I Bob.Indoneziya davlatiga turizm marshrut va salohiyatning o’ziga xosligi. Qadimiy marshrutlar insoniyatning to buyuk geografik kashfiyotlarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Dastlabki marshrutlar oldindan o’rganiladigan joylarga sayohatlar uyushtirish hisoblanadi. Insoniyat taraqqiyotida qadimiy ibtidoiiy odamlarning ovqat izlab ko’chib yurishlarining izlari ham hozir topilgan, isbotlangan. Eng katta va dastlabki sayohat Misr firavni Nexao topshirig’i bo’yicha Afrikaning dengiz qirg’oq chiziqlari bo’ylab amalga oshirilgan 3 yillik sayohat hisoblanadi. Bu sayohatni Finikiyaliklar amalga oshirdi. Ular kemalarda qizil dengizdan hind okeaniga chiqishdi. 3 yildan so’ng Gibraltar bo’g’ozidan o’tib O’rta yer dengizi orqali Misrga yetib kelishdi. Bunday sayohatlar tarixda juda ko‗plab qayd qilingan. Nexao topshirig’i bo’yicha fininiyaliklar sayohtini keltirganimizning bosh sababi shundaki, aynan shu sayohatdan keyin 2 ta qit‘a nomlandi: 1. «acy», «azy» - kun chiqar – keyinchalik Osiyo nomi 2. «ereb» - kun botar – keyinchalik Yeropa nomi Qadimiy marshrutlarni harakatlanish jihatidan 2 xil sharoitga bo’lishimiz mumkin: 1. Dengiz – suv yo’li marshrutlari. 2. Quriqlikdagi marshrutlar. Dengizlar orqali amalga oshirilgan marshrutlar: Fernando Magellanning yer shari bo’ylab sayohati, Robert Skott va Raul Amundsenning shimoliy va janubiy qutblarga sayohatlari, Semyon Dejnyov va Vitus Beringning shimoliy muz okeani bo’ylab sayohatlari, M.Lazarov va N.Lisyanskiyning janubiy qutbga sayohati, Mikluxo Maklay sayohati, Xristofor Kolumb va Jeyms Kukning okeanlar bo’ylab sayohatlari marshrutlari Quruqlikda o’tgan eng katta marshrut – «Buyuk ipak yo’li» marshruti hisoblanadi. Shuningdek, xitoylik Chjan Syan yurgan yo’l ham jahondagi eng katta marshrutdir. Buyuk geografik kashfiyotlar davridagi marshrutlarga 1490-1504 yillardagi Xristofor Kolumb, Amerigo Vespuchchi, Vasko da Gama, Jeyms Kuk, David Livingiston, Afanasiy Nikitiy, D.Tasman, Mikluxo Maklay, D.Dikson va boshqa sayyohlar ochgan marshrutlar kiradi. Yangi zamonaviy marshrutlar Yevropada va Amerikada dastlabki avtomobillar, poyezdlar va samolyotlar, bug’ bilan suzadigan kemalar ixtiro qilingan 17-18 asrlar to’g’ri keladi. O„zgartirilgan marshrutlarni inson o’zi uchun qulaylik, sharoit yaratadigan geografik relf shakllari o’zgarganidan keyin o’zgartiradi. Albatta, yangi yo’l oldingisiga (eskisiga) qaraganda o’zining xavfsizligi, qulayligi, harakatlar uchun ko’plab sharoitlar, imkoniyatlar mavjudligi bilan ajralib turadi. O’zgartirilgan marshrutlar ko’pincha davlatlar o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy me‘yorlarning buzilishidan kelib chiqadi. Xudi shuningdek, davlat ichidagi marshrutlar yangi shaharlar qurilishi, boy tabiiy mineral resurslarning ochilishi bilan bog’liq bo’ladi. Sanoat ob‘ektlarining markazlashuvi, arxeologik topilmalar va tabiat qo’riqxonalarining tashkil qilinishi ham ko’pincha yangi marshrutlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. O„zgarmaydigan marshrutlar – barcha yo‗llar Rimga olib boradi shiorida bo’ladi va asosan dunyoning qadimiy – tarixiy obidalari, diniy rahnomalar dafn etilgan joylar, tabiatning noyob haykallari joylashgan manzillar bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, Misrdagi piramidalar, Xitoy, Hindiston, Tailanddagi qadimiy, toshdan qurilgan ibodatxonalar, Makka, Madina, Quddus, Buxoro, Samarqand, Xiva, Vatikan kabi shaharlarga, tabiat haykallari, Niagara sharsharasiga, g’orlar, buloqlar, tog’larga boriladigan marshrutlar o’zgarmaydi. Shaharlar, davlatlar o’rtasidagi temir yo’l, havo yo’li, avtomobil yo’llari marshrutlari ham deyarli o’zgarmaydi. «Buyuk Xitoy devori» bo’ylab o’tgan marshrut ham bu devor to yo’qolib ketguncha harakatda bo’ladi, o’zgarmaydi. Tiklanadigan marshrutlar. Bunday marshrutlar asosan qadimiy marshrutlar bo’lib asrlar o’tishi va ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli, marshrutda transport turlarining o’zgarishi tufayli dastlabki ahamiyatni umuman yo’qotgan marshrutlar hisoblanadi. Masalan: Eramizdan oldingi II-III asrlarda mashhur bo’lgan, asosan tuya karvonlari bilan harakatlanadigan «Buyuk ipak yo’li» marshrutini tiklash uchun xalqaro harakatlar boshlandi. O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov 1995 yil 2 iyunda 1162 raqamli «Buyuk ipak yo‗li»ni qayta tiklashda O’zbekiston Respublikasi ishtirokini avj oldirish va Respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to’g’risida» farmonini qabul qildi. «Buyuk ipak yo’li» marshrutini tiklash mumkin. Bu tiklash qadimiy yo’l marshruti aniqlanib zamonaviy avtomagistral yoki zamonaviy temir yo’l transporti tarmoqlariga aylanishi ham mumkin. Lekin tuya karvonlari marshrutini ekzotik turizmni rivojlantirish uchun qisqa-qisqa masofalarda tashkil qilish mumkin. Tiklanmaydigan marshrutlar ham imperiya davlatning yoki alohida davlatning parchalanib ketishi, shaharlar, sanoat markazlarining salohiyati pasayishi yoki ilmiytexnika taraqqiyoti rivoji bilan o’z mavqeini yo’qotadi. Masalan: Xristofor Kolumb yoki Fernando Magellanning okeanlararo kemalarda o’tkazgan, oylab muddatlar ketgan dengiz marshrutlarini tiklashga hech hojat ham, zarurat ham yo’q. Bunday marshrutlarni tiklash va turizmda foydalanish iqtiodiy jihatdan haddan tashqari qimmat bo’lishi tushunarli holatdir. Bu marshrutlarni zamonaviy samolyotlarda 12-14 soatda bosib o’tishi mumkin bo’lmoqda.
Tashish tizimi
— hozirgi kunda turistlarni piyoda bir joydan boshqa joyga o‘tkazishni istisno qilganda, texnik taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. Umuman, tashish deganda quyidagi tizim nazarda tutiladi:
— hayvonlar (filiar, tuyalar, otlar, eshaklar, itlar kabi jonivorlar) bilan tashish;
— yer usti mexanik harakat vositalari (velosiped, avtomobil, avtobus, tem iryo‘1) orqali tashish;
— havo transporti (vertalyot, samolyot, raketa, dirijabl) dan foydalanish;
— suv transporti (qayiqlar, sollar, daryo va dengiz, suv usti va osti kemalari) dan foydalanish. Hozircha insonning texnik tafakkuri harakatlanishning boshqa vositalarini o ‘ylab topgan em as va bundan o ‘zgasini xayol qilish - ilmiy fantastik hikoyalar sujetlarining mahsulidir. T uristlarni bir joydan b o sh q a joyga olib b o ru v c h ila r ish bosqichlariga, ularning turistik mahsulot tarkibidagi o ‘rniga muvofiq ravishda asosiy va yordamchi tashuvchilarga bolin ad i. Tashishni ish bosqichlariga ko‘ra quyidagilarga bo‘lish mumkin: 1. Transfer, ya’ni turistlarni jo ‘natish joyidagi asosiy tashuvchiga yetkazib berish, turistlarni aéro p o rt term in alid an , vokzaldan mehmonxonagacha eltish ham da xuddi shu operatsiyalam i turistlar vatanlariga qaytayotganlarida bajarish. Bunda asosan ko‘p hollarda avtobus orqali tashiladi. 2. Turistlarni borishlari kerak boMgan uzoq masofalarga eltish. Bunda havo yo‘li, temiryo‘l va suv transportlaridan foydalanib uzoq hududlarga eltib qo‘yi!adi. 3. Avtobus va temiryo‘1 turlarida marshrut bo‘yicha olib yurish, bunda tashish bosqichi aslida turning zaruriy va asosiy elementi boMadi, tashish vositalari esa, ko‘pincha tunash joylariga aylanadi, bunga dengiz sayohatiga doir marshrutlarni ham kiritish mumkin. 4. Ekskursion yo‘nalishlardagi tashish, masalan, shaharbo‘yicha, tem atik bogMardagi va boshqa tashishlar. 5. Shopping turlar uchun yuk tashish. Jovlashtirish turizmning eng muhim elementidir. Joylashtirish (tunash) bo‘lmasa turizm ham boMmaydi. Bu katta darom ad olishga tashna bo‘lgan harqanday turistik hudud va markaz iqtisodiyotining qat’iy talabidir. Mehmonxona industriyasi (Izoh: shuni ta ’kidlash kerakki, turistlarni boshqa joy va mamlakatga jo ‘natish ham mahalliy g‘aznaga soliqlar ko‘rinishida foyda keltiradi. Shubilan birga, agar turistlarni qabul qilish uchun joylashtirish maskanlari, tashish vositalari, attraksiyalar va boshqalaming rivojlangan industriyasi zarur boMsa, jo‘natish mahalliy hokimiyatdan shu industriya taraqqiyoti uchun anchagina kam kapital mablag‘ talab qiladi) m ehm ondo‘stlik tizim ining mohiyatidir. U insoniyat tarixidagi har qanday ijtimoiy formatsiyaga xos boMgan m ehm onni hurmat qilish, uni qabul qilib olish va xizmat ko‘rsatish tantanalari kabi, eng qadimgi an’analaridan kelib chiqadi. Shuni ta’kidlash kerakki, mutlaqo tranzit turistlar va ekskursion xizmat ko‘rsatish hisobiga yashaydigan turistik markaz va joylar ham mavjud. Lekin, bu holda yaxshi foyda olish uchun turistik mahsulot va tovarni sotishda ustamonlik bilan tashkil qiluvchilik xususiyatga ega boMish kerak. Joylashtirish vositalari va tizim i, ya’ni asosiy vositalar — bular vaqtincha kelib ketuvchilarga (mijozlarga) turli darajada xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq holda ularni qabul qilish va tunashlarini tashkil etish bo‘yicha maxsus moslashtirilgan turli xildagi va ko‘rinishdagi (chayladan tortib to ulkan m ehm onxonaiargacha boMgan) binolardir. M ehmonxona sohasidagi o‘rinlarning soni turistlarni qabul qilish borasida turistik markaz yoki hududning imkoniyatini baholashda foydalaniiadigan eng asosiy ko‘rsatkichdir. M asalan, tu ristik markazga kelib ketuvchi turistlarsonini namoyish etuvchi nollarning soni istalgancha bo‘lgan har qanday raqam ni o‘ylab topish m um kin va bu ishni rahbariyat oldida o‘z faolliklarini isbotlashga intilgan mahaliiy m a’muriyat chinovniklari doim o amalga oshirib keladilar. Lekin, m ehm onxonalardagi joylarning soni m azk u r tu ristik markazida turistiarningjoylashuvi uchun mavjud boMgan joylashtirish vositalarining hajmi va haqiqiy imkoniyatlarini aniq belgilab beradi. Joylar (nom erlar) fondini to ‘liq ishlatish jadalligi esa, m ahaliiy m a’muriyat va turizm tashkilotchilari faoliyatidagi sam aradorlikni unga muvofiq holda aniqlab beradi. Nom aqbul rejalashtirish (yoki uni yo‘qligi) shunga olib keladiki, joylashtirish mavsum paytida mumkin bo‘lgan imkoniyatdan oshib ketadi va hattoki tunash uchun pulni oldindan to ‘lab qo‘ygan turistlar ham chalkashlik tufayli ko‘chada qolib keladilar. (Izoh: bunday hollar mavsumning ayni qizigan paytlarida tez-tez bo‘lib turadi). M ehmondo‘stlikning (mehmon qabul qilish) bugungi industriyasi bu hudud yoki turistik markaz xo‘ja!igining eng kuchli tizim idir va turizm iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismidir. M ehm on qabul qilish industriyasida kollektiv (jam oa) va individual (yakka) joylashtirishni turli xildagi otellar, m ehm onxonalar, m otellar, yoshlarning xostel va yotoqxonalari, apportomentlar, turistik xutorlar tashkil etishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |