorlari uyushmasi vitse-prezidenti Sintia Tan xonim bilan viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti direktori v.b. Azizbek Polvonov o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Hujjatga asosan, joriy yilning mart oyi oxirida Xorazm viloyatiga 10dan ortiq yirik sayyohlik tashkiloti, OAV vakillari va blogerlarining tashrifini amalga oshirish, shuningdek, Xorazm viloyatining turistik kompaniyalari vakillarining 2019 yil 18 mart kuni Kuala-Lumpur shahrida o‘tkaziladigan «MATTA TRAVEL MART 2019» turistik yarmarkasida ishtirok etishlarini ta'minlashbelgilab olindi hamda Malayziya turistik kompaniyalari va tur operatorlari uyushmasi tomonidan ushbu turistik yarmarkaga viloyat sayyohlik tashkilotlari tashrifini amalga oshirish bo‘yicha taklifnomalar taqdim qilindi. Malayziyada turizmni rivojlantirish kengashi (Tourism Development Board of Malaysia) direktori o‘rinbosari Rosno Mustafa bilan o‘tkazilgan uchrashuvda viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan Xorazm viloyatining turistik salohiyati va madaniy tarixiy merosi taqdimoti o‘tkazildi. “Ushbu uchrashuvlar davomida Malayziya tomonining alohida qiziqishi O‘zbekiston, xususan Xorazm viloyati bilan diniy, gastronomik, ekologik, madaniy-tarixiy va ta'lim sayyohlik yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga qaratildi, viloyatning muqaddas joylariga malayziyaliklar sayohatlarini uyushtirish va O‘zbekistonning islomiy qadriyatlari bilan ularni tanishtirish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida Malayziyada turizmini rivojlantirish kengashi (Tourism Development Board of Malaysia) direktori o‘rinbosari Rosno Mustafa bilan viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti o‘rtasida Malayziyaning yirik ishbilarmon va salohiyatli investorlarining Xorazm viloyatiga tashrifi, mintaqada istiqbolli sarmoyaviy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish va Malayziya kompaniyalari tomonidan viloyatning turizm sohasi sub'yektlari xodimlari uchun malaka oshirish kurslari va seminarlarini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi”, - deya ma'lum qiladi viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti direktori v.b Azizbek Polvonov.