- topshiriq. O‘zlashma so‘zlarning qaysi tilga oid ekanligini ko‘rsating (arabcha, forscha, lotincha, ruscha).
Saodat, taxt, mashina, a’lo, she’r, karaxt, badjahl, shoir, maorif, xo‘roz, gazeta, baxt, ruchka, sehr, stol, bioximiya, dazmol, ruxsat, ro‘za, qoida, sur’at, obyekt, donishmand, parta, paravoz, muomala.
- topshiriq. O‘zbek tiliga oid bo‘lgan quyidagi turkiy so‘zlarni uch guruhga ajratib ko‘chiring.
1.Tub so‘zlar. 2. Aslida yasama, hozirda bir o‘zakni tashkil qiluvchi so‘z.
3.Yasama, qo‘shma, juft so‘zlar.
Tush, ish, bor, kel, uch, qush, bugun, bog‘ich, qalin, burun, ochko‘z, bo‘yinbog‘, bog‘lash, iturug‘, ayg‘oqchi, bola, dala, ertaga, to‘ng‘ich, kunbotar, miskar, tuz, baldoq, oltov, to‘ng‘iz ... Yuqoridagi so‘zlarni siz ham davom ettiring. Tayanch tushunchalar o‘zbek tili leksikasining boyish manbalari, ichki manba, tashqi manba, arabcha so‘zlar, forscha-tojikcha so‘zlar, ruscha-baynalmilal so‘zlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |