Mavzu: O‘zbek tilining izohli lug‘atida sohaga oid terminlarning berilishi.
Reja:
1. Termin va terminologiya haqida umumiy ma’lumot.
2. O‘zbek tili terminoloiyasi fanining maqsad va vazifalari.
TERMIN (lot. terminus — chegara, had) — bilim yoki faoliyatning maxsus sohasiga doyr tushunchani ifodalovchi soʻz yoki soʻz birikmasi. Termin umumxalq tiliga muayyan terminologik tizim orqali oʻtadi, binobarin, Termin va umumisteʼmoldagi soʻzlar bir-birini toʻldiradigan leksik birliklardir. Sistem xarakterga egalik, oʻz terminologik maydonida bir maʼnolilikka moyillik, his tuygʻuni ifodalamaslik, uslubiy betaraflik kabilar Terminga xos xususiyatlardir. Biologiya, matematika tilshunoslikda qoʻllanadigan «funksiya» soʻzini koʻp maʼnoli termin sifatida emas, balki terminologik omonimlar, sohalararo sodir boʻlib turadigan reterminologik jarayon (bir soha Termin ining ikkinchi soha Termini sifatida qoʻllanishi) hosilasi tarzida qaralmogʻi lozim. Umumxalq leksikasiga doir qonuniyatlar termin hosil qilishda ham kuzatiladi. Soʻz bilan terminning umumiy va xususiy tomonlari yetarli darajada ochib berilgan emas; kundalik turmushda keng isteʼmolda boʻlgan soʻzlar ayni paytda turli sohalarga doir Terminlar hamdir. Mac, quloq, burun, tomoq — anatomiya va tibbiyot; gilam, sholcha, palos — gilamdoʻzlik; kitob, ruchka, daftar — pedagogik soha Termin lari boʻlish bilan birga umumxalq tilida faol qoʻllanadi. Hozirgi kunda «Termin» soʻzi bilan bir qatorda «atama», «istiloh» soʻzlari ham ayni maʼnoda qoʻllanmoqda. Pekin ular «Termin» soʻzining hoz. maʼnosini toʻliq ifoda eta olmaydi. «Atama» soʻzi keng maʼnoda boʻlib, geografik obyektlar, atokli nomlarga nisbatan qoʻllanadi. «Istiloh» soʻzini esa Termin maʼnosida tarixiy mavzulardagi matnlar (mas., adabiyot tarixi, Sharq falsafasi va b.)da bemalol qoʻllash mumkin. Respublikamiz o‘z mustaqilligiga, ona tilimiz esa Davlat tili maqomiga erishgan bugungi kunda turli fanlar, jumladan, o‘zbek tilshunosligi oldida yangidan-yangi vazifalar ko‘nd alang bo‘lmoqda.Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik tub o‘zgarishlar davrida yangi-yangi fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o‘zbek tilida ham yangi terminlar paydo bo‘lmoqda, ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma’nolar kasb etmoqda. Shu boisdan leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi.
So‘nggi yillarda va bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish, terminlar yaratish va ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik muammoga aylandi. Shuning uchun ona tilimizning turli terminologik tizimlarini yanada teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari bo‘yicha atroflicha tadqiq qilish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Qayd etish lozimki, o‘zbek tilshunosligida yuzlab olimlarning monografiya, dissertatsiya va lug‘atlari, ko‘plab maqolalari yuzaga kelgan. Shunga qaramay, yana qator terminologik tizimlar o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda. O‘zbek tilining kimyo-texnologiya terminologiyasi tizimi o‘zining to‘liq ifodasini topa olgani yo‘q. Yangi terminlar ichida kimyo-texnologiya bo‘yicha terminologik tizim ham o‘ziga xos o‘rinni egallab kelmoqda. Shu boisdan fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida bu terminlarni ham tilshunoslik nuqtai nazardan tadqiq yetish muhim ahamiyat kasb yetadi. Amaliy, ayniqsa, nazariy masalalarni hal etish uchun kimyo-texnologiya terminlar tizimini, ularning yasalish qonunlarini, shakllanish manbalarini, umumtilda qo‘llanish doirasini, mazkur tizimda ro‘y berayotgan kamchiliklarni va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash kabi qator masalalarini o‘rganish zaruriyati paydo bo‘ldi. Hozirda o‘zbek tilida qo‘llanib kelinayotgan soha terminlarni to‘plash va sistemalashtirish ham juda dolzarbdir. Hozirgi bosqichda, yangi ilmiy-texnik inqilob davrida ishlab chiqarish, fan va texnikaning barcha sohalarida yangidan-yangi narsa, predmetlar va tushunchalar paydo bo‘la boshladi. Bu hol til lug‘at tarkibining salmoqli ravishda boyishiga olib kelmoqda. Binobarin, termin muammosi hozirgi leksikologiyaning, asosiy masalalaridan biri bo‘lib qoldi. Alohida ta’kidlash lozimki, termin hamda terminologiyaning u yoki bu masalasini hal yetish nafaqat ishlab chiqarish, fan va texnikaning tegishli sohalari uchun yemas, balki tilshunoslik uchun ham katta ahamiyatga egadir.
“Termin” tushunchasiga yuklangan mazmun quyidagicha belgilarga asoslanadiki, bular terminlarni umumiste’moldagi so‘zdan farqlash uchun yetarli:
1) termin-umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lmish ishlab chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir;
2) termin-konkret narsa-predmet, ashyo, mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir;
3) termin uchun muayyan ta’rif zaruriydirki, uning yordamida tegishli tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi, farqlovchi belgilarini ravshanroq ko‘rsatish mumkin.
Demak, terminologiya muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan terminlar jami sifatida ta’riflanadi. Har qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar tizimi to‘g‘ri keladi. Terminologik tizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi.
Terminlar umum iste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo‘llanishi ma’lum darajada nazorat ostida bo‘ladi.
Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika terminologiya qo‘mitasining ish boshladi, terminologiya masalalariga bag‘ishlab Respublika miqyosida bir necha ilmiy-amaliy, ilmiy-nazariy konferensiyalarning o‘tkazilgan.
Oʻzbek tilining izohli lugʻati“ — oʻzbek tilining besh jildli izohli lugʻati. Bu lugʻat shu kungacha chiqarilgan eng keng koʻlamli oʻzbekcha izohli lugʻatlardan biridir. Lugʻat 1981-yil chop etilgan ikki jildli izohli lugʻatga asoslangan.Lugʻatga hozirgi oʻzbek adabiy tilida keng qoʻllaniladigan 80 000 soʻz va soʻz birikmalari, fan, texnika, sanʼat va madaniyat sohalariga oid atamalar, ayrim shevaga oid hamda tarixiy va eskicha soʻzlar kiritilgan. Lugʻatda soʻzlarning qoʻllanilishi oʻzbek adabiyoti va matbuotidan olingan misollar bilan dalillangan. Izohli lugʻat Abduvahob Madvaliyev tahriri ostida tayyorlangan. Lugʻat Oʻzbekistonda lotin yozuvi kiritilganidan ancha vaqtdan keyin tayyorlangan boʻlsa ham, kirill alifbosida chop etilgan. 2014-yil „Oʻzbek tilining izohli lugʻati“da berilgan barcha izohlar Oʻzbekcha Vikilugʻatga maxsus bot yordamida qoʻshildi.
MORFOLOGIYA
So‘zlarning borliqdagi ma’lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarn bildirishi ularning atash ma’nolari yoki lug‘aviy ma’nolari deyiladi, tilshunoslikning atash ma’nolarni o‘rganuvchi bo‘limi esa leksikologiya hisoblanadi. So‘zlar atash ma’nosi bilan birga, ma’lum grammatik ma’no va uni ifodalovchi shaklga ham ega bo‘ladi. Masalan, olmalarni so‘zi «mevali daraxt» va «olma daraxti mevasi» ma’nolari bilan birga, «ko‘plik», «kelishik» ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi ko‘plik shakli (-lar) hamda kelishik shakli (-ni) ga ham ega. «Mevali daraxt» va «olma daraxti mevasi» ma’nolari bu so‘zning atash ma’nosi, qolgan ma’nolar esa gratmmatik ma’nolari sanaladi. Har qanday grammatik ma’no ma’lum grammatik shakl orqali ifodalanadi. Grammatik ma’nolarni ifodalovchi vositalar grammatik shakl hisoblanadi. So‘zlarning grammarik ma’nolari va ularni ifodalovchi grammatik shakllarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi morfologiya sanaladi. Morfologiya yunoncha morphe- «shakl», logos-«so‘z», «ta’limot» so‘zlaridan olingan bo‘lib, so‘z shakllari haqidagi ta’limot demakdir. Ko‘rinadiki, leksikologiya bilan morfologiya o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. Har ikkisida so‘z o‘rganiladi. Ular so‘zning qaysi tomonini o‘rganish bilan farqlanadi. Leksikologiya so‘zning atash ma’nosini, morfologiya esa uning grammatik ma’nosihi va bu ma’nolarni ifodalovchi vositalarni o‘rganadi.
Ayrim tilshunoslik terminlari izohi:
Abbreviatura (ital)-qisqartma so’zlar.
Abzats (nem)-xat boshi.
Abstrakt ot (lot.)-mavhum ot.
Avtor gapi - muallif gapi.
Adabiy til-umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, ma’lum me’yorga solingan, xalqning turli madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. Adabiy tilning ikki shakli bor: 1) yozma shakli. 2) og’zaki shakli.
Alfavit - alifbo (yunon alifbosidagi birinchi ikki harfning nomi: alpha va beta).
Antonim (yun.)-o’zaro zid, qarama-qarshi ma’noli til birliklari.
Argo (frans.)-yasama til. Biror ijtimoiy guruh, toifa (masalan, talabalar, sportchilar, o’g’rilar)ning o’ziga xos, boshqalar tushunmaydigan lug’aviy birliklardan iborat yasama tili.
Arxaizm (yun.)-ma’lum davr uchun eskirgan, iste’moldan chiqa boshlagan til birligi (so’z, frazeologizm va b.).
Affiks (lot.)-qo’shimcha.
Assimilyatsiya – qator kelgan nutq tovushlarining bir-biriga ta'sir qilib o'ziga moslashtirishidir.Progressiv assimilyatsiya - aytdi-aytti, yurakga-yurakka.Regressiv assimilyatsiya – yigitcha-yigichcha, tuzsiz-tussiz.
Bog’lama fe’l bo’lmagan so’zni fe’lga xos ma’no va vazifaga moslovchi yordamchi fe’l.
Dissimilatsiya – ikki o'xshash tovushning o'rin almashinuvi. Progressiv dissimilyatsiya: birorta-bironta. Regressiv dissimilyatsiya – ittifoq-intifoq
Eksperimental fonetika – nutq tovushlari artikulyatsiyasidagi havo tebranishi, tebranish miqdori sarflangan vaqt, oberton qanday yuzaga chiqishi kabilar ma'lum texnik apparatlar vositasida aniqlanadi va shu asosda fonetik qonuniyatlar bo'g’in, urg'u, intonatsion xususiyatlar aniqlanadi.
Fraza – nutqning yagona intonasiyaga ega o'zaro to'la pauza bilan ajraluvchi qismi.
Fonetik transkripsiya – talaffuzni aniq ifodalashga xizmat qiladi va xorijiy tillar lug'atida keng qo'llaniladi. Har bir talaffuz qilingan tovushni aks ettirish fonetik transkripsiyaning asosiy vazifasidir. Transkripsiya har qanday alfavitga asoslangan bo'lishi mumkin. Ba'zi maxsus tovushlarni belgilash uchun esa diakritik belgilardan, boshqa alifbelardan qo'shimcha belgilar olishdan, mavjud belgilarni teskari yozish yo'lidan foydalaniladi. Fonetik transkripsiya chet tilini o'rganishda muhim ahamiyatga ega. Fonematik transkripsiya – Grammatika kitoblarida misollarning morfologik strukturasini ko'rsatish uchun ko'proq ishlatiladi, chunki bunday hollarda so’z talaffuzidan ko'ra so’z tarkibi ahamiyatlidir; mazkur transkripsiya asosan fonemalarni qanday o'rinda ishlatilgan bo'lishidan qat'i nazar, doim bir xil belgi bilan ko'rsatishdir.
Flektiv tillar –o’zak morfema va affiksal morfema chegarasini ajratish qiyin bo’lgan tillar.
Unga xos belgilar: bir affiks bir necha ma’noni beradi
affiks bir vaqtda ham shaxs, zamon va sonni ko'rsatishi mumkin.
affiks bir necha variantga ega bo'lishi mumkin
o'zak va negizga affikslar qo'shilganda tovushlar almashinuvi kuzatilishi mumkin.
o'zak va negiz, negiz va grammatik affikslar o'rtasidagi chegarani belgilash qiyinchilik tug'diradi.
Fonetika – tilshunoslikning nutq tovushlari, ularning hosil bo'lishi, tiplari, tovushlar o'zgarishi, bo'g'inlar, ularning tuzilishi tiplari, strukturasi; urg'u, urg'u tiplari va intonatsiya haqidagi tarmog'idir.
Vulgarizm (lot.)- dag’al so’z.
Grammatika (yun.)-tilshunoslikning so’z shakllari (shakl yasalishi), so’z birikmalarining turlari, gap turlari (tilning grammatik qurilishi) haqidagi bo’limi.
Grammatik ma’no - so’zning shakliy qismi grammatik shakli ifodalaydigan ma’no.
Grafika (yun.)-nutq tovushlarini yozib ifodalash vositalarining muayyan tuzilishi.
Dialekt (yun.)-umumxalq tilining ma’lum bir hududda qo’llanadigan ko’rinishi.
Dialog (yun.)- suhbatdoshlarning bevosita bir-biriga qaratilgan nutqi.
Jargon (fr.)- biror guruh vakillarining o’z nutqi bilan ko’pchilikdan ajralib turish maqsadida o’zgacha ma’noda qo’llaydigan so’z va iboralar.
Leksema (yun.)- tilning lug’at tarkibiga xos birlik; til qurilishining lug’aviy ma’no anglatuvchi birligi.
Leksik ma’no- so’zning material qismi (leksema) bildiradigan ma’no; lug’aviy ma’no.
Lingvistika - tilshunoslik.
Morfema (yun.)- tilning ma’noli, boshqa ma’noli qismlarga bo’linmaydigan eng kichik birligi. Morfema ikki xil bo’ladi: 1) o’zak (so’z) morfema; 2) affiksal morfema (qo’shimcha morfema).
Morfemika-morfemalarning mohiyati, tuzilishi, turlari haqidagi bo’lim, ta’limot.
Morfologiya (yun.)-grammatik ma’no so’z shakllari, so’z turkumlari haqidagi grammatik ta’limot.
Neologizm (yun.)- yangi so’z, iboralar. Neologizmlar – taraqqiyotni jadallashtirishga aloqador tushunchalarni belgilash maqsadida yaratilgan yangi, hali o'zlashib ketmagan so'zlardir.
Numerativ-hisob so’zlari.
Nutq tovushi – o'pkadan kelayotgan havoning nutq organiga urilishidan hosil bo'lgan tebranish.
Olinma so’z - o’zlashma so’z.
Singarmonizm – unli tovushlarning moslashuvi, ohangdoshligi, uyg'unligi demakdir. Bu hodisa faqat turkiy tillarda uchraydi.
Tavsifiy fonetika – nutq tovushlari, ularning xususiyati va xarakteri qayd etiladi. Fonetikaning sillabika, akustika, intonasiya, tovush o'zlgarishi va uning qonuniyatlari haqida ma'lumot beriladigan sohasi.
Tarixiy fonetika – nutq tovushlari taraqqiyoti o'zgarishi bilan bog'langan hodisalar, qonuniyatlar beriladi. Tilga xos fonetik jarayonlar tarixiy yodgorliklar orqali yoritiladi.
Triftonglar – tarkibi uch tovushdan iborat.
Transkripsiya – tovush va harf orasida nomutanosiblik bor bo’lgan tillarda ushbu yozuv muhim ahamiyat kasb etadi, undan o'qish-o'qitish ishlarida keng foydalaniladi.
Qiyosiy fonetika – qardosh tillar uchun umumiy hodisa va qonuniyatlarning holati, qo'llanish miqdorlari, o'ziga xosligi qiyos qilinadi.
Terminologiyaga oid barcha ishlarning muvafaqiyatli hal etilishida har bir sohaga oid terminlami to'la qamrab olgan terminologik lug'atlarni, ayniqsa, izohli terminologik lug'atlarni tuzish va nashr etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday lug'atlarda har bir terminning o'zi atayotgan tushunchaning, narsa-hodisaning mohiyatini qay darajada to'g'ri, to'liq va aniq ifodalashini belgilash muhimdir. Bu bilan har bir terminning talabga qanchalik muayyan javob berish-javob bermasligi aniqlanadi. Lug'atlar yaratilmaguncha terminologik tizimdagi har xil salbiy hodisalar, masalan, ayni bir tushunchani ifodalash uchun birdan ortiq terminning qo'llanishi va, aksincha, bir necha (boshqa-boshqa) hodisalarni ifodalash uchun bir terminning qo'llanishi, hodisaning mohiyatini to'g'ri, to'la va aniq ifodalay olmaydigan terminlarning mavjud bo'lishi kabi va boshqa salbiy hodisalar davom etaveradi. Har bir sohaga oid terminlarni imkoni boricha to'la qamrab oladigan, hodisaning mohiyatini to'g'ri, to'la va aniq aks etti- radigan terminlarni belgilaydigan izohli terminologik lug'atlarni yaratish shu sohalar mutaxassislarining eng birinchi galdagi vazifalaridandir.
O'zbek tili lug'at tarkibida yuz bergan jiddiy o'zgarishlar munosabati bilan davr talabiga javob beradigan izohli lug'at yaratish zarurati kelib chiqdi va akademik A.Hojiyev rahbarligida O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori institutining (oldingi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti) bir guruh lug'atshunoslari tomonidan 2006 – 2008-yillarda 5 jildli “O'zbek tilining izohli lug'ati” yaratilgan va nashr etilgan edi.
Lug'atga 80 mingga yaqin o'zbek adabiy tilida keng iste'molda bo'lgan so'z va so'z birikmalari, fan, san'at, madaniyat va texnika sohalariga oid terminlar, shevalarda qo'llanadigan so'zlar, tarixiy atamalar jamlangan.
2020 yilda ushbu izohli lug'at, mutaxassislar va keng o'quvchilar ommasining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bo'lim boshlig'i, f.f.n. Abduvahob Madvaliyev tahriri ostida tuzatilgan holda 3 ming nusxada qayta nashr etildi.
Lug‘atshunoslikda izohli lug‘atning xilma-xil turlari mavjud: a) ma’lum bir davr yoki boshqa chegaralar bilan bog‘lamasdan, ma’lum bir tilning shakllanishidan tortib to hozirgi kungacha bo‘lgan davrdagi barcha so‘zlami hamda qaysi dialektga, qaysi fan tarmog‘iga, qaysi ijtimoiy guruhga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, muayyan bir tilning hozirgi davrdagi barcha so‘zlarini o‘z ichiga olgan to‘liq (tezaurus) lug‘at;
b) muayyan bir tilning ma’lum davrida qo‘llanilgan so£zlarini izohlashga bag‘ishlangan lug‘at; d) ma’lum bir tilning turli fan sohalariga, kasb-hunarga, muayyan sotsial guruh yoki hududga mansub so‘zlarini o‘z ichiga olgan lug‘at.
Birinchi tipdagi lug‘atlami tuzish keyingi tipdagi lug‘atlar uchun zamin yaratadi. Shuning uchun ham so‘nggi davrlarda bir qancha tarmoq lug‘atlari yaratildi. Turli fan sohalari bo‘yicha atamalar izohli lug‘ati tuzildi. 0 ‘zbek ismlari izohli lug‘ati (E. Begmatov), O‘zbekiston joy nomlari lug‘ati (T. Nafasov), kasb- hunar atamalari lug‘ati (S. Ibrohimov), o‘zbek shevalariga doir lug‘atlar yaratildi. Ana shu holatdan kelib chiqqan holda, ikki jildlik lug‘at mualliflari kitobning so‘z boshisida «O‘zbek tilining izohli lug‘ati keng xronologik doirada o‘zbek tilining barcha so‘z boyligini emas, balki... hozirgi o‘zbek tilining keng iste’moldagi so‘z boyligini to‘plash va tavsiflash vazifasini qo‘yadi»,— deb ta’kidlab o‘tishgan (7-bet). Shunga qaramay, ushbu lug‘at qanchalik kamchiliklarga ega bo‘lmasin, taqrizchilar tomonidan qanchalik tanqid qilinmasin, o‘zbek leksikografiyasi tarixida o‘zbek tilining ilk izohli lug‘ati sifatida alohida qimmatga ega. Ikki jildlik izohli lug‘at chop etilgandan buyon o‘zbek leksikologiyasi va leksikografiyasi ulkan yutuqlami qo‘lga kiritdi. Har qanday leksema muayyan semik tuzilishga ega bo‘lgan butunlik (sistema) ekanligi e’tirof etildi va uni ichki tuzilish birliklariga (semalarga) ajratishning qulay usuli bo‘lgan uzviy tahlil metodi kirib keldi. Prof. Sh. Rahmatullayev, I. Qo‘chqortoyev, M. Mirtojiyev, R. Rasulov, R. Yunusov, Sh. Iskandarova kabi bir qator olimlaming leksemalar semantikasiga bag‘ishlangan monografik asarlari maydonga keldi. «O‘zbek tilining qisqacha etimologik lug‘ati» (Sh. Rahmatullayev, M. Qodirov) yaratildi. O‘zbek leksikologiyasi va leksikografiyasi sohasidagi bunday yutuqlar leksemalar ma’nolarini aniqroq va qulayroq ochish uchun katta imkoniyat yaratdi. Shuning uchun ham mavjud ikki jildlik izohli lug‘atga tanqidiy yondashgan holda bugungi o‘zbek tili leksik imkoniyatlarini namoyish etuvchi izohli lug‘atning yaratilishiga katta amaliy ehtiyoj sezilmoqda. Ana shu amaliy ehtiyojni qondirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ko‘p jildlik «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»ni yaratishga qaror qildi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti xodimlari ana shunday lug‘atni yaratish ustida ishlamoqdalar. Lekin bunday lug‘atni yaratish uzoq muddatni talab etadi. O‘zbek tiliga mustaqillik sharoitida kirib kelgan so‘zlaming ma’nosini bilishga esa aholi o‘rtasida qiziqish katta. Shuning uchun ham hozirgi o‘zbek tilida faol qo‘llanilayotgan so‘zlaming izohli lug‘atini yaratishga kuchli ehtiyoj sezilmoqda. Ana shu ehtiyojni qondirish maqsadida Xalqaro «Central Asia Free Exchange» tashkilotiga qarashli Andijon Taraqqiyot Markazi tashabbusi va bevosita yordamida Andijon Davlat Universiteti olimlari qisqa muddatda bir jildlik «Hozirgi o‘zbek tili faol so‘zlarining izohli lug‘ati»ni tayyorlash va nashr etish loyihasini tuzdilar. Bu loyiha xalqaro «Soros» fondi tomonidan ma’qullandi va uni amalga oshirish uchun mablag‘ ajratdi. «Hozirgi o‘zbek tili faol so‘zlarining izohli lug‘ati» oldingi yaratilgan ikki jildlik «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»dan soflikni tanlash, uni joylashtirish va izohlash tamoyillari jihatidan tubdan farq qiladi.
Birinchidan, bu lug‘at faqat hozirgi o'zbek tilida faol qo‘llanilayotgan yoki faollashishi kutilayotgan so‘zlami o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham unda o‘zbek tili tarixining muayyan bir davrida qo‘llanilgan, hozirgi kunda esa iste’moldan chiqqan so‘zlar aks etmaydi.
Ikkinchidan, bu lug‘at faqat o‘zbek adabiy tili leksikasi nuqtai nazaridan ish ko'radi. Demak. unda tor doirada qo‘llaniluvchi kasb-hunar yoki sotsial guruhlarga mansub so‘zlar o'rin olmaydi.
Uchinchidan, bugungi o‘zbek tilida faol qo‘llanilayotgan so'zlargina lug‘atga kiritiladi. Shuning uchun ham ayrim ilmiy atamalar, kam qo£llaniladigan so‘zlar o‘z ifodasini topmaydi. So‘zlaming faollik darajasi esa bugungi o‘zbek vaqtli matbuoti va yangi nashr qilingan badiiy asarlar matnini diskka ko'chirish va komputer dasturiga kiritish orqali aniqlandi. Hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanilayotgan so'zlarni belgilash va ulami tahlilga tortish uchun jami 94 ta fayldan foydalanildi. Ushbu fayllar o‘zbek leksikonida 1,5 intervalda sahifalandi. Fayllardan ajratilgan so‘zlar 8168 sahifani tashkil etdi. Har bir sahifada o‘rtacha 200 tadan so‘z o‘rin oldi. Fayllardagi barcha so‘zlar (turli so‘z shakllari bilan) 1633600 tani tashkil etdi. Shundan so‘ng yuqoridagi so'zlaming faollik darajasi aniqlandi. Turli xarakterdagi matnlarda eng kamida to‘rt marta takrorlangan so'z faol so‘z sifatida belgilandi va lug‘atga kiritishga asos bo‘ldi. Shu bilan birga 0‘zbek tiliga yangi kirib kelayotgan, lekin hayotimizda keng tarqalishi ko‘zda tutilayotgan tushunchalami ifodalovchi audit, birja kabi so‘zlar bir marta qoilanilsa ham, lekin ularning kelajakdagi istiqbolini nazarga olgan holda lug£atda aks ettirildi. To'rtinchidan, lug‘at faqat hozirgi o‘zbek tilining leksemalarini izohlashni maqsad qilib olganligidan, so‘zlikka frazeologizmlar, paremalar (maqol, matal, hikmatli so‘zlar), bir leksemaning turli xil grammatik shakllari, yordamchi so'zlar, qisqartmalar kiritiimadi. Bunda «O‘zbek tilining frazeologizmlari izohli lug‘ati», «O‘zbek tilining paremalari izohli lug‘ati» (bu lug‘at AndDU 0 ‘zbek tilshunoslik kafedrasi olimlari tomonidan nashrga tayyorlab qo‘yildi), «O‘zbek tili qisqartma so‘zlarining izohli lug'ati» kabi lug‘atlar tayyorlanishi va nashr etilishi e’tiborga olindi.
Beshinchidan, yasama so‘zlar shu tilda ilgari mavjud bo‘lgan ma’lum bir so'z asosida yaratilishini hamda lug‘atdan o‘qish-o‘qitish jarayonida o‘zbek tilining so‘z yasash imkoniyatlarini o‘rganishda foydalanish mumkinligini e’tiborga olib, so‘z yasalish uyasida izohlanishi maqsadga muvofiq, deb topildi. Bu esa o‘zbek tili yasama so‘zlarining uya lug‘atini yaratishga ham imkoniyat yaratdi.
Oltinchidan, so‘z ma’nolarini izohlashda ham hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanish belgisi asosiy tamovil qilib olindi. Agar so‘zning u yoki bu ma’nosi bugungi kunda faol qo‘llanmasa, bu ma’no alohida izohlanmadi. Ana shu tamoyillar asosida bugungi vaqtli matbuot va badiiy asarlardan olingan 500 dan ortiq matn komputer dasturiga kiritildi va so‘zlaming faollik darajasi aniqlandi. Komputer dasturi natijalariga ko'ra 15 mingga yaqin so‘z (leksema) faol deb belgilandi va ular lug‘at so‘zligidan joy oldi. Bunday lug‘atning paydo bo'lishi o‘zbek tilini o‘rganishga bel bog‘lagan xorijliklar uchun ham katta ahamiyatga ega. Chunki ma’lum bir notanish so‘zni bir jildlik lug‘atdan topish va ma’nosini bilish ko‘p jildlik lug‘atga nisbatan ancha qulaylik tug‘diradi.
Lug‘atga kiritilgan va bosh so‘z deb ataluvchi so‘z tilda mustaqil holda qo‘llanadigan so‘z yoki mustaqil holda qo‘llanmay, yangi so‘z yoki so‘z birikmasi holidagi lug‘aviy birlik hosil qiluvchi unsur bo‘lishi mumkin. Birinchi holda bosh so‘zning o‘zi izohlanuvchi birlik (lug‘aviy birlik) hisoblanadi. Masalan: yer, osmon, suv, daraxt, kо‘rmoq, go‘zal, kech so‘zlarining har biri lug‘atga bosh so‘z sifatida kiritiladi va izohlanuvchi lug‘aviy birlik hisoblanadi. Ikkinchi holatda esa lug'atda bosh so‘zlar qatorida (alifbo bo‘yicha o‘z o£mida) qayd etiluvchi «so‘z» mustaqil ma’nosiga ega bo‘lmaydi va uni so‘z deb atash ham shartlidir. Lekin undan, uning yordamida hosil qilingan so‘z yoki so‘z birikmasiga teng lug‘aviy birliklar tilda keng qo‘llanadi. O‘z-o‘zidan, bular faol lug‘aviy birliklar sifatida lug‘atda berilishi kerak bo‘ladi. Masalan, hozirgi o‘zbek tilida mustaqil qo‘llanuvchi bunyod so‘zi yo‘q, lekin undan hosil qilingan bunyodkor, bunyod etmoq so‘zlari keng qo‘llanadi. Xuddi shuningdek, hozirgi o‘zbek tilida mustaqil qo‘llanuvchi peshvoz so‘zi yo‘q bolgani holda, uning qatnashuvi bilan hosil boigan peshvoz chiqmoq lug‘aviy birligi keng iste’moldadir. Binobarin, bunday so‘z va iboralar izohlanuvchi birlik sifatida lug‘atda beriladi. Ularning qayd etilishi esa quyidagicha bo‘ladi: bunyod: ~ boimoq [ma’nolari, ularning izohi...] peshvoz: -chiqmoq [ma’nosi, uning izohi...] Demak, bunday hollarda bosh so‘z sifatida beriluvchi «so‘z»dan keyin ikki nuqta (:) qo‘yilishi uning mustaqil qo'llanmasligiga ishora qiladi. Lug‘at maqolasi esa undan hosil qilingan birlikka tuziladi, ya’ni shu hosila birlik izohlanuvchi lug‘aviy birlik hisoblanadi. Bosh so‘zlar lug‘atda alifbo tartibida berildi. Faqat yasama so‘zlaming bosh so‘z sifatida berilish o‘mi boshqacharoq boiadi. Bu narsa lug‘atda so‘z yasama so‘z ekanini qayd etish bilan bogliqki, lug‘atdan foydalanishda yasama so‘zlaming berilish tartibidagi tamoyilni aniq bilish shart bo£ladi. Lug‘at o‘zbek tilining so‘z yasash qonun-qoidalari asosida hosil qilingan, so‘z yasash asosi va so‘z yasovchi kabi tarkibiy qismga bo‘linadigan (shunday tarkibga ega bo‘lgan), xuddi shunday xususiyati bilan hozirgi o‘zbek tili so‘z yasalishi tizimiga kiradigan so‘zlar yasama so‘z sifatida qayd etildi. Asli yasama so‘z bo‘lsa-da, lekin hozirda yuqorida aytilgan belgilarga ega boimagan so‘zlar yasama so‘z hisoblanmaydi, binobarin ular lug‘atda yasama so‘z sifatida qayd etilmaydi. Bunday so‘zlar asosiy xususiyatlariga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 1) aslida ozbek tilining o‘zida yasalgan va yasama so‘z bo‘lganligi sezilib tursa-da, lekin so‘z yasovchi asos va so‘z yasovchi qismdan iborat (bo‘linuvchi) tarkibiy qismga ega boimaydigan so‘zlar. Masalan, ocharchilik, deyarli, kovlamoq so‘zlari. Bunday so‘zlar lug‘atda alifbo tartibi bilan o‘z o‘mida berilaveradi; 2) o‘zga til uchun yasama so‘z bo‘lib, o‘zbek tili nuqtai nazaridan yasama so‘z hisoblanmaydigan so‘zlar. Masalan, fors-tojik tilidan olgan ixlosmand, orzumand tipidagi so‘zlar; rus tili va u orqali o‘zlashgan demokratik, kapitalist, kapitalistik, kapitalizm kabi so'zlar shunday so‘zlar jumlasiga kiradi. O‘z tilida yasama so‘z boigan bunday so‘zlar o‘zbek tiliga tayyor holda o‘zlashgan va o‘zbek tili uchun yasama so‘z hisoblanmaydi. Bunday so‘zlar lug‘atda alifbo sirasiga ko‘ra o‘z o‘rnida berilaveradi.O‘zbek tilida yasama so‘zlar, asosan, so‘z yasovchi qo‘shimchalar, shu bilan birga so‘z yasash vazifasiga ega bo‘lgan yordamchi so‘zlar orqali hosil qilinadi.
“Terminlar paydo bo‘lib qolmaydi”, aksincha, ularning zaruriyati anglangan holda “o‘ylab topiladi”, “ijod qilinadi”.
Yuqorida terminshunoslarning terminning asosiy vazifasi va xususiyati haqidagi, ya’ni terminlarning nominativligi yoki definitivligi haqidagi fikrini keltirdik. Terminologik birikmalarning ko‘p leksemaliligi, ya’ni ular komponentlarining soni nechtagacha bo‘lishi keyingi yillarda terminshunoslarning diqqat-e’tiborini jalb etib kelmoqda. Haqiqatan ham, keyingi yillarda miqdoran ortib borayotgan ko‘p komponentli birikma terminlar tushuncha mazmunini to‘laroq ifodalashga xizmat qilsa-da, ularni amalda qo‘llash va esda saqlab qolish ancha noqulaydir. Aslini olganda, bunday terminlar ikki, nari borsa uch, to‘rt komponentdan iborat bo‘lishi lozimki, natijada, birikma terminlarning komponentlari, tegishli belgilarni to‘laroq aks ettirish maqsadida, aniqlovchilar, sifatdoshli o‘ramlar qo‘shish orqali hosil qilinishi lozim.
Ta’kidlash joizki, terminlar masalasi bilan shug‘ullangan deyarli barcha olimlar mazkur tushunchaning ta’rifini berishga urinib ko‘rishgan. Ularning barchasigina emas, ayrimlarini, ham namuna tariqasida keltirib o‘tish ko‘plab sahifani egallagan bo‘lardi. Shuning uchun, ularni jamuljam etgan holda “termin” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Termin kasbiy ma’no bildiruvchi, kasbiy tushunchani ifodalovchi va shakllantiruvchi ayrim obyektlar va ular o‘rtasidagi aloqalarni muayyan kasblar nuqtai nazaridan bilish hamda o‘zlashtirish jarayonida ishlatiladigan so‘z yoki so‘z birikmadir. Har bir sohaning, tarmoqning termini borki, u o‘sha soha, tarmoq doirasida qo‘llanadi, aniqroq qilib aytganda, kasb-hunar egasining nutqini shakllantiradi, o‘zaro nutqiy muomala uchun shart-sharoit yaratadi.Bu o‘rinda shuni qayd etish lozimki, muayyan kasb-hunar yoxud mutaxassislikka ega bo‘lgan kishilar ko‘pincha u yoki bu sohaning o‘ziga xos spetsifik terminlari bilan ish ko‘radi. Masalan, bo‘lajak iqtisodchilarning yozma yoki og‘zaki nutqida kartel, kliring, tovar oboroti, mayda mulkchilik, mablag‘ ajratish, renta kabi tor doiradagina qo‘llaniladigan terminlar ishlatilishi tabiiy bir holdir. O‘z-o‘zidan ayonki, bu xildagi terminlar iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb egasining nutqida ishlatilmaydi. Iqtisodiyot sohasining qator terminlari ham borki, ular muayyan til egalarining deyarli barchasi nutqida bab-baravar ishlatilaveradi. Bozor, mol, savdo, savdo-sotiq, pul, xaridor, bozorchi, olib-sotar, chayqovchi kabilar shular jumlasidandir.
Ta’kidlash lozimki, nafaqat iqtisodiyot balki fan-texnika, ishlab chiqarishning xilma-xil soha va terminlar majmui, ya’ni yig‘indisi terminologiya deb ataladi. Masalan, matematika terminologiyasi, tibbiyot terminologiyasi, iqtisodiyot terminologiyasi va boshqalar.
O‘zbek tilshunosligida terminlarni o‘rganish, ularni tartibga solish, terminologik lug‘atlar tuzish kabi qator chora-tadbirlar XX asrning 20-yillari o‘rtalaridan boshlangan. Zero, ayrim leksikografik ishlarni hisoblamaganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda o‘rganish, hozirgi o‘zbek tilshunosligining fan sifatida yuzaga kelishi ham shu davrdan boshlangan. Albatta, terminlarni o‘rganish ehtiyoji o‘z-o‘zidan kelib chiqqan emas, barcha bilim sohalari bo‘yicha o‘zbek tilida ta’lim berishni yo‘lga qo‘yish, bilim sohalarining sezilarli darajada rivojlana borishi, ilmiy tafakkur doirasining kyengayishi, sobiq ittifoqdagi milliy tillar, jumladan, o‘zbek tili lug‘at tarkibining boyib borishi, binobarin, tilda terminlarning ko‘payib borishi ularni (terminlarni) har tomonlama o‘rganish va tartibga keltirishga turtki bo‘lgan edi.
O‘zbek tilshunosligida turli fan sohalariga oid terminologik tizimlarni lingvistik jihatdan har tomonlama ham ilmiy, ham amaliy o‘rganish, asosan, 1950- yillardan keyin izchilroq tus ola boshladi; termin va terminologiyaning nazariy masalalariga bag‘ishlangan maqolalar ayrim fan sohalari terminlarini lingvistik jihatdan tahlil etishga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyalari yuzaga keldi, mukammal terminologik lug‘atlar yaratishga kirishildi.
Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy jihatlarini yanada chuqurroq o‘rganish, termin qo‘llashni tartibga solish davlat ahamiyatidagi masalaga aylandi.
Har bir lug'at maqolasi bosh so'z sifatida lingvistik terminni keltirish bilan boshlanadi:
BITISHUV BOG'LAMA
Agar termin o'zbek tiliga boshqa tildan o'zlashgan bo'Isa, qavs ichida qaysi tildan, qanday so'z yoki til unsurlari asosida o'zlashganligi ko'rsatiladi: AFFIKS (lot. affixus - birlashtirilgan, biriktirilgan).
LEKSIKOGRAFIYA {yun. lexikos - lug'at; grapho - yoza- man). Lug'at maqolasining tarkibiy qismlaridan biri terminga beriladigan izohdir. Har bir termin ma’lum lingvistik tushunchani bildiradi, ma’lum bir ma’noga (ayrimlari birdan ortiq ma’noga) ega. Lug'at maqolasida terminning ana shu ma’nosi, ko'p ma’noli bo'lsa, barcha ma’nolari izohlanadi.
N a m u n a: MURAKKAB GAP. 1. Turli bog'lovchi vositalar yordami bilan o'zaro bog'langan uch va undan ortiq gaplarning bir butun- ligi. 2. Uyushiq bo'lak, ajratilgan bo'lak, undalma va kiritmalar ishtiroki bilan murakkablashgan sodda gap. Ayni bir til hodisasi uchun ba’zan birdan ortiq termin qo'llanadi. Bunday terminlarning har biri lug'atda berildi. Lekin izoh shulardan qaysi biri asosiy deb hisoblansa, ana shu terminga berildi. Mas., ish oti, infinitiv, harakat nomi terminlaridan faqat harakat nomi terminiga izoh berilib, qolganlari q. (qarang), ayn. (aynan) kabi belgilar bilan harakat nomi terminiga havola etildi. Lug'at maqolasida tarkibiy qismlaridan yana biri terminga berilgan izohni tasdiqlovchi misollardir. Lekin izohni isbotlovchi misol barcha lug'at maqolalarida bo'lavermaydi, balki ma’lum lug'at maqolasi terminlar uchun tuziladigan lug'at maqolalarigina misol talab etadi. Mas., tilshunoslik, lingvistika terminlarining izohi hech qanday misol talab etmaydi. Tushum kelishigi, ergash gapli qo'shma gap terminlarining izohidan song esa tasdiqlovchi misol berilishi shart. Shunga kora, lug'atda faqat zarur hollardagina tasdiqlovchi misollar berildi. Ba’zi terminlarning ma’no hajmi keng bo'lib, jins tushuncha- sini ifodalaydi; ayrimlarining ma’no hajmi tor bo'lib, tur tushun- chasini ifodalaydi. Jins tushunchasini ifodalovchi termin uchun tuzilgan lug'at maqolasi ichida tur tushunchasini ifodalovchi terminlar ham keltiriladi. Lekin ular bu lug'at maqolasida izoh- lanmadi. Ularning har biri alifbo tartibiga ko'ra o'z o'rnida berildi va har biri uchun alohida lug'at maqolasi tuzildi. Namuna:
FE’L NISBATLARI. Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakl- lari. Nisbat shakllari fe'lning asos qismidan keyin qo'shiladi. Fe’l 5 ta nisbat shakliga ega: l) aniq nisbat (q.); 2) o'zlik nisbati (q.)i 3) orttirma nisbat (q.); 4) majhul nisbat (q.); 5) birgalik nisbat (q.). Ayrim terminlar mazmuni yoki qandaydir bir xususiyati bilan boshqa termin yoki terminlarga aloqador bo'lishi mumkin. Bunday aloqadorlikni ko'rsatish shu terminlar bildirgan lingvistik tushuncbalarning mohiyatini aniq va oson tushunishga yordam beradi. Lug'atda terminlarning ana shunday aloqadorligi maxsus belgilar bilan ko'rsatildi. В ular quyidagilar: ayn. (aynan), q. (qarang), qiyos. (qiyoslang), zid. (ziddi). Ayn. belgisi terminning havola qilinayotgan (ayn. belgisidan song kelayotgan) termin bilan aynan bir xil ma’noli ekanini bildiradi va shu terminning asosiy varianti emasligini, asosiysi ayn. belgisidan keyingi termin ekanligini ko'rsatadi.
ABSTRAKT ОТ. ayn. Mavhum ot. q. belgisi shu terminga aloqasi bo'lgan terminlar uchun tuzilgan lug'at maqolasiga qarashga undaydi. Bu terminlar uchun tuzilgan lug'at maqolasiga qarash bilan izohlanayotgan terminning mazmunini, u bildiradigan lingvistik tushunchaning mohiyatini lug'at maqolasi oson, aniq va to'la tushunish imkoni tug'iladi. Mas., ajratilgan bo'lak terminiga tuzilgan lug'at maqolasi bilan shu maqolada q. belgisi bilan ko'rsatilgan ajratilgan izohlovchi termini uchun tuzilgan lug'at maqolasini qiyoslab ко‘ring.
AJRATILGAN BO'LAK. Gapning mazmun va ohang jihat- dan ajratilganbo'lagi: Boyagiyigitning, Avazning, qo'ligul ekan. Shu kuni kechqurun, dal a dan qaytishda, Qpri Siddiqjonga hamroh bo'lib qoldi. Ajratilgan bo'laldar gapdagi qaysi bo'lakka oid ekanligi- ga ko'ra, quyidagi turlarga bo'linadi: l) ajratilgan hollar (q.)} 2) ajratilgan aniqlovchilar (q.); 3) ajratilgan izohlovchilar (q.); 4) ajratilgan to'Idiruvchilar (q.). AJRATILGAN IZOHLOVCHI. Izohlanmishdan keyin kelib, asosan, egaga taalluqli bo'lgan ajratilgan bo'lak: Birozdan song Hasan aka, fizika o'qituvchisi, kirib keldi. Demak, q. belgisi ishorasida ajratilgan bo'lak termini lug'at maqolasiga qarab, awalo, bog'lama va uning turlari haqida tasav- vur hosil qilinadi. Natijada ajratilgan izohlovchining mohiyatini tushunish osonlashadi. O'zaro antonim bo'lgan terminlar ma’nosini bir-biriga qiyoslab ko'rish ham har bir termin ifodalaydigan til hodisasining mohiyatini to'g'ri va aniq tushunishga yordam beradi. Shu sababli o'zaro antonim bo'lgan terminlarning har biri uchun tuzilgan lug'at maqolasida zid. belgisi bilan uning antonimi keltirildi.
BO'LISHLI FE’L. Bajarilgan, bajarilayotgan, bajariladi- gan ish-harakatni bildirgan fe’llar: yozdi, o'qidi, uxladi va b. zid. Bo'lishsiz fe’l. Ba’zi lingvistik terminlar o'zaro farqlansa-da, lekin ma’lum umumiylikka ega bo'lgan lingvistik tushuncbalarning atamasi bo'ladi. Bunday terminlarni lug'atda berish, izohlash bilan birga, ularni bir-biriga qiyoslashni tavsiya etish har birining ma’no va mohiyatini to'g'ri va oson tushunishga yordam beradi. Xuddi shu maqsadda, qiyoslashga undash uchun lug'atda qiyos. belgisi ish- latildi. Mas., shu lug'atda vazifadosh modal so'zlar va sof modal so'zlar terminlariga tuzilgan lug'at maqolalariga qarang. VAZIFADOSH MODAL SO'ZLAR. Modal ma’noda ham lug'at maqolasi qo'llanadigan aftidan, chamasi, halki, umuman, ehtimol, taxminan, shubhasiz kabi so'zlar. Mas., Balki, siz haqdirsiz. qiyos.
Sof modal so'zlar. SOF MODAL SO'ZLAR. Faqat modal ma’no uchun xoslangan so'zlar: haqiqatdan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avalo, avalambor, masalan, xullas, koshki.
ABBREVIATURA (ital. abbreviatura
ABSTRAKT OT. ayn. Mavhum ot. ABZAS. (nem. Abzatz
ADABIY SO'ZLASHUV USLUBI. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so'zlashuv uslubi. - Yaxshi xat yozsa ham yig‘laysan,yomon xat yozsa hamyiglaysan, nima qilaman ko'rsatib? (A.Qahhor). qiyos. Oddiy so'zlashuv uslubi.
ADABIY TIL. 1. Ma’lum bir til qoidalari asosida tuzilgan, ishlangan til. Adabiy tilning ikki shakli bor: l) yozma shakli; 2) og'zaki shakli. 2. Tarixan tarldb topgan, qat’iy me’yorlarga bo'ysunuvchi, so'zlashuvchilarning qaysi hududda yashashidan qat’i nazar bar- chasi uchun umumiy bo'lgan til. ADABIY TIL ME’YORLARI. 1. Umumxalq tili bo'lgan adabiy til uchun qabul qilingan me’yor. Mas., do'ppi so'zi adabiy me’yor, kallapo'sh, qalpoq, takya so'zlari esa shevaga xos so'zlardir. 2. Adabiy til bo'limlarining ma’lum o'z qonun-qoidalariga ega bo'lishi. Bunday me’yorlar har xil bo'ladi: l) leksik me’yor; 2) fonetik me’yor; 3) orfografik me’yor; 4) grammatik me’yor va b. ADABIY TILNING NORMALARI. ayn. Adabiy til me’yorlari.
ADABIY QATLAM. Jonli tilda keng iste’molda qo'llana- digan so'z, iboralar. qiyos. Noadabiy qatlam.
AFFIKS. (lot. affixus - birlashtirilgan, biriktirilgan). So'zga (leksemaga) zid qo'yiladigan (leksik ma’noga ega bo'lmagan), o‘zi qoshiladigan asosninglugaviyyoki grammatikma’nolarning shakllanishiga xizmat qiladigan morfema, qoshimcha. Mas., ish-chi-lar-imiz-ni. Affikslar vazifalariga kora ikki asosiy turga bo'linadi: l) so'zyasovchi affikslar (qj; 2) shald yasovchi affikslar (q.). Affikslar so'zning boshiga, o'rtasiga yoki oxiriga qo'shili- shi mumkin. So'z boshiga qoshiladigan affikslar prefiks (q.), o'rtasiga qo'shiluvchilari infiks (q.J, oxiriga qoshiladiganlari suffiks (q.) deyiladi. O'zbek tilidagi affikslar, asosan, so'zning oxiriga, ba’zilari so'z oldiga qo'shiladi, ya’ni suffiks va prefiks hol- ida bo'ladi.
AFFIKS ANTONIMLAR. ayn. Zid ma’noli qo'shimchalar. AFFIKS OMONIMLAR. ayn. Shakldosh qo'shimchalar.
AFFIKS SINONIMLAR. ayn. Ma’nodosh qo'shimchalar.
AFFIKSAL MORFEMA. ayn. Affiks.
AFFIKSATSIYA. Qo'shimchalar qo'shish yo'Ii bilan so'zyas- ash usuli. AFFRIKATLAR. (lot. atfricata - ishqalangan). Qprishiq un- dosh tovush; paydo bo'lish o'rniga va ovozning ishtirokiga ko'ra bir xil bo'lgan portlovchi tovush bilan sirg'aluvchi tovushning yaxlit bitta tovush sifatida talaffuz qilinishiga teng keladi. Mas., choy so'zidagi ch, joy so'zidagi j tovushlari affrikatlardir.
AFORIZM. (yun. aphorismos - hikmatii so'z). q. Hikmatli so'z. AGGLUTINATIV TILLAR. So'z yasalishi va shakl yasali- shi aglutinatsiya (q.) yo'li bilan bo'ladigan tillar. Mas., turkiy tillar, fin-ugor tillari. qiyos. Flektiv tillar.
AGGLUTINATSIYA (lot. agglutinare - yopishtirmoq). 1. So'z yasalishi yoki shakl yasalish asosi o'zgarmagan holda yangi so'z yoki so'z shakli hosil bo'lishi. Bunda har bir affiks ma’lum bir ma’no, vazifa bilan qatnashadi. Mas., turkiy tillarda, jumladan, o'zbek tilida yasama so'zlar va so'z shakllari asosga ma’lum izchil- lik bilan affikslar qo'shish orqali hosil qilinadi va bu affikslarning har biri o'z ma’nosi bilan qatnashadi: ter-im-chi-lar-imiz-ga. 2. Ikki so'z (asos)ning bir so'zga, bir so'z shakliga aylani- shidan iborat morfologik jarayon. Mas., echkini emar>echki emar>echkemar.
AJRATIB YOZISH. Imloda so'zlarni ajratib yozish tamoyih. Mas., kirib chiqdi, o'qib chiqdi, bar kirn, osha joyda, Vatan uchun, siz bilan, tim qora, och ko‘k, on to'qqiz,yildan-yilga, kundan-kunga, tarjimayi hoi, dardi bedavo va b.
AJRATILGAN ANIQLOVCHI. Shaxs yoki narsaning belgisini, kimga yoki nimaga qarashliligini ta’kidlab, ayirib ko'rsatish uchun qo'llangan ajratilgan bo'laldar: Qobil bobo, yalangbosh, yalangoyoq, eshik yonida da-da titraydi (A.Qahhor).
AJRATILGAN BO'LAK. Gapning mazmun va ohang jihat- dan ajratilgan bo'lagi: Boyagi yigitning, Avazning, qo'ligul ekan. Shu kuni kechqurun, dal a dan qaytishda, qori Siddiqjonga hamroh bo'lib qoldi. Ajratilgan bo'laklar gapdagi qaysi bo'lakka oid ekanligiga ko'ra, quyidagi turlarga bo'linadi: l) ajratilgan hollar (qT); 2) ajratilgan aniqlovchilar (q.); 3) ajratilgan izohlovchilar (q.)-, 4) ajratilgan to'Idiruvchilar (q.). ayn. Gapning ajratilgan boTaklari.
AJRATILGAN BO'LAKLI GAPLAR. Gap tarkibidagi ma’lum bo'lakning ma’nosini ta’kidlab, izohlab keluvchi, boshqa bo'laklardan to'xtam va ohang jihatidan ajralib turuvchi gaplar. qiyos. Ajratilgan bo'lak. AJRATILGAN HOL. O'zidan oldin kelgan holning ma’nosiga aniqlik kiritib, izohlab, ko'pincha o'rin, payt hollari vazifasida keluvchi ajratilgan bo'laklar: Hu ana shu joyda, taxta ko'prikning ostida, kichik bir buloq bor (A.Qahhor).
AJRATILGAN IKKINCHI DARAJALI BO'LAKLAR. Ma’no mohiyatini kuchaytirish uchun ohang va to'xtam bilan ajratilib aytilgan bo'laklar. Mas., Biz, o'quvchilar, darslarga puxta tayyorgarlik ko'rdik.
AJRATILGAN IZOHLOVCHI. Izohlanmishdan keyin kelib, asosan, egaga taalluqli bo'lgan ajratilgan bo'lak: Birozdan so 'ng Hasan aka, fizika o'qituvchisi, kirib keldi.
AJRATILGAN TO'LDIRUVCHI. O'zidan oldin kelgan to'ldiruvchining ma’nosini izohlab, unga aniqlik kiritib ham vo- sitasiz to'ldiruvchi, ham vositali to'ldiruvchi vazifasida keluvchi ajratilgan boiaklar: Nasihatimni, oiangni so'zini, esingda tut. Xatni uning o'ziga, Muqaddasga, bering. AKUSTIK-ARTIKULYATSION BIRLIK. ayn. Tovush.
ALFAVTT. 1. Harflarning malum tartibda joylashtirilgan qa- tori. Lug'atlarda, turli ro'yxatlar tuzishda so'zlar alfavit tartibida joylashtiriladi. 2. Yunon alifbosidagi birinchi ikki harfhing nomi (alfa va beta) dan. q. Alifbo. ALIFBO. Yozuv shakllarining (harfva belgilarning) majmui, ma’lum tartibda joylashgan holati: o'zbek alijbosi.
ALIFBE. ayn. Alfavit. ALOQA BOG'LASH VOSITASI. Yozma nutqning boshqa joyda va zamonda (kelgusi davrda) yashovchi kishilar bilan alo- qaga kirishi.
ALOQA-MUNOSABAT QO'SHIMCHALARI. ayn. So'z o'zgartiruvchi qo'shimchalar.
ANIQ_NISBAT. Bajaruvchisi aniq bo'lgan harakat yoki ho- latni bildirgan fe’l shakli. Mas., o'qidi, yozdi, yurdi, suzdi. ayn. Bosh nisbat
ANIQ OT. Sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo'lgan narsalarni bildirgan otlar. Mas., mashina, kitob, uy, eshik, dutor. qiyos. Mavhum ot. ANIQL AN GAN. XX asr boshlarida yaratilgan ona tili darsliklarida qo'llanilgan termin. Hozirgi darsliklarda aniqlanmish deb nomlanmoqda. ayn. Aniqlanmish.
ANIQLANMISH. Aniqlovchi tobe bo'lgan hokim bo'lak: a’lochi o'quvchi, ilg'or ishchi, bahaybat samolyot.
ANIQLIK FE’LI. Fe’l asosiga shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil bo'lgan so'zlar. Aniqlik fe’li asosga -dim, -ding, -di, -dik, -dingiz, -di (lar) qo'shimchalarini qo'shish bilan tuziladi. Mas., yozdim, yozding, yozdi, yozdik, yozdingiz, yozdilar.
ANIQLOV BOG'LOVCHILARI. Izohlash, aniqlash kabi mazmun bilan ergash gapni bosh gapga bog'lash uchun xizmat qiladigan bog'lovchilar: yani, -ki (-kim). Mas., Odamlar borki, ular hay otlar ini xalq xizmatiga bag'ishlaydi (P.Tursun). O'sha davrlarda adabiyot tarixi darsi xronologik va tematik xarakterga ega emas edi, ya’ni adabiyot tarixi dars sifatida o'tilmasdi (S.Dolimov).
Terminlar fan - texnika, adabiyot, san'at va boshqa sohalarga oid ixtisoslashgan, qo'llanishi muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan nominativ birliklardir. Masalan: gulkosa, shona (Botanikada); to'tburchak, kvadrat (Geometriyada); ega, kesim (Tilshunoslikda); qofiya, turoq, bvazn (Adabiyotshunoslikda) kabi" Termin o’ziga xos tizim sifatida 1993-yildan boshlab o’rganila boshlangan. Va bu yo’alishning asoschisi D.S Lottedir. Shunidek, A.A Reformatskiy va yana boshqa olimlarning bu sohadagi hissalari beqiyos ekanligini alohida ta’kidlashimiz joiz. Hozirgacha terminologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlarni quyidagi yo’nalishlarga bo’lish mumkin: Shuningdek, A.A Reformatskiy va yana boshqa olimlarning bu sohadagi hissalari beqiyos ekanligini alohida ta’kidlashimiz joiz. Hozirgacha terminologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlarni quyidagi yo’nalishlarga bo’lish mumkin:Terminologiya masalalari hamisha tilshunoslikning dolzarbmasalalaridanbo'lib kelgan. Chunki terminlarning sohalar lug'aviyqatlamlaridagi o'rni va vazifasini belgilash, tushunchaning mazmun mohiyatini to'g’ri anglash imkonini beradi.Ko’pincha, termin va nomenklatura tushunchalari o’zaro farqlanmasdan qo’llanadi. Shuning uchun ushbu o’rinda yo’l-yo’lakay nomenklaturaga ham munosabat bildirishga to’g’ri keladi. Nomenklatura (lotincha – nomenclatura "ro’yxat") – ilm-fanning turdosh (tipik) obyektlari nomi. Agar termin umumiy tushunchani ifodalasa, nomenklatura xususiy tushunchani ifodalaydi.
Masalan, ta’lim muassasalari turlari, o’quv-didaktik jihoz va shu kabilar nomlari nomenklaturalardir.Hozirgacha termin tushunchasi tilshunoslikda turlicha talqin qilinmoqda – deb qayd etishadi.. Ba’zi tilshunoslar terminga ilm va texnikaga oid so’z va iboralarnigina emas, barcha uy-ro’zg’or asboblari nomlarini, ishlab chiqarishning hozirgi darajasidagi qurollarnigina emas, balki o’tmishdagiibtidoiy qurollarning barcha nomlarini, shuningdek, kasb-hunarga oid so’zlarni ham kiritadilar. Agar masala shu taxlitda qo’yiladigan bo’lsa, har bir konkretpredmet nomini termin deb atash lozim bo’lar edi. Gap terminnning aniq bir ma’noni ifodalashida emas, bu jihatdan qaraladigan bo’lsa, kasb-hunar leksikasining ilmiy-texnikaviy terminlardan deyarli farqi yo’q, termin har qanday tushunchaning aniq atamasi sifatidagina emas, balki ilmiy tushunchani ifodalovchi vosita sifatida asosan yozma shaklda maydonga keladi”.Demak, “atama” so’zini “termin” tushunchasi ma’nosida qo’llaganimizda, uni umuman narsa-predmetlar, voqea-hodisalarning nomi sifatida emas, balki aniq bir ilmiy tushunchani ifodalaydigan va ma’lum bir fan sohasiga tegishli bo’lgan birliklarni anglashimiz lozim.
Atamalarning son jihatdan ko’pchilikni tashkil etishi ularni mavzuiy guruhlarga bo’lib o’rganishni taqozo qiladi. Atamalarni dastlab ikki katta guruhga ajratish to’g’ri bo’ladi:
1 Umumiylik xususiyatiga ega bo’lgan atamalar.
2 Xususiylik xususiyatiga ega bo’lgan atamalar.
Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo’nalishlariuchuntushunarli bo’lgan atamalar kiradi. Masalan, sportdagi musobaqa, sovrin, sovrindor, yutuq, g’alaba, birinchilik, chempionat, atamalarini sportning barcha turlarida bemalol qo’llash mumkin. Fizikaga oid issiqlik, temperature, jism, elektr, magnit, gaz, harakat, energiya, maydon singari atamalar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin. Xususiy atamalar esa faqatgina bitta mavzuiy guruh doirasida amal qiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan fizikaga oid atamalar uning barcha sohalarida qo’llanilishi mumkin bo’lgani holda, gravitatsiya, diod, termoster, kondensatsiya, kapillyar hodisalar singari atamalar yoki kimyoga oid gidroksid, oksid, sulfat kislotasi, xlorid kislotasi kabi atamalar tor ixtisos doirasida qo’llaniladi. Bunday holatni fanlarning barcha yo’nalishlari va sohalarida kuzatish mumkin Dunyoda chetdan so’z o’zlashtirmagan birorta ham til yo’q, degan qarash uning terminologiyasiga ham to’g’ri keladi. “Hamma tillarda ham yangi tushunchani ifodalash uchun yo boshqa tildan tayyor termin qabul qilinadi, yo shu tilning o’zida mavjud bo’lgan so’z yoki termindan foydalaniladi, yo bo’lmasa yangi termin yasaladi” deb yozadi ingliz tilshunoslaridan biri. Terminologiya hajmi va ko’lami jihatidan tilshunoslikning katta bo’limi yoki qismi bo’lganligi uchun ham uni tadqiq qilish tadqiqotchidan katta ma’suliyat e’tabor talab etadi. Umuman olib qaraganda, terminologiya tilshunoslikka aloqador bo’lgan bo’lim balki, uni deyarli barcha sohalarda uchratish mumkin. Faqat u barcha sohalarda turlcha talqin etiladi yoki talqin etilmaydi. Dastlab, terminologiya deyarli sohalarga bo’lib o’rganilmagan, shunchaki qaysi sohadagi termin bo’lsa o’sha soha kishilari uchun tushunarli bo’lgan. Keyinchalik, ularni ma’lum tizimga solish, terminologik lug’atlar yaratish avj oldi. Bugungi kunga kelib lug’atlarning bir necha turlari mavjud: harbiy atamalar lug’ati, tibbiyot atamalari lug’ati, adabiyotshunoslik atamalari va boshqalar
Do'stlaringiz bilan baham: |