Mavzu: O‘zbek adabiy tilida chiziqcha bilan yozish imlosi
Reja:
1. Juft so’zlar imlosi
2. Takroriy so’zlar imlosi
3. Qo’shimcha yuklamalar imlosi
4. Chiiziqcha va tirening farqi
Juft so’zlar imlosi
El-yurt, mehr-shafqat, qovun-tarvuz, omon-eson, kecha-kunduz, yozin-qishin, asta-
sekin, uch-to„rt, o„n-o„n beshta (10-15 ta), bilinar-bilinmas, bordi-keldi, kuydi-pishdi,
don-dun, oz-moz, mayda-chuyda, aldab-suldab, o„ylab-netib, so„ramay-netmay, kiyim-
kechak, adi-badi, ikir-chikir, duk-duk, taq-tuq, qop-qop, ming-ming (ming-minglab),
bitta-bitta (bitta-bittalab), baland-baland, chopa-chopa, ishlay-ishlay, yaqin-
yaqinlargacha, hamma-hammasi, uy-uyiga, ich-ichidan kabi.
Juft yoki takror so‘zlarning o‘rtasida chiziqcha ishlatiladi: ota-ona, orzu-umid,
kecha-kunduz, qing„ir-qiyshiq; tog„-tog„, sekin-tez kabi.
Juft so‘zdan qo‘shimcha yordamida yasalgan so‘zlar ham chiziqcha bilan
yoziladi: baxt-saodatli, xayr-xo„shlashmoq kabi;
Juft so‘z qismlari orasida -u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha
qo‘yiladi va juft so‘z qismlari ajratib yoziladi: do„st-u dushman (do„st-dushman), kecha-
yu kunduz (kecha-kunduz) kabi;
Yetakchi va ko‘makchi fe’l bir xil shaklda bo‘lsa, chiziqcha bilan yoziladi: yozdi-
otdi, borasan-qo„yasan, uxlabman-qolibman kabi.
Chiziqcha bilan yozish imlosi
Juft so‘z va takror so‘z qismlari chiziqcha bilan yoziladi: mehr-shafqat, kecha-kunduz, ikir-chikir, taq-tuq, bitta-bitta, baland-baland, chopa-chopa, ishlay-ishlay, hamma-hammasi, ich-ichidan, o‘n-o‘n besh, don-dun, mayda-chuyda, oz-moz, ming-ming (ming-minglab), oz-moz, asta-sekin, duk-duk, baland-baland, bitta-bitta kabi.
Eslatma:
1. Juft so‘zdan qo‘shimcha yordamida yasalgan so‘zlar ham chiziqcha bilan yoziladi: xayr-xo‘shlamoq, baxt-saodatli kabi.
2. Juft so‘z qismlari orasida -u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladi va juft soz qismlari ajratib yoziladi: kecha-yu kunduz (kecha-kunduz), do‘st-u dushman (do‘st-dushman) kabi.
3. Yetakchi va ko‘makchi fe‘l bir xil shaklda bo‘lsa, chiziqcha bilan yoziladi: yozdi-oldi, uxlabman-qolibman, borasan-qo‘yasan kabi.
4. Belgini kuchaytiruvchi qip qizil, yam-yashil, to‘ppa-to‘g‘ri, bab-baravar, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi kabi so‘z shakllari shiziqcha bilan yoziladi (lekin oppoq so‘zi qo‘shib yoziladi).
5. So‘zning -ma, -ba yordamida birlashgan qismlari chiziqcha bilan yoziladi: dam-badam, rang-barang, uyma-uy, ko‘chama-ko‘cha kabi. Lekin mustaqil ishlatilmaydigan qism qatnashsa, bunday so‘zlar qo‘shib yoziladi: darbadar, ro‘baro‘ kabi.
6. Rus tilidan aynan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yoli bilan olingan so‘zlar asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi: kilovatt-soat, unter-ofitser kabi.
7. -chi, -a, (-ya), -ku, -u, (-yu), -da, -e, -ey (-yey) yuklamalari chiziqcha bilan yoziladi: boraylik-chi, sen-chi, sen-a, kutaman-a, bola-ya, mingta-ya, keldi-ku, kelgan-u, yaxshi-yu, yaxshi-da, qo‘y-e, yashang-e, o‘g‘lim-ey, keldi-yey kabi. Ammo -mi, -oq (-yoq), -ov (-yov), -gina (-kina, -qina) yuklamalari o‘zidan oldin kelgan so‘zga qo‘shib yoziladi: keldimi, keliboq, o‘ziyoq, ko‘rganov, mengina, qo‘shiqinna, ko‘rdiyov kabi.
8. Tartib son arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha (-) qo‘yiladi: 7-sinf, 5-“A” sinfi, 3- , 7- , 8-sinf o‘quvchilari, 60-yillar, 1991-yilning 1-sentabri kabi. Tartib sonni ko‘rsatuvchi rim raqamlaridan keyin chiziqcha yozilmaydi: X sinf, XXI asr kabi.
Belgini kuchaytiruvchi
qip-qizil, yam-yashil, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi,
to„ppa-to„g„ri, bab-barobar kabi so‘z shakllari chiziqcha bilan yoziladi.
(lekin oppoq so‘zi qo‘shib yoziladi).
So‘zning -ma, ba- yordamida birlashgan qismlari chiziqcha bilan yozila-
di: ko„chama-ko„cha, uyma-uy, rang-barang, dam-badam kabi. Lekin mustaqil
ishlatilmaydigan
qism qatnashsa,
bunday so‘zlar qo‘shib yoziladi: ro„baro„,
darbadar kabi.
Rus tilidan aynan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yo‘li bilan olingan so‘zlar asliga
muvofiq chiziqcha bilan yoziladi: unter-ofitser, kilovatt-soat kabi.
-chi, -a (-ya), -ku, -u (-yu), -da, -e, -ey (-yey) qo’shimcha yuklamalari chiziqcha
bilan yoziladi: sen-chi, boraylik-chi, sen-a, kutaman-a, bola-ya, mingta-ya, keldi-ku,
kelgan-u, yaxshi-yu, yaxshi-da, qo„y-e, yashang-e, o„g„lim-ey, keldi-yey kabi.
Ammo -mi, -oq (-yoq), -ov (-yov), -gina (-kina,-qina) qo’shimcha yuklamalari
o‘zidan oldin kelgan so‘zga qo‘shib yoziladi: keliboq, o„ziyoq, ko„rganov, ko„rdiyov,
mengina, qo‟shiqqina kabi.
Tartib son arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha (-)
qo‘yiladi: 7-sinf, 5-“A” sinfi, 3-, 7-, 8-sinf o„quvchilari, 60-yillar, 1991-yilning
1-sentabri kabi. Tartib sonni ko‘rsatuvchi rim raqamlaridan keyin chiziqcha
yozilmaydi: XX asr, X sinf kabi.
Chiziqcha orfografiya bo’limida o’rganilsa, tire tinish belgilarda o’raganiladi.
Masalan: asta-sekin, tez-tez; Hamal keldi - amal keldi,Qo’shning tinch - sen tinch
kabi.
1. Mashg’ulot. So‘zlarni o‘qing. Ular ishtirokida gaplar tuzing, so‘ng
daftaringizga ko‘chirib yozing.
Orzu-umid, aka-uka, chol-kampir, issiq-sovuq, kecha-kunduz, el-yurt, asta-sekin;
baxt-u saodat, ota-yu ona, qop-qora, ko‘m-ko‘k, rang-barang, men-a, bor-e, bolam-ey,
biz-chi.
2. Mashg’ulot. Gaplarni o‘qing, chiziqcha va tirening ishlatilish sabablarini
ayting.
Mehribon kishining pand-nasihatlarini olgin — ular seni saodatga yetaklaydi.
Ko‘zing sog‘ida ezgulik qil, mol-dunyong borida ulash, yedir. (Yusuf Xos Hojib) Beva-
bechora, mayib-majruh, xor-u zor insonlarga ko‘ngildan chiqarib berilgan moddiy
yordam: pul-non, mayiz-yong‘oq, kiyim-bosh va hokazolarga xayr-sadaqa deyiladi.
(M. Sattor) Go‘zallik shunday narsaki, u insonda mehr-muhabbat, shodlik, erkinlik va
shunga o‘xshash tuyg‘ularni uyg‘ota olishi shart. (A. Oripov) G‘o‘zalarim tiniqib-tiniqib
suv icha berdi. G‘o‘zalarim qonib-qonib suv icha berdi. Chilla suv — tilla suv bo‘ldi.
(T. Murod)
Aravakash uning so‘zini ilib oldi:
— Shirin-shirin gap o‘rnida shirin-shirin ashuladan bo‘lsin, opa, ta’rifingiz eshitib
jigarlarimiz laxta-laxta qon bo‘lib ketgan. (A. Cho„lpon)
Do'stlaringiz bilan baham: |