Mazkur Qaror bilan 2015-2019 yillarda"O'zbek milliy avtomagistrali" tarkibiga kiruvchi respublikadagi avtomobil yo'llariqismlari va umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish hamda rekonstruktsiya qilish, shuningdek, yo'l tashkilotlarining ishlab chiqarish bazalarini texnik rivojlantirish chora-tadbirlarining manzilli ro'yxati tasdiqlangan. Unga ko'ra, 2015-2019 yillar davomida umumiy hisobda – 2699,8 km uzunlikdagi yo'llarda qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari ko'zda tutilgan. - Mazkur Qaror bilan 2015-2019 yillarda"O'zbek milliy avtomagistrali" tarkibiga kiruvchi respublikadagi avtomobil yo'llariqismlari va umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish hamda rekonstruktsiya qilish, shuningdek, yo'l tashkilotlarining ishlab chiqarish bazalarini texnik rivojlantirish chora-tadbirlarining manzilli ro'yxati tasdiqlangan. Unga ko'ra, 2015-2019 yillar davomida umumiy hisobda – 2699,8 km uzunlikdagi yo'llarda qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari ko'zda tutilgan.
Qayd etish joizki, dastur doirasida2015 yilda 376,3 km uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurishva rekonstruktsiya qilish ishlari belgilangan bo'lsa, amalda jami 382,4 km uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilinib, jami 1268,5 mlrd. so'm miqdoridagi investitsiya mablag'lari o'zlashtirildi.
Yoki istiqlol yillarida barpo etilgan avtomobil yo'llari haqida
Yaqin paytgacha Samarqand shahri orqali Navoiy, Buxoro yoki Urganchga avtomobilda yo'l olgan haydovchi va yo'lovchilar aynan Samarqand va Navoiy shaharlari o'rtasidagi avtomobil yo'lining sifatiga e'tiroz bildirishar, yo'l ahvoli haqli e'tirozlarga sabab bo'lardi. Bugungi kunda aynan shu yo'llar ta'mirlandi. - Yaqin paytgacha Samarqand shahri orqali Navoiy, Buxoro yoki Urganchga avtomobilda yo'l olgan haydovchi va yo'lovchilar aynan Samarqand va Navoiy shaharlari o'rtasidagi avtomobil yo'lining sifatiga e'tiroz bildirishar, yo'l ahvoli haqli e'tirozlarga sabab bo'lardi. Bugungi kunda aynan shu yo'llar ta'mirlandi.
- Gap shundaki, "O'zavtoyo'l" DAK tizimidagi Samarqand xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo'llarini saqlashga ixtisoslashtirilgan ta'mirlash-foydalanish korxonasi tomonidan 2015 yilning 25 aprelidan to 20 mayiga qadar xalkaro ahamiyatdagi M-39 "Almati-Bishkek-Toshkent-Termiz" avtomobil yo'lining 1037-1135 kilometrlari oralig'ida, M-37 "Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi" avtomobil yo'lining 0-147 kilometrlarida va M-37a "Samarkand halka yuli" avtomobil yulining 33-46 kilometrlarida joriy ta'mirlash va saqlash ishlari bajarildi. Bu esa Samarqand viloyatining Bulung'ur, Jomboy, Urgut, Samarqand, Oqdaryo, Ishtixon, Kattaqo'rg'on, Narpay va Paxtachi tumanlari hamda Samarqand va Kattaqo'rg'on shaharlaridan o'tgan hududlarga to'g'ri keladi.
- Bu ishlarga 1,8 milliard so'mdan ziyod mablag' sarflandi.
- Hozirgi paytda milliy avtomagistrallarimiz haqida gap ketganda, "Istiqbolga eltuvchi yo'llar", "Qit'alarni bog'lovchi magistrallar" kabi iboralarning qo'llanilishi odatga aylandi. Bu bejiz emas, negaki, yurtimiz jo'g'rofiy jihatdan Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan. Shu bois, uning hududi orqali Osiyo va Yevropaning turli tomonlari bilan bog'lovchi 44 ta transport tranzit yo'nalishlari o'tgan. Ular jahon ahamiyatiga molik yo'laklarning uzviy qismi bo'lib, muhim iqtisodiy, ijtimoiy va strategik vazifalarni bajaradi, ishlab chiqaruvchi bilan xaridorni, davlatlar va qit'alarni bir-biriga bog'laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |