Mavzu: Oz kompanentli maktablarda ona tili darsliklariga umumdidaktik talablar



Download 33,88 Kb.
bet1/5
Sana23.06.2022
Hajmi33,88 Kb.
#693810
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Oz kompanentli maktablarda ona tili darsliklariga umumdidaktik talablar


Mavzu: Oz kompanentli maktablarda ona tili darsliklariga umumdidaktik talablar .




Kirish 2
2.1. Oz kompanentli maktablarda savod o’rgatish darslarining xususiyatlari 8
2.2. Oz kompanentli maktablar 12
2.3. Ona tili darslariga umumdidaktik talablar. 15
Xulosa: 20
Foydalanilgan adabiyotlar: 21


Kirish


Oz komplektli maktablarda savod o’rgatish darslarining xususiyatlari. Oz komplektli maktablarda savod o’rgatishni tashkil etishda o’qituvchi bir vaqtning o’zida ikki yoki uch sinf bilan ishlaydi, ya’ni bir vaqtning o’zida bir necha sinf o’quvchilari bilan ish olib boradi. Bunday sinflarda dars jadvali integrallashtirilgan bo’lishi kerak va darslar 30 daqiqagacha qisqartirilishi mumkin. Savod o’rgatish davridagi yozuv darslarini boshqa sinflarda olib boriladigan matematika, tabiatshunoslik va ba’zan o’qish darslari bilan birga olib borish maqsadga muvofiqdir.
Oz komplektli maktablarda o’quvchilarning mustaqil ishlariga alohida ahamiyat beriladi, chunki o’qituvchi ikki sinf yoki uch sinf bilan ishlaganda, bir sinf bilan alohida ishlay olmaydi: u bir sinf bilan ishlashi uchun qolgan sinflarga mustaqil ish topshirib, ularni band qilishga majbur. SHuning uchun maxsus mustaqil ishlar tizimi ishlab chiqilishi zarur. Oz komplektli maktablarda savod o’rgatish davrida mustaqil ishlarni muvaffaqiyatli uyushtirish uchun “Alifbe”ga qo’shimcha, ishni jonlantiradigan didaktik tarqatma materiallar muhim ahamiyatga ega.
Mustaqil ish savod o’rgatish jarayonida o’qituvchining rahbarlik qilishini talab etadi: o’qituvchi aniq vazifa topshiradi, uni qanday bajarishni yaxshilab tushuntiradi, o’quvchi bajargan ishni sinfning o’zida tekshiradi. Boshqa sinflar bilan ishlash jarayonida ham u 1-sinf o’quvchilarining mustaqil ishni qanday bajarayotganini kuzatib boradi.
Savod o’rgatish jarayonida bajariladigan mustaqil ishlarga turli predmetlar shaklini chizish, bir xil oraliqni mo’ljallab nuqtalar qo’yish, yotiq to’g’ri chiziqlar chizish, ayrim harflar elementlarini yozish, rasmga qarab savollarga javob berishga tayyorlanish, rasmga qarab gap tuzish kabi mashqlarni kiritish mumkin.
Alifbo davrida esa harf terish kartoni va abak yordamida turli xil analitik-sintetik ishlarni uyushtirish, rasm asosida suhbat, ovoz chiqarib yoki ichda o’qish, qayta hikoya qilishga tayyorlanish, berilgan bo’g’inlar yordamida so’zlar tuzish, gaplarni to’ldirish, o’qilgan matnga oid rasm chizish, namuna asosida yozish, tushirib qoldirilgan harf yoki so’zni o’rniga qo’yib yozish, berilgan predmetlarni ma’lum belgisiga ko’ra guruhlash va umumlashtirish kabi mashqlarni qo’llash, bu jarayonda texnika vositalaridan unumli foydalanish zarur. Mustaqil ish sifatida tarqatma materialda berilgan so’zni o’qish, unli va undosh harf tagiga chizish, so’zni bo’g’inlarga ajratish kabi mashqlarning berilishi o’qituvchiga juda qo’l keladi.

Oz komplektli maktablarda texnika vositalaridan foydalanish ham katta ahamiyat kasb etadi.


Komplekt sinflarni to’g’ri taqsimlash va birlashtirish, dars va mustaqil ishlarni mohirlik bilan uyushtirish va rejalashtirish, didaktik materiallardan, ko’rgazmali vositalardan unumli foydalanish yo’li bilan oz komplektli sinf o’quvchilarining bilimlarni puxta o’zlashtirishlariga erishish mumkin.


„Alifbe“ darsligi qurilishining ilmiy-pedagogik tamoyillari
Alifbe“ birinchi o‘quv kitobi bo‘lib, uni ishlab chiqishda didaktikaning umumiy mezonlariga: g‘oyaviylik; bayonning ilmiyligi, tushunarliligi; ko‘rsatmalilik; onglilik; o‘quv materialining hayot bilan bevosita aloqadorligi; bolalar yoshi va dunyoqarashi, o’ziga xos ruhiy xususiyatlarining hisobga olinishi hamda „Alifbe“ darsligi tuzilishining xususiy mezonlariga asoslaniladi.
„Alifbe“ darsligi, asosan, quyidagi ilmiy-pedagogik tamoyiilar asosida tuziladi:
„Alifbe“ materiali bolalarda ongli, to‘g‘ri, bo‘g‘inlab o‘qish va to‘g‘ri yozish malakalarini hosil qilishga yordam berishi kerak.
0‘qish uchun berilgan matnlar, rasmlar bolalar saviyasiga mos bo’lishi, shu bilan birga, ularning tafakkuri va nutqini o‘stirishi lozim.
„Alifbe“ tuzilishida tovush-harflarning ko‘p ishlatilishi tamoyilidan foydalanish kerak.
Alifbe“dagi harflarni joylashtirishga va ular qatnashgan so‘zlarni tanlashga alohida e’tibor qaratish lozim6.“Alifbe“ning harfi, terilishi, qog‘ozi, rasmlarining bo‘yoqlari gigiyenik talablarga javob berishi lozim.
7. „Alifbe“ning tashqi ko'rinishi chiroyli, bolalar diqqatini o‘ziga tortadigan bo‘lishi kerak va hokazo.
„Alifbe“ga qo‘yilgan barcha talab va tamoyillarni faqat „Alifbe“ darsligini tuzuvchilar emas, balki u bilan ishlaydigan o‘qituvchilar ham bilishi zarur. „0‘qituvchi“, avvalo, „Alifbe“ning mazmunini, tuzilishini yaxshi bilib olib, undagi materialdan pedagogik jarayonni tashkil etish (alohida bir dars rejasini tuzish, darslar tizimini belgilash, alifbe materialiga qo'shimcha material tanlash, ba’zi materiallarni qayta ko‘rib chiqish)da foydalanadi. Shundagina o‘qituvchi kitobga ijodiy yondashib, undan metodika talablari va o‘zining pedagogik tajribasidan kelib chiqib foydalangan bo’ladi.
Savol va topshiriqlar:
1.Yozuvning inson hayotidagi ahamiyatini ayting.
2.Hozirgi yozuv shriftiga o‘z munosabatingizni bildiring.
3.Yozuvga o‘rgatishni tashkiliy va gigiеnik shartlarn nimalar?
4.Yozuvga o‘rgatishning ta’limiy shartlariga misollar kеltiring va ularni biror harfni yozish darsiga tatbiq eting.
5.Yozuv darslarida o‘quvchilarga qanday imloviy bilimlar bеriladi?
6.Yozuv darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish qanday amalga oshiriladi?
7.Yozuv daftari ustida ishlashni 
— Men maktab filialida dars beraman. Muassasamiz binosi bun­dan 15 yil avval qishloq­doshlarimiz tomonidan hashar yo‘li bilan qurilgan. 47 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchisini ikki guruhga bo‘lib o‘qitamiz. Men 2- va 4-sinflarga, hamkasbim 1- va 3-sinflarga kam komplektli sharoitda dars beramiz. Mening guruhimda 22 nafar 2- va 4-sinf o‘quvchisi tahsil oladi. Rahbarimizga necha bora e’tiroz bildirib, sinflarni alohida guruhlarga bo‘lib o‘qitishni so‘radik. Ammo direktorimiz mumkin emas, kam komplektli sinflarni tashkil etishning o‘z nizomi bor, deb inkor qildi. Men bu sharoitda ikki yildan buyon saboq berayotgan bo‘lsam, o‘zim ham, o‘quv­chilar ham qator qiyinchilik, noqulayliklar­ga duch kelyap­miz. To‘g‘ri, maktab binosi kichkina, kuz-qish mavsumida bitta qo‘lbola pechka bilan isitamiz. Ammo ta’lim sifati-chi? Bir soatda ikki sinfga, ikki mavzuda dars o‘tish, o‘quv­chilardan mavzuni so‘rash mushkul. Bunday vaziyatda o‘qiyo­tgan o‘quvchida ham zamo­naviy ta’lim olish imkoniyati yo‘q. O‘quvchilarda darsga qiziqish sust. Chekka hudud­lardagi bunday maktab­larda tahsil olayotgan o‘quvchilarning shart-sharoiti bilan shahar maktablaridagi sharoitni solishtirib bo‘lmaydi. Hech bo‘lmaganda, ularni alohida sinflarga bo‘lib o‘qitishga sharoit yaratib berish ham mumkin emasmi?! Bundan tashqari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga sinf rahbarlik ham berilmayapti. O‘qish, matematika, ona tili fanlaridan dars bersak, rus tili, ingliz tili, odobnoma, atrofi­mizdagi olam kabi fanlarni boshqa o‘qituv-chilar o‘tyapti. Ular ham sharoitdan norozi. Shuningdek, bizni chalkash­tirayotgan yana bir masala bor. Men 1—4-sinflar uchun haf­tasiga 16 soat dars o‘taman. Dars ikki sinfga bir vaqtda o‘tilsa-da, alohida dars ishlanma, konspekt yozib, ikki mav­zuga tayyorgarlik ko‘ra­man. Ikki o‘quv reja, ikki xil darslik bo‘yicha ishlayman. Buning uchun menga 16 soatga haq to‘lanishi to‘g‘rimi? Axir, men ikki barobar ko‘p ishlayapman-ku...
Muallimaning shikoyati asoslimi? Ma’lum bo‘lishicha, Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori hamda nizomiga asosan kam komplektli umumta’lim muas­sa­salarida (filiallarda) bosh­lang‘ich sinf o‘quvchilari quyidagi hollarda bitta sinfga birlashtirilishi mumkin:



  • o‘quvchilar soni 8 nafar­gacha bo‘lgan I — IV sinflar;




  • o‘quvchilar soni 12 nafar­gacha bo‘lgan uchta boshlan­g‘ich sinf;




  • o‘quvchilar soni 24 nafargacha bo‘lgan ikkita boshlang‘ich sinf (I va III, II va IV sinflar).

— Nizomga muvofiq, kam komplektli sinfda o‘quvchi soni 24 nafardan oshmasa, darslar parallel tarzda o‘tilyapti, — deydi Xalq ta’limi vazirligining umumiy o‘rta ta’lim muassa­salari faoliyatini muvofiqlash­tirish boshqarmasi boshlig‘i Erkin Murodov. — Filial maktabda tahsil olayotgan har ikki guruhda ham o‘quvchi soni 24 nafardan ortiq emas. Demak, filial nizomda ko‘rsatilganidek faoliyat olib boryapti. Shuningdek, Moliya vazirining budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchi­larning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi buyrug‘iga ko‘ra, pedagog xodimlarga ish haqi uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘larni aniqlashda qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy mehnatga haq to‘lash stavkalaridan daftarlarni tekshirganlik, sinf rahbarligi va boshqalar uchun qo‘shimcha haq to‘lashni hisobga olgan holda o‘quv rejasiga muvofiq tuzilgan tarifikatsiyalardan kelib chiqilishi lozim. Ish haqi miqdori tarifikatsiya bo‘yicha belgilanadigan, ya’ni attestat­siya natijalari bo‘yicha beriladigan tegishli malaka toifasi mavjudligiga, ish vaqtining haqiqiy hajmiga va boshqalarga ko‘ra belgilana­digan xodimlar mehnatiga haq to‘lash jamg‘armasi shtat jadvallarida ko‘rsatiladi va u rahbar, bosh buxgalter (buxgalter) tomonidan imzola­nadigan tarifikatsiya ro‘yxa­tidagi mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga muvofiq bo‘lishi lozim.


Ammo masalaning bahsli jihati yana shu muhitning ta’lim sifati past natija berayotganiga borib taqaladi. Zero, bevosita o‘sha muhitning ishtirokchisi bo‘lgan o‘qituv­chining ta’lim sifati va sharoitiga berayotgan bahosi har qanday me’yoriy-huquqiy asosdan ham muhimroq. Ya’ni, pedagogning o‘zi bu sharoitda hech bir natijaga erishib bo‘lmasligini ta’kidlayapti.
Sherobodlik muallim so‘zi­ning yakunida yaqin yillarda maktab filiali o‘rniga yangi maktab qurilishi ko‘zda tuti­layot­gani va bundan qishloq ahli cheksiz quvonchda ekanini ham aytib o‘tdi. Shu o‘rinda mutasaddilar xat muallifi ta’kidlaganidek, ikkita sinfga dars o‘tayotgan o‘qituvchi­larning mehnatini munosib rag‘batlantirishni yana bir bor qayta ko‘rib chiqishlari tarafdorimiz. Chindan ham kam komplektli sinf o‘quvchilariga dars berayotgan pedagog ikki sinf uchun alohida dastur asosida mashg‘ulot olib boradi. Shunga monand tarzda alohida tayyorgarlik ko‘radi. Tabiiyki, u ikki barobar mehnat qiladi. Ammo yakunda nima uchun bu mehnatlari inobatga olin­mayapti?
O‘ylaymizki, Moliya vazirligi mutasaddilari yuqori­dagi nizomni qayta ko‘rib chiqib, o‘qituvchilar mehnatini munosib tarzda rag‘batlan­tirishsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 
O’quvchilarning o’zaro hamkorligi asosida dars samaradorligini oshirishi, mustaqil fikrlash, fikr-mulohaza yuritish, munosabat bildirish ko’nikmasini shakllantirish, ya’ni interfaol tushunchasini yuzaga keltirishi kerak. Bu usulda o’quvchi o’zi faol ishtirok etgan holda, yakka juftlikda, guruhlarda muammo va savollarga javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, baholaydi, yozadi, so’zga chiqadi, dalil hamda asoslar orqali qo’yilgan masalani yoritib berishga harakat qiladi. Bu esa o’quvchilarning xotirasida uzoq saqlanadi. Yangi mavzuni o’zlashtirishda tanqidiy, tahliliy yondosha oladi. O’qituvchi faqat yorug’ ko’rsatuvchi, kuzatuvchi vazifasini bajaradi, xolos.
bosqich. Mavzuga kiris
(15 daqiqa)
1.1 Ekran orqali yangi ma’ruza mashg‘uloti mavzusi va unda ko‘riladigan asosiy savollar, tayanch iboralar mohiyati bilan tanishtiradi.
1.2. Talabalar bilimlarini faollashtirish maqsadida mashg‘ulot mavzusi yuzasidan savollar beradi:“metodika” so‘zining ma’nosini izohlang.
1.3. Berilgan javoblar umumlashtiradi va yangi mavzu mazmuni bo‘yicha ma’lumotlar berishga o‘tadi.
1.1 Tinglaydilar, yozadilar, bilib oladilar.
1.2 Savollarga javob beradila
1.3 Tinglaydilar.



Download 33,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish