Мавзу: O’zbek xаlqining shаkllаnish jаrаyonini o’rgаnish tаrixidаn



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana29.01.2022
Hajmi0,53 Mb.
#418330
1   2   3   4   5
Bog'liq
ozbek xalqining etnik shakllanishi tarixshunosligi

q
q
q
ning e’ti
q
q
q
odlari, 
q
q
q
immatba
h
h
h
o toshlar bilan bo
g
g
g



li
q
q
q
ba’zi 
odatlar 
h
h
h
am eslatilgan. 
Beruniyning yu
q
q
q
orida eslatib o’tilgan asarlaridan keltirilgan tarixiy-etnografik 
ma’lumotlar o’zbek xalqining etnik tarixini, etnogenezini yoritishda eng ishonchli 
manbalar ekanligiga hech shubha yo’q, albatta. Lekin bu asarlardagi 
ma’lumotlardan foydalanayotgan tadqiqotchi o’rta asr tarixini mukammal bilmasa 
xatoga^yo’l qo’yishi ham mumkin. 
O’zbek xalqi va Markaziy Osiyoda yashovchi boshqa xalqlarning til va etnik 
tarixini o’rganuvchi tadqiqotchi yirik tilshunos olim Mahmud Qoshg’ariyning (XI 
asr) «Devonu lug’otit turk» asarini chetlab o’tolmasa kerak. Mazkur asarda turkiy 
tillarga oid muhim ma’lumotlar qatorida Markaziy Osiyoda yashovchi turkiy 
xalqlar, qabilalar va ularning til xususiyatlari, dialektlar haqida ham fikr-
mulohazalari berilgan. Asarda 80 dan ortiq shahar va qishloqlarning nomlari va 80 
ga yaqin turkiy etnonimlar keltirilgan. Unda yana Sirdaryo sohillarida, Farg’ona, 
Etti suv va SHarqiy Turkistonda turg’un yashovchi turkiy aholi, eron tilli 
so’g’diylar (Mahmud Qoshg’ariyda Sug’dak) va til jihatvdan turklashgan 
so’g’diylar hamda yirik turkiy xalqlar (qarluq, basmil va boshq.) tilga olingan. 
Mahmud Qoshg’ariyning X asr oxirlari va XI asrda Sirdaryo soxillarida, Ettisuvda 
va SHarqiy Turkistonda yashovchi xalqlarning tilini va etnik tarixini o’rganishda 
muxim manba ekanligi haqidagi o’z fikr-mulohazalarimizni oldinroq bildirgan 
edik. SHu o’rinda ta’kidlab o’tish lozimki, Mahmud Qoshg’ariyning asari ba’zi 
afsonaviy ma’lumotdan ham xoli emas. Masalan, asarda turkiy xalqlarning kelib 
chiqishini «Nuh payg’ambar o’g’li YOfasning o’g’li Turk» bilan bog’lanishi, 
Afrosiyobni Qoraxoniy turklarining xoni deyilishi: uning (Afrosiyobning) qizi — 
Kazvin shahrini; hamda Kaz suvi (Balxash ko’li) qirg’og’ida shahar qurilganligi, 
o’g’li Barman — Barman shahrini; boshqa bir o’g’li Balasag’un — Balasag’un 
shahrini bino qilganligi haqidagi ma’lumotlar afsonaviy ma’lumotlardir. Olimning 


bu xildagi qarashlariga tanqidiy qarab, ularni nima sabab bilan keltirganligini 
obdon tushunib olish lozim. 
Arab tilida yozilgan manbalardan yana biri Ibn al-Asirning (1232—33 yy.) 
«Kitob al kamilfit tarix» nomlangan asari. Mazkur asarda bizni qiziqtirayotgan 
X—XII asrlarga oid ma’lumotlar mavjud. Unda shu asrlarda Markaziy Osiyoda 
yuz bergan siyosiy holat, chunonchi qoraxoniylarning Movarounnahr hududini 
egallashi, 
G’arbiy Qoraxoniylar davlatining vujudgakelishi, qoraxitoy 
qabilalarining Ettisuvni va keyin Movarounnaxrni egallab, qoraxoniylarni tobe 
etishi, G’arbiy Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazm shohlar 
o’rtasidagi siyosiy munosabatlar, qarluq, xalach qabilalari Qoraxoniylar 
davlatining siyosiy hayotida tutgan o’rni va bir qancha boshqa masalalar haqida 
gap ketadi. 
Ibn 
al-Asirning 
ma’lumotlaridan 
XII 
asrlarda 
Markaziy 
Osiyo 
mintaqalarining etnik xaritasida ham o’zgarish bo’lganligini tushunib olish qiyin 
emas. Ma’lumki, 999 yil qoraxoniylar somoniylar ustidan g’alaba qozonib, 
Movarounnahrni egallashlari bilan bu hududga Ettisuvdan va SHarqiy 
Turkistonning g’arbiy mintaqalaridan qarluq, chigil, xalach va boshqa turkiy 
qabilalar ko’plab ko’chib o’tadilar va ular qoraxoniylarning harbiy-siyosiy 
hayotida muhim rol o’ynaydilar. Qarluq, xalach va o’g’uz qabilalari G’azna va 
Xorazmning siyosiy hayotida ham faol qatnashganlar. Ettisuvga, bu erlar uchun 
yod bo’lgan yangi etnos — qora xitoylar (qorakidan, kidan) kelib o’rnashdilar va 
o’z hukmronligini o’rnatdilar. Movarounnahr va Ettisuvning etnik tarkibida yuz 
bergan o’zgarishlar o’sha davrning (X—XI asr) etnik taraqqiyotiga muayyan ta’siri 
bo’lgan, albatta. 
Fors tilida ham bir qancha asarlar mavjud. Bularning ham eng asosiylariga, 
(ishimizdagi ba’zi masalalarni yoritish uchun) kerak bo’lgan manbalarning 
ayrimlariga to’xtab o’tmoqchimiz. 
Fors tilida yozilgan asarlardan biri Buxoroning Narshaxiy qishlog’ida 899 yili 
tug’ilgan Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiyning «Buxoro tarixi»dir. Bu 
asar dastavval Narshaxiy tomonidan arab tilida yozilgan. 1128 y. hozirgi Quva 


shaxrida yashagan al-Quboviy nomli kishi tomonidan fors-tojik tiliga tarjima 
qilingan. 
Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida O’rta Osiyoda arablar «istilosi 
natijasida islom dinining tarqalishi (VIII asr) hamda IX—XII asrlardagi Buxoro va 
Buxoro vohasidagi shahar va qishloqlarning iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy va siyosiy 
tarixiga oid ma’lumotlar beriladi. Asarda yana qadim davrlardan turklarning 
Buxoro va uning atroflariga kelib joylashishi, Buxoro xalqining tarixi, Turkiston 
va Etti suv turklari bilan o’zaro siyosiy va etnik aloqalari, Buxoro aholisining 
e’tiqodlari, bayramlari, qoraxoniylar sulolasi xonlarining Buxoroda va uning 
atroflarida qurgan qasrlari va qo’riqxonalari haqida va shunga o’xshash bir qancha 
boshqa masalalar yoritilgan.Asarda keltirilgan ma’lumotlar ilk o’rta asrlarda O’rta 
Osiyo xalqpari siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotini tushunib olishimizga katta 
yordam 
beradi. 
Narshaxiyning 
asarida 
Xurosonda, 
Afg’oniston 
va 
Movarounnahrda yashovchi ayrim turkiy xalqlar va etnik guruxdar ham tilga 
olinadi. Masalan, Qoraxoniy turklari, g’uz (o’g’uz) shular jumlasqdandir. Tilga 
olingan bu xalqlar va etnik guruhlar O’rta Osiyoning siyosiy hayoti va 
etnogenezida sezilarli iz qoldirgan, albatta. 
Etnik tarixni va etnogenezni o’rganish masalasiga oid yana bir muhim manba 
X asrda fors tilida yozilgan «Hudud al-olam» asaridir. Asarning muallifi ma’lum 
emas, shuning uchun ham bu asar ko’pincha «Tumanskiy ko’lyozmasi» nomi bilan 
mashhur bo’lib qolgan.«Hudud al-olam» geografik asar bo’lib, uvda dunyo 
xalqlarining geografik joylanishi, ma’muriy va iqtisodiy sharoitlari batafsil 
yoritiladi. Asarning talay qismi Markaziy Osiyoga bag’ishlangan bo’lib, unda 
mintaqalardagi tabiiy boyliklar, daryolar, cho’l va sahrolar, aholi yashaydigan 
viloyatlar haqida gapiriladi. Masalan: to’g’uz-o’g’uzlar, kimaklar yashaydigan 
hududlar, ularning shaharlari, shuningdek Movarounnahr, Xuroson, Xorazm 
viloyatlari va ularning shaharlari haqida ham qisqa ma’lumotlar berilgan. Bu 
ma’lumotlar asosida X asrda Movarounnahrda, Sirdaryo bo’ylarida, Ettisuv, O’rol 
oldi mintaqalarvda va SHarqiy Turkistonda yashovchi xalqlarning etnik xaritasini 
tasavvur qilish qiyin emas. 


Evroosiyo mintaqalarida joylashgan xalqlar, yirik qabila uyushmalari haqida 
ma’lumot beruvchi manbalar qatoriga Gardiziyning (XI asr) «Zayn ul-axbor» asari 
ko’p yillar davomida tarixchi-tadqiqotchilarning diqqatini o’ziga jalb qilib kelgan. 
Asar fors tilida yozilgan.Asarda Evroosiyo hududlarida yashovchi bir qancha 
turkiy xalqpar va qabilalar, chunonchi qarluq, kimak, qirg’iz, yag’mo, chig’il, 
pecheneg, to’g’uz-o’g’uz (to’qqiz-o’g’uz), hazar, suvor, bulg’or va boshqa 
etnonimlar tilga olinib, ularning joylashgan erlari, xo’jalik faoliyati, e’tiqodlari va 
urf-odatlari yoritiladi. Gardizi bergan axborotlar «Hudud al-olam» va uvdan 
odtsinroq o’tgan mualliflarning asarlaridagi ma’lumotlarni birmuncha to’ldiradi va 
shu bilan Evroosiyo, xususan, Ettisuv, Janubiy Sibir, SHarqiy Turkistonda va 
Sirdaryo soxillarida yashovchi aholining etnik tarkibi borasida aniq tasavvur qilish 
imkoniyatini beradi. 
Turkiy xalqlarning etnik tarixini, uni etnogenezini o’rganuvchi tadqiqotchi 
Muhammad ibn Mansur Marvarudiyning (XII asrning ikkinchi yarmi XIII asr 
boshlari) «Tarixi-Muborakshox» asariga murojaat qilmasdan o’tolmaymiz. Bu asar 
umumiy tarix bo’lib, juda ko’p mamlakatlar va xalqpar haqida ma’lumotlar beradi. 
Bizning ishimiz uchun asarning eng muhim joyi Turkiston va turkiy xalqpar 
haqidagi ma’lumotlaridir. 
Asarda Turkiy xalqlarning juda katta hududda yashaganligi, ularning sharqiy 
chegarasi Xitoy bilan, G’arbiy Rum bilan, shimolda shimoliy xalqlar bilan, 
janubda — Hindistonning baland qorli cho’qqilari bilan tutash ekanligi 
ta’kidlanadi. Turklarning Evroosiyo va arab mamlakatlaridagi o’rni (mavqei) 
hamda ular yuqori madaniyatli xalqlar bo’lganliklari, o’z yozuvlariga ega 
ekanliklari ham asarda qayd qilingan. Asarda 60 dan ortiq turkiy etnonimlar tilga 
olinadi. 
SHaraf ul-zamon Tohir Marvaziy (XII asr boshida yozilgan) asaridan 
keltirilgan ayrim ma’lumotlar ham diqqatga sazovor. Asarning bir bobi Xitoy 
mamlakatiga va Hindistonga bag’ishlangan. SHu bobning katta qismida turkiy 
xalqpar haqida gapiriladi. Marvaziyning asari XII asr boshlarida yozilgan bo’lsada, 
uning turkiy xalqlar haqidagi ma’lumotlari ilk o’rta asrlarni (VI—X asr) to’la 


qamrab olgan. 
Marvaziy o’g’uz, uyg’ur, kun, qay, sariq (shari), kimak, yag’mo, pecheneg, 
qirg’iz, qarluq, xaloch, bulg’or va boshqa etnonimlar haqida muhim ma’lumotlar 
beradi. Asarda tilga olingan qabilalarning etnik tarixi, xo’jalik faoliyati, moddiy va 
madaniy hayoti, e’tiqodlari haqida gapiriladi. So’zsiz, Marvaziyning barcha 
ma’lumotlarini boshqa manbalar bilan solishtirmasdan, chuqur tahlil qilmasdan 
qabul qilib bo’lmaydi. Olimning ishidan foydalangan har bir kishi u bergan 
izoxlarni ham e’tiborga olishi kerak bo’ladi. 
Olmaliq shahrida 1230 yili tavallud topgan, turkiy xalqlardan chiqqan fors-
tojik tilvda asar yozgan tarixchi va shoir Jamol Qarshiyning «Mulhakat as-surah» 
asarida ham ishimizga oid ba’zi ma’lumotlar mavjud. Asarda asosan Mo’g’ul 
xonlari, ayrim tarixiy shaxslar, shahar va viloyatlar (Qoshg’ar, Xo’tan, Xo’jand, 
SHosh, Farg’ona va boshq.) haqida gapiriladi. Biz uchun eng muhimi, asarning 
Qoraxonlar tarixiga bag’ishlangan qismi. Bunda muallif Qoraxonlar xoni (X asr 
o’rtalarida vafot qilgan) Satuk Bug’raxon Abd ul-Karimning va uning yaqinlari 
tomonidan islom dini qabul qilinganligi, islom dinining ko’chmanchi va yarim 
ko’chmanchi xalqiar orasiga kirib borishi hikoya qilinadi. O’sha asrda islom 
dinining chorvadorlar orasida keng tarqalib borishi, ular madaniy darajasining 
o’sishi turg’un aholi bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarning yana mustahkamlanib 
borishida muhim omil bo’lgan. Asarda Qoraxonlar sulolasiga mansub bo’lgan 
xonlarning nomlari keltirilgan. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish