Mavzu: O’zbek tilining (Fonetikasi, Leksikologiyasi, Morfologiyasi) Reja


Morfologiya (grek. morhfos «shakl», logos «ta'limot» so'zlaridan olingan bo'lib) so'z shakllari haqidagi ta'limotdir



Download 26,55 Kb.
bet2/2
Sana14.04.2022
Hajmi26,55 Kb.
#550068
1   2
Bog'liq
7. MAVZU. ADABIY NUTQ VA UNING USLUBLARI.

Morfologiya (grek. morhfos «shakl», logos «ta'limot» so'zlaridan olingan bo'lib) so'z shakllari haqidagi ta'limotdir.
Tilshunoslikning leksikologiya bo'limi ham, morfologiya bo'limi ham so'z haqida bahs yuritadi, lekin bu ikki bo'lim so'zning qaysi tomoniga e'tibor qaratishi bilan bir-biridan farq qiladi. Leksikologiya leksik so'z (leksema)larni, ularning atash ma'nolarini o'rgansa, morfologiya so'zning grammatik ma'nolari va bu ma'nolarni ifodalovchi shakllarni, ya'ni so'zning morfologik shakllarini o'rganadi. Masalan, qalam, qalamning, qalamni, qalamga, qalamdan, qalamda shakllari bir so'zning (qalam so'zining) turli shakllari hisoblanadi. Bu so'z shakli uning hammasida takrorlanayotgan qalam qismi ikkita ma'noga ega. Birinchi ma'nosi yozish, chizish uchun mo'ljallangan grafit toshga yog'och qoplama o'rnatilgan o'quv qurolini bildiradi. Bu qalam leksemasining (leksik so'zning) atash ma'nosi sanaladi. Leksik so'zning atash ma'nolari leksikologiyada o'rganiladi. Shu bilan birgalikda qalam so'zi daftar, kitob so'zlari singari nima? so'rog'iga javob bo'lib, predmetlik, bosh kelishiklik, birlik ma'nolariga ham ega. Bu esa qalam so'zining ikkinchi ma'nosi — grammatik ma'nosi sanaladi. Ana shu grammatik ma'nolar va ularni ifodalovchi vositalar morfologiya bo'limida o'rganiladi.

Shunday qilib, morfologiya so'z turkumlari va ularning grammatik shakliari bo'yicha bahs yuritadi.


Ko'rinadiki, so'zning leksik ma'nosi bilan ularning predmetlik, belgi, harakat singari ma'nolarini Grammatika (grek. ifodaiovchi umumiy grammatik ma'nolari o'rtasida uzviy aloqa mavjuddir. So'zlarni turkumlarga ajratishda so'zlarning leksik ma'nosi ustiga qo'yilgan umumiy grammatik (prcdmet, belgi — xususiyat, harakat-holat kabi) ma'no asosiy tayanch nuqta bo'lib xizmat qiladi.
Shu bilan birgalikda, morfologiya bilan sintaksis o'rtasida ham chambarchas bog'liqlik mavjud. Morfologiyadagi har bir so'z shakli gap tarkibida ma'lum sintaktik vazifa bajaradi, ma'lum gap bo'lagi vazifasida keladi. Grammatik shakllar gap tarkibidagi bo'laklarni bir-biriga bog'lovchi yoki gap bo'lagiga qo'shimcha ma'no yuklovchi vosita vazifasini bajaradi.
Morfologiya. so'z turkumlari, ularga xos grammatik maʼnolarni, har bir turkumga xos grammatik kategoriyalar, bu kategoriyalarni yuzaga keltiruvchi grammatik shakl va grammatik maʼnolar va shahrik.ni oʻrganadi. Til tizimdan iborat boʻlganidek, uning M.si ham oʻziga xos tizimni tashkil etadi. Oʻz navbatida, morfologik tizim ham oʻziga xos kichik tizimlardan tashkil topadi. Ulardan har birining mohiyati yoritilishi bilan, tilning M.si yaxlit holda, tizim sifatida oʻrganiladi.
Har bir soʻz turkumiga xos ichki tizim (tizimcha)larni shu turkumga xos morfologik kategoriyalar tashkil etadi. Morfologik kategoriyalar soʻz turkumiga xos maʼlum bir hodisaga oid umumiy va xususiy maʼnolar va bu maʼnolarni ifodalovchi soʻz shakllari birligidan iborat boʻladi. Ana shu soʻz shakllari va ularga xos umumiy va xususiy maʼnolar yoritilishi bilan muayyan morfologik kategoriyalarning mo-hiyati belgilanadi. Boshqacha aytganda, morfologik tizim ichidagi ichki tizimlardan birining mohiyati belgilanadi. Mas, feʼlning zamon kategori-yasi feʼl M.sida alohida tizimni tashkil etadi. Shuning uchun feʼlning zamonlariga nisbatan "feʼl zamonlari tizimi" degan ibora ham qoʻllanadi. Feʼlning zamon kategoriyasi, zamon tizimining mohiyati shundan iboratki, zamon shakllarining barchasi harakatning nutq vaqtiga (nutq momentiga) munosabatini bildiradi. Bu — zamon shakllarining barchasi uchun umumiy boʻlgan xususiyat. Shu bilan birga har bir zamonga oid feʼl shakli (shakllari) oʻziga xos xususiyatga ega. Mas, oʻtgan zamon shakllari harakatning nutq vaqtigacha, hozirgi zamon shakllari harakatning nutq vaqtida, kelasi zamon shakllari harakatning nutq vaqtidan keyin bajarilishini bildiradi. Feʼl zamon shakllariga xos ana shu umumiy va xususiyliklar zamon kate-goriyasining , feʼl zamonlari tizimining mohiyatidir. Demak, feʼl turkumiga oid har bir morfologik kategoriyaning mohiyatini aniqlash bilan feʼlning morfologik tizimi yoritiladi.[1]
Shu bilan birgalikda, morfologiya bilan sintaksis o'rtasida ham chambarchas bog'liqlik mavjud. Morfologiyadagi har bir so'z shakli gap tarkibida ma'lum sintaktik vazifa bajaradi, ma'lum gap bo'lagi vazifasida keladi. Grammatik shakllar gap tarkibidagi bo'laklarni bir-biriga bog'lovchi yoki gap bo'lagiga qo'shimcha ma'no yuklovchi vosita vazifasini bajaradi.
Shunday qilib, tilshunoslikning leksikologiya, morfologiya va sintaksis bo'limlari o'rtasida uzviy aloqa mavjud.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Matusevich M. I., Vvedeniye v obshuyu fonetiku, M., 1959; Reshetov V. V., Uzbekskiy yazik, ch. 1. Vvedeniye. Fonetika, T., 1959; Xozirgi oʻzbek adabiy tili, 1j., T., 1966;Baskakov N. A., Sodiqov A. S, Abduazizov A. A., Umumiy tilshunoslik, T., 1979; Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1qism, T., 1980; Sravnitelnoistoricheskaya grammatika tyurkskix yazikov. Fonetika, M., 1984; Neʼmatov H., Oʻzbek tilining tarixiy fonetikasi, T., 1994; Reformatskiy A.A., Vvedeniye v yazikovedeniye, M., 1998.

https://hohttps://uz.wikipedia.org/wiki/Morfologiyazir.org/1-dars-morfologiya-va-uning-organish-obyekti-soz-turkumlari-da.html
Download 26,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish