ortiqcha a‟zoli tasniflar tasniflangan guruhlar hajman tasniflanuvchi butunlikdan katta bo‗ladi. Masalan, «unlilar lablangan, lablanmagan va bo‗g‗iz turlariga ega».
Tasnifning bir asosda amalga oshirilishi lozimligi. Tasniflanuvchi butunlikni guruhlarga bo‗lish bir belgi, asos, mezon asosidagina amalga oshirilmog‗i lozim. Masalan, so‗z turkumlari uch – morfologik, semantik va sintaktik belgi asosida tasniflanishi mumkin. Lekin har bir tasnifda ularning birigagina tayaniladi. Tasnifda bunga rioya qilmaslik ikki xil xatoga olib keladi:
tasnifni amalga oshira olmaslikni keltirib chiqaradi. Masalan, so‗zlar morfologik jihatdan o‗zgaruvchi va o‗zgarmas, semantik jihatdan avtosemantik (mustaqil ma‘noli) va sinsemantik (nomustaqil ma‘noli) so‗zlarga bo‗linadi. Lekin ularni bir paytning o‗zida morfologik va semantik tasnif qilib bo‗lmaydi. Chunki o‗zgarmas so‗z avtosemantik ham, sinsemantik ham bo‗lishi mumkin. Masalan, ko‗makchi o‗zgarmas, sinsemantik, ravishlar o‗zgarmas, avtosemantik so‗z;
Do'stlaringiz bilan baham: |