Mavzu: O’zbek tilining (Fonetikasi, Leksikologiyasi, Morfologiyasi) Reja



Download 26,55 Kb.
bet1/2
Sana14.04.2022
Hajmi26,55 Kb.
#550068
  1   2
Bog'liq
7. MAVZU. ADABIY NUTQ VA UNING USLUBLARI.


MAVZU: O’zbek tilining (Fonetikasi , Leksikologiyasi, Morfologiyasi)
Reja:


1.O’zbek tilining Fonetikasi.
2. .O’zbek tilining Leksikologiyasi
3. .O’zbek tilining Morfologiyasi
.
\
Fonetika (yunonchaphonetikos — tovushga, tovush chiqarishga oid; tovushli, ovozli) — 1) tilshunoslikning nutq tovushlarining hosil boʻlish usullarini va akustik xususiyatlarini; boʻgʻin, nutqning pauza bilan ajraluvchi qismlarini oʻrganuvchi boʻlimi. Shu bilan birga, ayrim tilshunoslar fonetika doirasiga tovush birliklarining yozuvdagi ifodalari (grafika) va maʼnoli birliklarning yozilish qoidalari (imlo)ni ham qoʻshib, uning oʻrganish obyektini yanada kengaytiradilar (rus olimi L. V. Shcherba). Oʻzbek tilshunosligida fonetika doirasida, asosan, nutq tovushlari [ularning artikulyatsion, akustik, perseptiv (psixofonetik) va funksional tomonlari| va ohang (boʻgʻin, sintagma, urgʻu va boshqalar) oʻrganiladi.
Nutqning tovush tomoni segment (lotinchasegmentum — qirqim, parcha, boʻlak) va ustsegment (supersegment) birliklarga boʻlinadi. Segment birliklar ketmaket joylashadi (bir vaqtning oʻzida 2 ta tovushni talaffuz qilib boʻlmaydi). Shuning uchun ularni silsilali yoki ketmaket birliklar deyish mumkin. U stsegment birliklarga urgʻu va ohang (intonatsiya) kiradi. Bu birliklar segment birliklar ustiga qoʻyiladi va ularga turlicha tus beradi.
Har qanday nutq tovushi, avvalo, nutq aʼzolarining harakati tufayli talaffuz etiladi, yaʼni fiziologik xususiyatga ega. Ikkinchidan, u havoning maʼlum elastik jiyemni tebratishidan hosil boʻladi; demak, uning akustik (fizik) jihati bor. Uchinchidan, muayyan soʻz va morfemaning maʼno tomoni bilan tovush qobigʻi birgalikda inson ongida shakllanadi, zero inson maʼlum tovushlar majmuini eshitish bilan qabul qilar ekan, ushbu majmu zaminidagi maʼnoni idrok etadi, bu perseptiv (psixofonetik) xususiyat sanaladi. Va nihoyat, eng muhimi, nutq maʼlum vazifani bajaradi, binobarin, funksional qimmatga ega. Nutq tovushlari yuqoridagi xususiyatlariga koʻra turli nuqtai nazardan oʻrganilishi mumkin. Fonetika tilning tovush tizimini qaysi jihatdan oʻrganishi (maqsadi) nuqtai nazaridan quyidagi turlarga boʻlinadi: umumiy fonetika; tarixiy (diaxron) fonetika; tasviriy (sinxron) fonetika; qiyosiy fonetika; eksperimental fonetika Yuqoridagilar bilan birga xususiy fonetika ham ajratiladiki, unda barcha fonetik xususiyatlar aniq bir til misolida oʻrganiladi.
Umumiy fonetika barcha tillar uchun umumiy boʻlgan fonetik xususiyatlarni (nutq tovushlarining hosil boʻlishi, ularning universal tasnifi, tovushlarning birikish qonuniyatlari, yondosh tovushlardan birining ikkinchisiga taʼsiri va boshqalarni) oʻrganadi. Umumiy fonetika xususiy fonetika materiallariga asoslanadi. Tarixiy fonetika tilning fonetik tizimini tarixiy taraqqiyotida, rivojlanish jarayonida oʻrganadi. Tasviriy fonetika esa muayyan til fonetik tizimining hozirgi holatini oʻrganadi. Qiyosiy fonetika ikki til fonetikasini, qarindosh tillar tovush tizimini bir-biriga qiyoslaboʻrganadi. Eksperimental fonetika nutqtovushlarini, fonetik hodisalarni maʼlum texnik vositalar yordamida oʻrganadi.
Nutq tovushlarining hosil boʻlish mexanizmini oʻrganish 17-asrda boshlangan boʻlib, bu hol karsoqovlarni oʻqitish ehtiyojidan kelib chiqqan (ispaniyalik X. P. Bonet, angliyalik J. Uilkins, niderlandiyalik I. Amman asarlari). Tilningtovush tomonini har jihatdan lintvistik nuqtai nazardan oʻrganish birinchi marta nemis olimi E. Ziversning „Tovush fiziologiyasi asoslari“ (1876, 2nashri „Fonetika asoslari“ deb nomlanadi, 1881) asarida kuzatiladi. Rossiyada umumiy fonetikaning rivojiga I. A. Boduen de Kurtene va uning shogirdlari V.A. Bogoroditskiy va L. V. Shcherbalar oʻz asarlari bilan muhim hissa qoʻshdilar.
Fonetika tilning boshqa sohalari bilan bogʻliq, chunki tovush, urgʻu va ohangsiz boʻgʻin, soʻz, soʻz birikmasi va ran boʻlmaydi. Shu tufayli fonetika leksika, morfologiya, sintaksis va stilistika bilan bogʻliq til bosqichi deb qaraladi. Oʻzbek tili fonetikasi ham chuqur oʻrganilmoqda. Oʻzbek tilining tasviriy fonetikasini tadqiq qilishda V. V. Reshetov, Sh. Shoabdurahmonov, fonetika Abdullayev, A. Gʻulomovlar; oʻzbek tili fonetikasini 60-yillar oxiridan eksperimental oʻrganishda A. Mahmudov va S. Otamirzayevalar; oʻzbek tilining tarixiy fonetikasini oʻrganishda fonetika Abdullayev, Gʻ. Abdurahmonov, A. Rustamov, Q. Mahmudov, H. Neʼmatov, E. Umarovlarning xizmatlari katta.
Fonetika fonologiya bilan uzviy bogʻliq. 2) maʼlum tilga xos tovushlarning akustik va artikulyatsion (fiziologik) xususiyatlari, muayyan tilning fonetik tuzilishi. Mas, oʻzbek tili fonetikasi.
Tildagi so‘zlarning jami uning leksikasini, ya’ni lug‘at boyligini tashkil etadi. Leksikologiya (yunoncha lexikos-lug‘atga oid va logos-ta’limot) tilshunoslikning lug‘aviy birliklar tarkibini tekshiradigan bo‘limidir.

Tilning lug‘at tarkibi va uni tashkil etuvchi so‘zlar bir qator umumiyliklarga ega. Ular quyidagilarda ko‘zga tashlanadi:1) tildagi so‘zlar muayyan ma’no ifodalash xususiyatiga ega bo‘ladi. So‘zning ma’no xususiyatlari leksikologiyaning semosiologiya bo‘limida o‘rganiladi; 2) har qaday tilning taraqqiyoti jarayonida yuz beradigan o‘zgarishlar avvalo uning leksikasida o‘z aksini topadi. Chunki til jamiyat taraqqiyoti davomida yangi-yangi so‘zlar hisobiga boyib boradi, ayni paytda ba’zi so‘zlar eskiradi va iste’moldan chiqadi; 3) tilning lug‘at tarkbidagi so‘zlar iste’mol darajasiga ko‘ra chegaralangan yoki chegaralanmaganligi bilan ham farqlanadi. Xususan, ba’zi so‘zlar umumxalq iste’molida bo‘lsa (ota, ona, yurmoq, men, sen), ayrim so‘zlaning iste’mol darajasi chegaralangan bo‘ladi. Masalan, shevaga oid so‘zlarning hududiy chegaralanishi, shular jumlasidandir; 4) so‘zlar nutq uslubiga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra ham farqlanadi. Jumladan, ba’zi so‘zlar uslubiy betaraf bo‘lsa, ba’zilari esa nutq uslubining ma’lum turiga mansubligi bilan farqlanadi; 5) har bir so‘z tovush qiyofasi va ma’noga, ya’ni shakl va mazmunga ega. Shunga ko‘ra, so‘zlar omonim, paronim, sinonim, antonim munosabatlarni yuzaga keltiradi.Tilning eng muhim birliklaridan bo‘lgan so‘zlarga xos bu umumiyliklar leksikologiyaning asosiy tekshirish ob’yektidir.


Tildagi so‘zlar bir va birdan ortiq ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Bir ma’nolilik hodisasi monosemiya, ko‘p ma’nolilik hodisasi esa polisemiya deb yuritiladi. Masalan, marmar, g‘oya, xulosa, taassurot kabi so‘zlar va ilm - fan sohalariga doir atamalar bir ma’noli so‘zlardir. O‘z va ko‘chma ma’nolari tufayli ikki yoki undan ortiq ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar esa ko‘p ma’noli (polisemantik) so‘zlar deyiladi. Masalan: etak - choponning etagi, tog‘ning etagi.
Tilshunoslikda so‘zning ko‘p ma’nolilik xususiyatini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ko‘p ma’noli so‘zlar turli usullar vositasida ma’no ko‘chishi orqali o‘z ma’nosidan boshqa ma’nolar ifodalagan holda tilning ifoda imkoniyatlarini boyishida muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, ko‘p ma’noli so‘zlar o‘z ma’nosidan tashqari ko‘chma ma’nolarga ham ega bo‘ladi. So‘zning nutqdan tashqarida, ya’ni tilda ifodalagan ma’nosi o‘z ma’nosi deb ataladi. Masalan, ko‘z, etak so‘zlari yakka holda ishlatilganda uning asl, ya’ni o‘z ma’nosi anglashiladi.
So‘zning gap ichida, ya’ni nutqdagi o‘z ma’nosidan boshqacharoq mazmun ifodalashi uning ko‘chma ma’nosi deb yuritiladi. Masalan, ishning ko‘zi, tog‘ning etagi kabi birikmalar tarkibida ko‘z va etak so‘zlari ko‘chma ma’noda qo‘llangan.

Grammatika «harf o'qish va yozish san'ati», «harf») atamasi tilning morfologik va sintaktik qurilishi va bu qurilishni o'rganadigan tilshunoslikning bo'limi ma'nolarida qollaniladi. Demak, grammatika tilshunoslikning morfologiya va sintaksis bo'limlarini o'z ichiga oladi.





Download 26,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish