Mavzu: O`zbek xalqining etnologiyasi reja


O`ZBEK XALQI BAYRAMLARI VA MAROSIMLARI MA`NAVIY MADANIYATIMIZ NAMUNALARI



Download 53,11 Kb.
bet4/5
Sana16.01.2022
Hajmi53,11 Kb.
#375669
1   2   3   4   5
Bog'liq
Amaliy 1.1.

O`ZBEK XALQI BAYRAMLARI VA MAROSIMLARI MA`NAVIY MADANIYATIMIZ NAMUNALARI: O`zbek xalqining madaniy marosida xalq ijod qilgan va katta ijtimoiy ahamiyatga ega turli bayramlar, ommaviy o`yinlar mavsumi va xunar-kasb marosimlari alohida o`rinni egallaydi. Bayramlar va marosimlar ijtimoiy va shaxsiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oluvchi va kishilar o`zaro munosabatlarining turli jihatlari va shakllarida namoyon bo`luvchi muayyan urf-odatlar va an`analar, axloqiy printsiplar va huquqiy tartibotlarning tarixan shakllangan yirindisidir.

Ayrim tadqiqotchilarning fikr icha, o`zbek mavsumiy marosimlarini quyidagi turkumlarga tasnif etish mumkin:

1) qishda o`tkaziladigan gap-gashtaq yasa-yusun kabilar;

2) bahorgi marosim­lar - Navro`z, shoxmoylar, lola yoki ki­zil gul sayli, loy tutish kabilar;

3) yozgi marosimlardan «qovun sayli», «choy momo» va xokazolar;

4) ko`zgi marosimlar - xosil yig`imi bilan bog`liq «baraka», shamol chaqirish, o`zum sayli ka­bilar1.

Butun Old va O`rta Osiyoda mashhur Navro`z bayrami va marosimlari juda o’zoq davrlardan beri nishonlanib kelmokda. Bu bayram asli qadimiy dehqonchilik kalendari bilan bog`liq bo`lib, erning shimoliy yarim sharida baxorgi kecha bilan kundo`z teng kelgan kunlari 20-21 martda boshlanadi. O`sha davrda butun tabiat uyg`ona boshlaydi, er bag`ridagi barcha maxluqot va mavjudotlarning, qurt, qumursqalar, o`simlik va o`tlarning jonlanishi ro`y beradi. Bunday yangilanish jarayonining boshlanishi shamsiya (Kuyosh) yili xisobida 21 martga to`g`ri kelgan birinchi yangi kunni Navro`z deb ataganlar. O`rta asrning buyuk mutafakkiri Beruniy mazkur yil hisobining boshlanish oyi hisoblangan Navro`z yangi yilning birinchi kuni bo`lib, uning forscha nomi hali shu ma`noni takozo etadi.

Qadimgi O`rta Osiyoda va Eronda Navro`z nafaqat xalq balki davlat bayrami sifatida ham nishonlangan. Tarixiy ma`lumotlarga qaraganda, odamlarni tabakalarga bo`lib Navro`z bayramini bir oyga cho`zib har besh kunni bir tabaqaga taalluqli deb hisoblaganlar. Ma­salan, Eronda birinchi besh kunlik podsholarniki, ikkinchisi zodagon zotlarniki, uchinchi besh kunlik podsho xizmatkorlariniki, churi-malaylarniki, to`rtinchi besh kunlik va oltinchisi dehqonlarniki hisoblangan.

Navro`z bayrami katta ommaviy sayillar, xalq uyinlari, musobaqalar, sozanda va rakkosalar, masxaraboz va darbozlar ishtirokida o`tadi. Umar Hayyom bergan ma`lumotlarga asoslanib, shuni ta`kidlash mumkinki, 26 asrdan buyon nishonlanib kelayotgan Navro`z bayrami boshlanishi bilan o`zaro urushlar tuxtatilgan, yarashish shartnomalari bitilgan, hatto dafn marosimlari boshqa kunga kuchirilgan. Bu bayram shunchalik ehtiromli, kuvonchli va shodlik kunlari sifatida katta tantanalar bilan nishonlanibgina kolmay, o’zoq yaqin qavmu qarindosh va dustlarni yuqlash, kasallar xolidan xa­bar olish, marxumlar qabrini ziyorat qilish, dustlararo sadokatlikni bildirib inson kadrini e`zozlash kabi odatlarga amal kilingan.

Navro`z ham asli dehqonchilik bilan o`zviy boglik bulgan va unga tayyorgarlik kilish ishlari bilan birgalikda olib borilgan. Hozirgacha Navro`zga tayyorgar­lik dala ishlarini o`tkazish tadbirlari bilan birga o`tkaziladi: bog`-rog`larga gul va kuchatlar ekish, dalalarni ekinga tayyorlash, agrotexnika va moddiy resurslarni taxt qilish, mahalliy o`git to`plash, ariq va zovurlarni tozalash kabi ishlar bajariladi. Butun O`zbekitonda erta baxorda boshlanadigan dehqonchilik ishlaridan loyqa o`tirib qolgan arq-zovurlarni toza­lash, ularni yangi mavsumga tayyorlash alohida e`tibor talab kiladi. Mana shu paytda Surxondaryo, Qashqadaryo va Zarafshon vodiysida loy tutish, Xorazmda qazuv marosimlari o`tkazilgan. Loy tutish marosimini o`tkazish quyidagicha bo`lgan: biror kishi ariq qazuvchilar oldidan o`tib qolsa, uning qo`liga ketmon yoki beliga loy tutqazganlar. Kelgan ki­shi uni loyi bilan olishga majbur bo`lgan. Shunda u o`zining biror hunarini ko`rsatib qutilib ketadi, yoki xasharchilarga ziyofat berishga majbur buladi, yo belgilangan joyning arigini qazib beradi. U qo`shikchi bo`l­sa qo`shiq aytishi, baxshi bulsa doston kuylashi, polvon bo`lsa kurash tushishi, temirchi bo`lsa ariq qazish uchun zarur bo`lgan asbob-uskunalar yasab yoki ularni to’zatib berishi lozim. Agar aytilganlardan birortasini bajara olmasa, u belgilab berilgan erdagi ariqni qazib, so`ng o`z yo`liga ketishi mumkin.

Dehqonchilik va chorvachilik bilan bog`liq yana bir muhim marosimlardan qurg`okchilik vaktlarida yomgir chaqirish urf-odatlari ham qadimdan saqlanib kelgan. Lalmikor dehqonchilik va chorva bilan shugullanuvchi aholi uchun bahor hamda yozning ilk oylarida yomgirga katta extiyoj seziladi. O`zbeklar va boshqa O`rta Osiyo xalqlari tabiiy, ya`ni yomgir suvlari bilan sug`oriladigan ekinlarni lalmi (qayroqi) deb nomlagan. Bunday dehqonchilik yogingarchilik bulmagan oylarda xavf ostida qolgan. Shuning oldini olish maksadida utkaziladigan maxsus marosimlardan «sustxotin», «suvxotin», «chala xotin» kabi yomgir chaqirish udumlari keng tarqalgan.

Marosim maxsus belgilangan kun va vaktda o`tkazilgan. Ammo bu kun xalk tasavvurida kabul kilingan irimga qarab xaftaning baxtli kuniga tugri kelishi zarur bulgan. Marosimning birinchi bosqichi tashkiliy ishlardan boshlangan, unga epchil va uddaburon shaxs-lardan tashkilotchi mutasaddi tayinlangan. U marosimga kerak bulgan narsalarni tayyorlagan. Bunday nar-salar, masalan, o`zbeklarda bitta bo`sh kovoq, ikkita qamish naycha, ikkita toshbaqa, bitta eshak va xayr-sadaka solish uchun bitta xurjundan iborat bo`lgan. Eng muhim narsa shuki, yorochdan kurikchi shaklida-: kug`irchoqyasalib, u poliz ekinlari O`rtasiga qo`yilgan va qari ayolning kuylagi kiygizilgan. Shundan sung marosimning asosiy kismi — ikkinchi bosqichi, ya`ni ni utkazish boshlangan. Marosimning ancha keng tarqalgan xili Jizzah Kashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida utkazilgan. Chүnki bu erlarda lalmikor ekinlar kup ekiladi. Marosim belgilangan kun va vaktda besh ayol maxsus tikilgan kug`irchokda qari ayolning kuylagini kiydirib, bir ayol uni kutarib oladi, qolganlari uning ortidan ergashib, qishloq yoki maHalladagi xonadonlarga «sust xotin» kushirini nakorat bilan aytib birma-bir kirib chiqadi. Uy egasi ularni xursandchilik bilan qarshi-lab, kurirchoqustidan suv sepadi va imkoniyatiga qarab xayr-exeonlar qiladi. Aytiladigan qo`shiqda dehqon sepgan burdoyning mul hosil berishi, xonadonlarga xursandchilik keltirishi, el-yurtga tukinchilik va qut-baraka berishi ta`kidlanadi, eng muhimi, yomgir xadya etish «sust xotin» dan iltijo qilinadi. Marosimlar mul bulsin, sust xotin, Dehqonning uyi tulsin, sut xotin, Yomg`irlarni yordirgin, sust xotin, emonning uyi kuysin, sust xotin... Osmondan tomchi tashlab, sust xotin, Elu yurtni tuydirgin, suet xotin. Ayrim axborotchilarning xabar berishicha, taxminan 40—50 yillar mukaddam qishloklarda «sust xotin» marosimi har yili baxorda ikki-uch marotaba utkazil­gan. Unda kug`irchoq o`rniga ishtirokchilardan biriga ayol kishining kuylagi kiydirilib, suv ana shu kishining ustidan sepilgan. 15—20 kishi tuplanib, yarim yalang`och ikki kishini eshakka bir-biriga karatib mindirganlar. Ularning o`rtasiga ikki toshbakani -oyogidan boglab, eshakning ikki tomoniga osiltirib qo`yganlar. Mingashgan kishining biriga suv solingan kovoq tutqazilgan, ikkinchisiga bir-biriga boglangan ikki qamish naycha berilib, naychalar suv solingan ko­voq idish ichida aylantiriladi va guvillab ovoz chiqaradi. Bu ovoz guyoki qiynalgan toshbaqalarning ovoz chiqarishiga taklid hisoblanadi. Qolgan ishtirokchilar eshakka minganlarning orqasidan ergashib, «sust xotin» qushigini aytib qishloqdagi xonadonlarni birma-bir aylanib chitsadilar. Uy egasi eshakka mingan kishilarning ustidan suv sepib, marosim ishtirokchilariga xayr-sadaka beradi. Beriladigan narsalar aoo-san non, don, qand-qu rs, ba`zan uloq, quy, Hattoki sigir, ot yoki nakd puldan iborat bulgan.

Yomgir chakirish marosimining Buxoro viloyatining Qorakul va Olot tumanlaridagi o`ziga xos maxalliy xillaridan biri ijro etilgan «chala xotin» qu shigi bilan ma`lum. Bunda ham yogochdan yasalgan ayol kuylagi kiygizilgan qu girchoqni bir ayol qishloq buylab uyma-uy aylantirib xayr-sadaqa yigadi. Uning orqasidan besh-olti bola xurjun kutarib yuradi. Bolalar - xonadonlarga kirib qo`g`irchog`ini aylantirib, yomgir yog`ishini tangridan tilab, «chala xotin» qo`shigini kuylaydilar:

Aylanadi chala xotin,

Urgiladi chala xotin.

Onamning tungichiman,



Qozonning kafgichiman,

Yomgirning yog`gichiman,

Xudo bersa, obi raxmat yog`aversin.

Aylanadi chala xotin,

Urgiladi chala xotin.

Marosim oxirida jamgarilgan narsalar hisobiga uning ishtirokchilari butun kishloq yoki mahalla aholisiga is chiqaradi. Odatda is chiqarish kishloqning go`zarida yoki sulim joylaridan birida utkazilgan.

«Choy momo» marosimida aytiladigan qushiq mazmuni xam dikqatga sazovor. Etnograf A. Divaev asrimiz boshlarida yozib olgan matnda shamol xomiysiga murojaat qilishni, etilgan don boshoklari payxon bulayotganligi, em-xashak va poxol g`aramlari sochilib, kishloqni bezor kilayotganligi aytilishi bilan birga «choy momo»ga qarab, «buronni tindiraman, emishingni sindiraman, boshingga ulim keltiraman», deb duq-pupisa xam qilinadi. Qo`shikchilarga, marosim ishtirokchilariga saxiylik kilib, mul sadaqalar berib, xudoyi kilib shamolni haydaymiz, degan murojaat bilan tugaydi.

Shamol chaqirish yoki uni tuxtatish marosimi nafakat ezda, balki ko`z faslida ham utkazilgan. Chunki yoz faslida xamma narsa pishib etishganda surunkali qattiq shamol zararli bulsa, ko`zda pishikchilik paytida donni yanchib, somonni tozalash uchun shamol esishi talab etilgan. Ilgari o`zbeklarda va boshtsa turkiy xalqlarda shamolni tuxtatish yoki chaqirish maksadida o`tkaziladigan mazkur marosim keng tarkalgan, ammo hozir butunlay yuqolib ketgan. Yoz fasli bilan bogliq ijtimoiy mazmundagi sayil va marosimlar pishikchiliq ekin-tukin va ilk xosillar, kishga tayyorgarlik kabi hayotiy muammolarni ifodalaydi. Yoz faslida kishilar qishning g`amini eydi, dastlabki yigim-terimni boshlaydi, ayniksa urim paytlari dehqon uchun eng kuvonchli va mas`uliyatli davr hisoblanadi. Qishga tayyorgarlik, oziq-ovqat, sabzavot, kiyim-kechaq turar joy va uy-ro`zgor ramzlari bilan bogliq tashvishlar rang-barang va turli maro-simlarni yo’zaga keltirgan. Shulardan biri oxirgi tugam burdoyni urib olish marosimi hisoblanadi. O`zbeklarda bu marosimning «Oblo baraka» (G`allaorol atroflarida) deb nomlanishi islom ta`sirida paydo bulgan. Xorazmda so`nggi tutam bug`doy yig`ilib, xirmon tugatilganda ustiga kesak qo`yiladi, shunga qarab uni «baraka kesagi» deb ataganlar. Mazkur marosim asosan burdoy urimida qatnashgak xasharchilar ishtirokida utkazilgan. Ma`lumki, hashar o`zbek xalkining ijtimoiy xarakterga ega eng ajoyib, kuhna an`analaridan hisoblanadi. Hashar dastlab quni-qushni, qavmu qarindosh, xamkishloqlarning yordami bilan utkaziladigan jamoaviy ishlar, jumladan, uy qurish, ariq qazish, kuprik qurish, xovo`z yoki quduq tozalash, ekinni urib olish kabilardir. Ekin urimi vqti xayotning nihoyatda muhim va mas`uliyatli vakti hisoblanib, etilgan hosilga ko`z tegmasin, barakali bulsin, deb turli rasm-udumlar, irim-sirimlar va marosimlar o`tkazilgan. O`zbeklarda ilgari o`rim boshlashdan oldin hatto qurbonlik qilish odati bulgan. Ayniqsa jamoaga tegishli yoki vaqf erlaridagi xosilni yig`ib olish tantanali utkazilgan.

Afsuski, bunday xalq uyinlarining kupchiligi unutilib ketgan. Hozirgacha saklanib kelayotgan uyinlardan milliy kurash, ot chopish va uloquyinlari va boshqa an`anaviy mashq­lar keng tarqalgan. Hozir o`zbek yoshlarining kupchili­gi zamonaviy sport turlari bilan shug`ullanib kelmokdalar.


Download 53,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish