sana: 8.09.2015 yil
5 -sinf
I. Mavzu: Orkestr turlari haqida. O`zbek xalq cholg`ulari orkestri va uning damli
cholg`ular guruhi
II. Darsning maqsadi:
Ta`limiy: O`quvchilarga xalq cholg`ularini o`rgatish. Milliy san`atimizga qiziqishini o`yg`otish. Ta`limni tarbiyaga bog`liqligini tushuntirish.
Tarbiyaviy: Yoshlarimizni milliy g`oya milliy istiqlol ruhida tarbiyalash. Yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg`ularini o`stirish, ularning kelajakda ruhan pok, irodasi baquvvat, vijdonan uyg`oq bo`lishini ta`minlash, qalbida insoniy fazilatlarni shakllantirish. Musiqa xaqidagi bilimlarini oshirish.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning o`zbek xalq cholg`ulari xaqidagi dunyoqarashini, bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko`nikmalarini
shakllantirish va rivojlantirish.
III. Dars turi: Yangi o`quv materialini o`rganish
IV. Darsdagi shakli; usullar: Ma`ruza dars
V. Kutilayotgan natijalar: Orkestr xaqida tushunchaga ega bo`lish. Tovush turlarini bilish. Musiqiy asboblarni guruhlay olish. Tovushlaridan farqlay olish.
VI. Darsning jixozi: O`zbek xalq cholg`ulari orkestri rasmlari, rubob, tarqatma material, bukletlar, kompyuter, darslik, zamonaviy vositalar
voz sozlash mashqlari:1) do,mi,sol,do,mi,sol,sol,fa,mi,re,do
2)do,re,do,re,do,do,re,mi,re,do
do,re,mi,fa,sol,fa,mi,re,do
Darsning borishi va tehnologik harita
T|R
|
Dars bosqichlari
|
|
I
|
Tashkiliy qism
|
|
II
|
O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob
|
|
III
|
Yangi mavzu bayoni
|
|
IV
|
O’rganilgan mavzuni mustahkamlash
|
|
V
|
Yakunlar va hulosalar
|
|
VI
|
Baholash va uyga topshiriq berish
|
|
VII. Darsning borishi. Tashkiliy qism:
Salomlashish, davomatni aniqlash, rubobni sozlash, tozalikka etibor berish.
Musiqa san`ati xaqidagi yangiliklarni tinglash.
Yangi mavzu bayoni:
Orkestr turli cholg`u ijrochilari guruhlaridan tuzilgan jamoa bo`lib, ko`rsatilgan tarkib uchun yaratilgan musiqa asarini ijro etadi. Hammamiz biladigan kichik ansambllardan farqi shundaki, ularda sozandalar soni ko`p bo`lib, bir necha guruhlardan tashkil topadi.
Orkestrlar cholg`ular tarkibiy tuzilishiga ko`ra turlicha bo`ladi.
Simfonik orkestr, Duxovoy orkestr, Torli orkestr, Estrada orkestri, O`zbek xalq cholg`ulari orkestri shular jumlasidandir.
Ta`kidlash lozimki, hamma xalqlarning ham o`z cholg`ularidan tuzilgan orkestri bo`lishi mumkin. Sanab o`tilgan orkestrlardan tashqari tarkibi kamaytirilgan kamer orkestrlar ham uchrab turadi.
Orkestr asoschilari
Yozev Gaydn
B.A.Motsart
L.Bethoven
VIII. Dars yakuni: O`quvchilarning baxolarini e`lon qilaman.
IX.Uyga vazifa: O`zbek xalq cholg`ulari orkestri va uning damli cholg`ular guruxi mavzusini o`qib kelish
. Vatan mavzusidagi qo`shiq yangrab dars yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |